Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA SEVGI VA MUHABBAT BADIIY TALQINI
To‘raqulova Nargiza Ali qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается художественная интерпретация темы любви и возлюбленности в газелях Алишера Навои. Анализируются эстетико- философское содержание поэта, взаимосвязь человеческой и божественной любви, концепции «мажазирского» и истинного ишка. Особое внимание уделено системе художественных образов, символам, поэтическим средствам и суфийским воззрением автора. Исследование направлено на раскрытие духовных, психологических и философских уровней понимания любви в лирике Навои. Ключевые слова: Алишер Навои, газель, любовь, возлюбленность, суфизм, божественная любовь, земная любовь, художественная интерпретация, символ, поэтика. Absratct. This article explores the artistic interpretation of love and affection in the ghazals of Alisher Navoi. It analyzes the poet’s aesthetic and philosophical perspectives, the interrelation between divine and earthly love, and the concepts of metaphorical and true love. Special attention is given to symbolic imagery, poetic devices, and the Sufi worldview reflected in Navoi’s works. The research aims to reveal the spiritual, psychological, and philosophical layers of love depicted in Navoi’s lyrical heritage. Keywords: Alisher Navoi, ghazal, love, affection, Sufism, divine love, earthly love, artistic interpretation, symbolism, poetics. Alisher Navoiy — turkiy adabiyotning sultoni, g‘azal mulkining tengsiz sohibidir. Uning g‘azallari asrlar osha odamlar qalbidan joy olib kelayotgani bejiz emas. Chunki inson tuyg‘ulari, muhabbat, iztirob, quvonch va sadoqat kabi ruhiy holatlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Navoiy ana shu o‘lmas tuyg‘ularning eng nafis, eng samimiy ifodachisidir. Shu bois uning she’rlari hech qachon eskirmaydi, har qanday davr va har qanday qalb uchun barhayotdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi… Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.” Bu fikrlar Alisher Navoiy merosining ham nechog‘li ulug‘ligini, uning asarlarida mujassam ma’naviy boylikning qadrini anglash zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. Navoiy ijodining markazida inson, uning ichki olami, qalb kechinmalari turadi. Shoir uchun sevgi — ikki yurak orasidagi oddiy tuyg‘u emas, balki ruhiy poklanishning yo‘li, 475 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 komillikka eltuvchi ma’naviy maktab, ezgulikning o‘zidir. Uning nazarida oshiqning muhabbati nafsiy emas, balki pok, ma’naviy, fidokorona bo‘lmog‘i kerak. Navoiy g‘azallarida sevgi ba’zan quvonch, ba’zan hijron, ba’zan iztirob, ba’zan esa ruhiy yuksalish sifatida talqin etiladi. Chunki haqiqiy muhabbat — quvonch va dardning uyg‘unidir. Shoir sevgi orqali insonning kamol topishini, o‘zlikni anglashini, sadoqatni umr bo‘yi saqlab yashashni ulug‘laydi. Muhabbat — uning nazarida ruhni oqlaydigan, qalbni tarbiyalaydigan, insonni yuksaklik sari yetaklaydigan kuchdir. Shuning uchun Navoiyning g‘azallari bugun ham o‘quvchini tarbiyalaydi, unga ruhiy oziqa beradi, qalbiga nur olib kiradi. "Ey sabo…” g‘azaliga nazar Quyida shoirning mashhur “Ey sabo…” radifli g‘azali tahlil qilinadi. G‘azal bosh misrasi — “Ey sabo, holim borib sarvi xironimg‘a ayt” — butun asarning ruhini belgilaydi: oshiqning dardi, iztirobi, sadoqati va muhabbati sabo shamoli orqali yoriga yetkaziladi. Bu g‘azalda Navoiy ishqning ulug‘vorligini, oshiqning halovatdan yiroqligini, lekin sadoqatdan hech qaytmasligini mahorat bilan tasvirlaydi. Har bir baytda majozlar, tasavvufiy ishoralar, badiiy obrazlar uyg‘unlashgan. 1-bayt: “Ey sabo, holim borib sarvi xironimg‘a ayt, Yig‘larimning shidattin gulbargi xandonimg‘a ayt.” Oshiq sabodan iltimos qiladi: uning dardini sarvi xiramon sevgiliga yetkazsin. Oshiqning yig‘isi shu qadar kuchliki, hatto yorning kulimsiragan gulbarg yuziga ham ta’sir qilsin. Sabo — elchi, oshiqning eng ishonchli do‘sti. Sarvi xiramon — mahbuba qaddi- qomati. Gulbarg-i xandon — yorga xos go‘zallik, ochilgan gul kabi chehra. Bu baytda ishqning iztirobi bilan go‘zallikning nozik mushtarakligi tasvirlanadi. 2-bayt: “Buki aning ahd-u paymonimg‘a men o‘lsam dag‘i, Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt.” Mahbuba va’dasiga vafo qilmagan. Oshiq sabodan: “Men o‘lib ketsam-da, unga vafo qilmaganini ayt”, — deydi. Bu oshiqning cheksiz sadoqati, vafosizlikdan og‘rigan qalbi ifodasidir. 3-bayt: “Buki aning zulfi zunnorida denim hosili, Kufr ila bo‘lmish mubaddal, nomusulmonimg‘a ayt.” Zulf — oshiqqa zunnor, ya’ni rohiblar beliga bog‘lab oladigan arqondek. Oshiq o‘zini bu “zunnor”ga mahkum bo‘lgan bandaga o‘xshatadi. “Nomusulmon bo‘lib qoldim” — bu haqiqiy kufr emas, ishqning bandiga aylanish majozi. 4–9-baytlar (qisqa umumlashtirilgan tahlil): Oshiq jonini ham, jahoni ham sevgilisi yo‘lida sadaqa qilishga tayyor. Visol va’dasiga ishonganidan pushaymon, ammo sevgidan pusha
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается художественная интерпретация темы любви и возлюбленности в газелях Алишера Навои.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается художественная интерпретация темы любви и возлюбленности в газелях Алишера Навои. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoi, ghazal, love, affection, Sufism, divine love, earthly love, artistic, суфизм, tasavvuf, божественная любовь, ramz, badiiy talqin, художественная интерпретация, artistic interpretation, poetika., символ, poetics., поэтика., газель, g‘azal, ilohiy ishq, земная любовь, любовь, Alisher Navoiy, muhabbat, majoziy ishq, Алишер Навои, возлюбленность, sevgi, symbolism
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025