Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH – DAVR TALABI
Mahmudov Abdurahmon Rahmatjon o‘g‘li · Fazliddinov Firdavs G‘ayratjon o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola oziq-ovqat xavfsizligini global, mintaqaviy va milliy darajada tahlil qilib, aholining o‘sishi, iqlim o‘zgarishi, pandemiyalar va iqtisodiy beqarorlik kabi omillar mahsulot ishlab chiqarish tizimlariga kuchli bosim o‘tkazayotganini ko‘rsatadi. Oziq-ovqat sifatini belgilovchi organoleptik, kimyoviy, mikrobiologik va gigiyenik mezonlar hamda zaharlanishning asosiy sabablari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. O‘zbekiston misolida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, modernizatsiya jarayonlari va eksport salohiyatining ortishi baholanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, resurslardan samarali foydalanish, texnologik yangilanish, qat’iy nazorat tizimi va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy omillari hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat sifati, mikrobiologik nazorat, gigiyena va sanitariya, zaharlanish sabablari, klaster tizimi, agrotexnologiyalar. Kirish. Hozirgi globallashuv jarayonlari, iqlim o‘zgarishi, demografik bosimning kuchayishi hamda iqtisodiy va siyosiy beqarorlik sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi butun dunyo uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda. Turli xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining sezilarli qismi hali ham sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga doimiy ravishda ega emas, bu esa ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik, kasalliklarning ko‘payishi va ijtimoiy xavf-xatarlarning ortishiga olib kelmoqda. Jahon aholisining ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmini oshirish bilan birga, uning gigiyenik xavfsizligi, sifat ko‘rsatkichlari, saqlash va tashish jarayonlarining standartlarga muvofiqligini ta’minlash tobora dolzarblashib bormoqda. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi nafaqat mahsulotlarning yetarli bo‘lishini, balki ularning kimyoviy, mikrobiologik va fizik xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishini, inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan darajada bo‘lishini ham nazarda tutadi. Shu sababli, oziq- ovqat mahsulotlari sifatini baholashda organoleptik ko‘rsatkichlar, kimyoviy tarkib, mikrobiologik xavfsizlik, ishlab chiqarishdagi sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi kabi mezonlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi xavfli infeksion kasalliklarning oldini olish, aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash va umumiy sog‘liqni saqlash tizimining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Qishloq xo‘jaligi maydonlarining diversifikatsiya qilinishi, klaster tizimining joriy etilishi, issiqxonalar va intensiv bog‘larning ko‘payishi, qayta ishlash sanoatining modernizatsiya qilinishi va eksport salohiyatining oshishi ushbu yo‘nalishda muhim qadamlar bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, mahsulotlar sifatini nazorat qilish, sanitariya-talablarini kuchaytirish, oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish va gigiyenik madaniyatni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 470 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mazkur maqola oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi global va mahalliy omillarni tahlil qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va gigiyena mezonlarini ilmiy asosda ko‘rib chiqish, shuningdek O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholashga qaratilgan. Metodlar Ushbu tadqiqotda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga oid global va milliy omillarni o‘rganish maqsadida bir nechta ilmiy-uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi. Avvalo, mavjud ilmiy adabiyotlar, xalqaro tashkilotlar (jumladan, BMT va boshqa global institutlar) ma’lumotlari hamda O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga oid siyosiy hujjatlari tahlil qilindi. Bu tahlil orqali oziq-ovqat xavfsizligining nazariy asoslari, global muammolar, tendensiyalar va xavf omillari aniqlab olindi. Tadqiqotning asosiy metodlari quyidagilardan iborat: 1. Adabiyotlarni tahlil qilish metodi. Oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqatdan zaharlanish sabablari, mikrobiologik, kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar va statistik manbalar o‘rganildi. Bu orqali oziq-ovqat sifati mezonlari va ularning ahamiyati ilmiy asosda guruhlarga ajratildi. 2. Me’yoriy-huquqiy bazani o‘rganish. O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun va qarorlari, shuningdek GOST, O‘zDSt, ISO kabi standartlar tahlil qilindi. Bu usul yordamida oziq-ovqat mahsulotlari sifati va gigiyena talablarini belgilovchi amaldagi me’yorlar asoslab berildi. 3. Taqqoslash va umumlashtirish metodi. Oziq-ovqat sifatiga doir ko‘rsatkichlar — organoleptik, kimyoviy, mikrobiologik va gigiyenik mezonlar o‘zaro taqqoslanib, umumiy mezonlar tizimi shakllantirildi. O‘zbekiston va jahon tajribasidagi yondashuvlar qiyosiy tahlil qilindi. 4. Analitik tahlil metodi. S
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola oziq-ovqat xavfsizligini global, mintaqaviy va milliy darajada tahlil qilib, aholining o‘sishi, iqlim o‘zgarishi, pandemiyalar va iqtisodiy beqarorlik kabi omillar mahsulot ishlab chiqarish tizimlariga ku…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola oziq-ovqat xavfsizligini global, mintaqaviy va milliy darajada tahlil qilib, aholining o‘sishi, iqlim o‘zgarishi, pandemiyalar va iqtisodiy beqarorlik kabi omillar mahsulot ishlab chiqarish tizimlariga ku… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- klaster tizimi, zaharlanish sabablari, Oziq-ovqat xavfsizligi, agrotexnologiyalar., oziq-ovqat sifati, gigiyena va sanitariya, mikrobiologik nazorat
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025