К содержанию
РецензированоRU2026

КОНСТИТУЦИЯ — ГАРАНТИЯ СВОБОДНОЙ И ПРОЦВЕТАТЕЛЬНОЙ ЖИЗНИ

Raxmatulloyeva Sevinch · PROSPEROUS LIFE (Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti)

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В данной научной статье анализируется Конституция Республики Узбекистан как правовая основа, гарантирующая принципы свободной и благополучной жизни. В новой Конституции рассматриваются права и свободы человека и гражданина, их гарантии и роль в обеспечении равенства. Кроме того, на примерах рассматриваются конституционные нормы и механизмы их реализации, отраженные в законах. Основная цель статьи – раскрыть с научной и правовой точки зрения значение Конституции в обеспечении свободной и благополучной жизни граждан. Ключевые слова: Конституция Республики Узбекистан, свободная и благополучная жизнь, правовые основы, права и свободы человека и гражданина, гарантии, равенство, конституционные нормы, законы, научно-правовая точка зрения. Konstitutsiya – mamlakatning eng asosiy huquqiy hujjati bo’lib, unda davlatning tuzilishi, boshqaruvi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va ularning vakolatlarini belgilab beradi. 518 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprelda qabul qilingan bo’lib, 6 bo’lim, 27 bob va 155 moddadan iborat. Konstitutsiyaning asosiy vazifalaridan biri-fuqarolarning erkin va farovon hayotini kafolatlash. Bu tushuncha nafaqat shaxsiy huquq va erkinliklarni, balki ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy imkoniyatlar va tenglikni ham o’z ichiga oladi. Maqolada Konstitutsiyaning moddalaridagi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va mamlakatimiz oldidagi burchlari ko’rib chiqiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquqlarini kengaytirish, ko’paytirish bilangina cheklanib qolinmay, ularning kafolatlari ham kengaytirildi. Bu birinchidan, belgilangan ko’pchilik moddalarda avvalgidek faqat huquq, erkinliklar ko’rsatib qolinmay, ularni amalga oshirish yo’llari, avvalo davlatning majburiyatlari aniq belgilab qo’yilgan. Buni 29, 33, 34, 43, 47, 48, 49, 52-moddalarda ko’rish mumkin. Ikkinchidan, Konstitutsiyaning kafolatlar haqidagi X bobida kafolatga taalluqli normalar ko’paytirildi va aniqlashtirildi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari masalasida eng muhimi, Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarni kafolatlash, ya’ni amalga oshirishni ta’minlashdir. Buning uchun mukammal tizim yaratilishi kerak. Huquq va erkinliklarning kafolatlari Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarni ta’minlashni huquqiy normalari va maxsus mexanizmlardan iborat bo’ladi. Huquqiy normalar mavjud bo’lsa-da, ularning amalga oshishini ta’minlovchi mexanizm bo’lmasa, bu normalar qog’ozda qolib ketaveradi. Huquq va erkinliklarni ta’minlash masalasi jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor vazifa deb qaralishi, inson huquqlari va erkinliklarini so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish zarurligi Prezidentning “Hammamiz yaxshi tushunamizki, qonunlarni qabul qilish- bu ishning bir qismi, xolos” degan so’zlarida ko’rinadi.1 Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy huquq tizimida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida o’rin tutadi. Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari mustahkamlanadi va ularni ta’minlash yo’llari belgilanadi. Konstitutsiyamiz ishlab chiqilayotgan vaqtda inson huquqlari bo’yicha xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan asosiy hujjatlar: “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro pakt, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro pakt va unga fakultativ Protokollarning qoidalaridan keng foydalanildi. Bundan tashqari, inson huquqlariga taalluqli xalqaro hujjatlar: “Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risida”gi Konvensiya, “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiya va boshqa hujjatlarga qo’shilish bilan mamlakatimiz o’z zimmasiga shu hujjatlar ko’rsatmalarini bajarish va hujjat qoidalarini milliy qonunchiligimizga singdirish majburiyatini oldi. Mamlakatimizning inson huquqlarini ta’minlovchi qonunlari qatoriga Saylov va Mehnat kodekslari, “Fuqarolik to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Ijtimoiy ta’minot to’g’risida”gi va ko’plab boshqa qonunlarni ko’rsatish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati sifatida, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi, qonuniylik prinsipini ta’minlashni ko’rsatadi. Davlatning fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash vazifasi va maqsadi Konstitutsiyada belgilangan bo’lib, uning 54-moddasida “Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi”- deb yangi norma belgilandi.2 1 Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.:"O'zbekiston", 2019, 1-tom, 107-bet. 2 Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga eng oliy bahodir. T.:"O'zbekiston", 2018, 2-tom, 39- bet. 519 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Shu moddaning 2-qismida, “Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan hu

Доказательный фрагмент

«В данной научной статье анализируется Конституция Республики Узбекистан как правовая основа, гарантирующая принципы свободной и благополучной жизни.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной научной статье анализируется Конституция Республики Узбекистан как правовая основа, гарантирующая принципы свободной и благополучной жизни. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
The Constitution of the Republic of Uzbekistan, free and prosperous life, правовые основы, constitutional norms, qonunlar, ilmiy-huquqiy nuqtai nazar., erkin va farovon hayot, laws, права и свободы человека и гражданина, законы, свободная и благополучная жизнь, конституционные нормы, huquqiy poydevor, kafolatlari, равенство, konstitutsiyaviy normalar, inson hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, scientific and legal point of view., equality, Конституция Республики Узбекистан, guarantees, гарантии, tenglik, legal foundation, rights and freedoms of man and citizens, научно-правовая точка зрения.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники