Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘SMIRLARDAGI AGRESSIV XULQ-ATVORNING O‘RGANILGANLIGI VA MAZKUR MUAMMONING METODOLOGIK ASOSI
Azizova Elnora Adhamjon qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the role of the family in the manifestation of aggressive behavior in adolescents, presents the scientific research works of psychologists who have conducted scientific research on this topic, and the opinions of psychologists. In addition, the factors that cause aggression in adolescence are discussed, and suggestions and recommendations are given to solve them. Keywords: Adolescence, aggression, family, parents, character, psychology, manifestation, attitude, aggression, social environment. O`smirlardagi agressiv xulq-atvorni o‘rganishning metodologik asosi bir nechta ilmiy yondashuvlarga tayanadi: Psixologik yondashuv – agressiv xulq-atvorni shakllantiruvchi ichki (biologik, nevrofiziologik) va tashqi (ijtimoiy, tarbiyaviy) omillar o‘rganiladi. Bu yo‘nalishda Z. Freydning psixoanalitik nazariyasi, A. Banduraning ijtimoiy ta’lim nazariyasi va L. Vigotskiy hamda A. Leontyev kabi olimlarning madaniy-tarixiy yondashuvlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-psixologik yondashuv – o`smirlardagi agressiya ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, maktabdagi munosabatlar va ommaviy axborot vositalari ta’sirida shakllanishi tahlil qilinadi. Biologik yondashuv – agressiyaning irsiy va neyrofiziologik asoslari o‘rganiladi. Masalan, D. Bass va A. Darkning agressiyaga oid tadqiqotlari shunga qaratilgan. Ijtimoiy- farhangiy yondashuv – turli madaniyatlarda agressiyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari va uning ijtimoiy me’yorlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tajribaviy tadqiqot usullari – testlar, anketa so‘rovlari, kuzatuvlar va psixologik eksperimentlar orqali o‘smirlardagi agressiv xulq-atvor o‘rganiladi. Masalan, Bass va Darki testlari, Rozensveyg frustratsiya testlari shular jumlasidandir. Ushbu metodologik yondashuvlar asosida agressiv xulq-atvorning sabablari, shakllanish mexanizmi va uning oldini olish yo‘llari aniqlanadi. 4 8 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Inson faolligining o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil boshqa odamlar yoki o‘zi yaratgan narsalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tabiiy qonunlardan tashqari ijtimoiy hayotning gohida munosabatlar variativligini muayyan darajada belgilab turuvchi axloqiy me’yorlarning qat’iy qoidalar shaklidagi qonunlari kuchga kiradi. Pirovardida, insonlararo o‘zaro munosabatlarni idora qiluvchi bir-birining hatti-harakatini va xulqini, shuningdek, boshqa insonlarga qaratilgan xususiy harakatlarni baholash tizimi ishga tushadi. Insonlar tomonidan belgilanadigan munosabatlarni aks ettiruvchi mazkur baholarning nisbiyligi asosiy falsafiy va axloqiy masaladir. Kimningdir nuqtai-nazariga ko‘ra zaruriyatday tuyuladigan narsa boshqa bir inson uchun nafaqat befoyda, balki zararli deb hisoblanishi, bir madaniyatda ma’qul sanalgan narsa boshqa bir madaniyatda noma’quldek e’tirof etilishi mumkin.Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda insonlararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xususiyatlardan biri agressivlikdir. Psixologiyada “agressiya” tushunchasi turlicha yondashuv asosida tahlil qilingan bo‘lib, bir guruh tadqiqotchilar agressiyani salbiy xulq-atvor modeli sifatida baholasalar, yana bir guruh tadqiqotchilar bu xulq-atvorning ijobiy tomonlari ham mavjudligini ta’kidlaydilar.[ 41;73-109-b] “Bizlar, – deb yozadi R. Kratchfild va N.Livsonlar – agressiya axloqiylikning aksi demoqchi emasmiz: zotan agressiyaning ba’zi bir shakllariga axloqsizlik sifatida qaralmaydi. Biroq u aksariyat hollarda axloqsizlikdir, shuning uchun axloqiylikni o‘zlashtirilishiga ma’sul mexanizmlar agressiv inpulslar ijtimoiylashuvi negizida ham yotadi”. Ular agressiyaning ikki bir-birini inkor etmaydigan va birday maqbul tavsiflarini berganlar. Birinchisi, xulq-atvorning zoxiriy (tashqi) alomatlariga asoslanadi: “Agressiya – kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir”. Ikkinchisi, odamning botiniy (niyatlari bilan bog‘liq, ya’ni insonni harakatga undovchi kuchlarni o‘rganish bilan anglash mumkin bo‘lgan holatlar bilan mushtarak: “Agressiya – boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday hatti- harakatdir”.[8;144-b] Agressiyaning yuqoridagi zikr etilgan tavsiflariga monand tushunchalarga tayangan holda ko‘pgina psixologlar agressiyani jonli olamning, yashash uchun kurash bilan bog‘liq uzviy xususiyati, deb hisoblaydilar. V.Klayn agressivlikning salbiy jihatlarini inkor etmagan holda agressiyada “ma’lum ma’nodagi sog‘lom jihatlar” ham mavjud bo‘lishi, ular faol hayot kechirish uchun asqotishi mumkinligini e’tirof etadi. Agressiya va agressivlik tushunchalarini bir-biridan ajratib tahlil qilish lozimdir. Agressiya – bu odamlar, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar majmui bo‘lib hisoblanadi. Agressivlik – shaxsning nisbatan barqaror xususiyati bo‘lib, u agressiyaga tay
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role of the family in the manifestation of aggressive behavior in adolescents, presents the scientific research works of psychologists who have conducted scientific research on this topic, an…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role of the family in the manifestation of aggressive behavior in adolescents, presents the scientific research works of psychologists who have conducted scientific research on this topic, an… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Adolescence, aggression, family, parents, character, psychology, manifestation, семья, характер, attitude, munosabat, xarakter, ota-ona, social environment., Подростковый возраст, социальная среда., oila, psixologiya, namoyon bo’lish, психология, агрессия, отношение, agressivlik, tajovuz, родители, ijtimoiy muhit., O‘smirlik davri, проявление
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024