К содержанию
РецензированоRU2026

Организация занятий физической культурой с детьми дошкольного возраста

Муяссар Нуриддинова (Узбекский государственный университет физического воспитания и спорта)

in Library · 2026

Аннотация

В данной статье представлена информация по организации занятий физической культурой с дошкольниками. Annotation. This article provides information on organizing physical education activities with preschoolers. 1024 Kalit so‘zlar: jismoniy faoliyat, ertalabki badantarbiya, o‘yin, mashg‘ulot, chiniqtirish, saflanish, gimnastika. Ключевые слова: двигательная активность, утренняя зарядка, игры, тренировка, зарядка, очищение, гимнастика. Keywords: physical activity, morning exercise, games, training, exercise, purification, gymnastics. Mavzuning dolzarbligi. Kichkintoylarni ilk yoshdan boshlab jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, sportga muhabbat uyg‘otish, ularning jismoniy kamolotini ta’minlash - baxtli kelajakning kafolatidir. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar atrofdagi barcha jarayonlarni kuzatib taqlid qiladilar, bolalar uchun murakkab bo‘lmagan harakatlarni ular o‘z hoxishlari bilan bajaradilar va tez o‘rganadilar. O‘yin mazmunidagi mashg‘ulotlar va qiziqarli jismoniy tadbirlar orqali sekin asta jismoniy ko‘nikma va malakalari shakllanib boradi. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda jismoniy tadbirlari (asosiy harakat turlari, gimnastika, mashg‘ulot)ni tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotning vazifasi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda qo’yiladigan davlat talablari va metodologik asosining tahlilidan iborat. Tadqiqotning uslublari: ilmiy, huquqiy va metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish, kuzatuv, analiz va sintez. Tadqiqotning muhokamasi. Davlat talablari (Standart)ning “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining sjhakllanishi” bo‘limining birinchi yo‘nalishida bolaning jismoniy faolligini oshirish, yirik motorika, mayda motorika, sensomotorikani rivojlantirib, madaniy-gigienik ko‘nikmalarni shakllantirib borish nazarda tutiladi. Belgilangan kun tartibiga rioya etgan holda harakatli o‘yinlar, kam harakatli o‘yin, yirik va mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar, stol usti o‘yinlari (mozaika, loto, domino), voqeaband o‘yinlar, suv va qum o‘yinlari, ertalabki badantarbiya, sport bayramlari, ko‘ngil ochar daqiqalar, sog‘lomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari rivojlantiriladi. Mashg‘ulot davomida bajariladigan dastlabki holatlar, umumrivojlantiruvchi mashqlar majmui, asosiy harakatlar va unga muvofiq tarzda berilgan namunaviy harakatli o‘yinlarni amalga oshirilishi bolaning jismoniy rivojlanishining uzviyligini ta’minlaydi. Pedagog jismoniy tarbiya tadbirlarini olib borish chog‘ida ko‘rgazmali vositalardan keng foydalanishi, noan’anaviy usullarni qo‘llashi, mashg‘ulotga ijodiy yondashishi, shuningdek, mashug‘ulotlarni reja asosida bosqichma – bosqich amalga oshirishi ta’lim–tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshiradi. Maktabgacha yoshgacha bolaning jismoniy o‘sishi jadallashib, yilma yiliga bo‘y va vazni muntazam rivojlanib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, nutqi ravonlashadi, xotirasi ancha teran bo‘lib, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni mustaqil bajarishga intiladi, qiziquvchanligi oshadi. Bu vaqtda kun tartibiga rioya qilish, bolani to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bola bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning mazmunini kengaytirib borish maqsadga muvofiq. Bolani jismoniy tarbiya va sportga qiziqishini oshirishda jismonan chiniqtirishda quyidagilarga e’tiborli bo‘lish talab etiladi: yurishdan yugurishga, muvozanat saqlashga, ikki oyoqlab balandga sakrashga, to‘siqlardan oshib o‘tishga undash va bajargan holatda rag‘batlantirish, kichkintoylarning yoshiga mos sport musobaqalarni tashkillashtirish, jismoniy faollikni talab etadigan ijodiy o‘yinlarni o‘ynatish, turli harakatli quvnoq xalq o‘yinlarini o‘ynatish, chiniqtirish muolajalarini muntazam o‘tkazib turish, erkin harakat qilish malakalari shakllanishi uchun sharoit yaratish, jismoniy mashqlarni mustaqil bajartirish, yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkaziladigan turli sport o‘yinlariga jalb etish, jismoniy tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun doimo qulay sharoit yaratish ularni jismoniy barkamol bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlaydi. 1025 Saflanish mashqlari - saflanishlar (davra, kolonna, sherenga va hokazo), qayta saflanishlar (bittadan kolonna bo‘lib saflanishdan ikkita, uchta, to‘rttadan, sherenga bo‘lib saflanish va hokazo), turli tomonlarga burilishlar (o‘ngga, chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‘ulotlarda, ertalabki gimnastikada, harakatli o‘yinlarda, bayram tantanalarida, sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda bu mashqlarni bajarish jarayonida fazoda mo‘ljal olishda harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni hamma uchun umumiy suratda va o‘zaro aloqada

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлена информация по организации занятий физической культурой с дошкольниками.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлена информация по организации занятий физической культурой с дошкольниками. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
physical activity, morning exercise, games, training, exercise, purification, gymnastics, тренировка, двигательная активность, зарядка, mashg‘ulot, очищение, игры, chiniqtirish, jismoniy faoliyat, ertalabki badantarbiya, o‘yin, гимнастика, утренняя зарядка, gimnastika, saflanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]МедицинаENРецензированоОткрытый доступ
ACUTE HEMATOGENIC OSTEOMYELITIS IN CHILDREN

СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022

4