К содержанию
РецензированоEN2025

THE HISTORICAL LANDSCAPE OF THE BUKHARA EMIRATE DURING THE REIGN OF AMIR HAYDAR

Sultonava Kumushxon

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the political activities, military campaigns, reforms in state administration, and internal conflicts that arose during the reign of Amir Haydar, who ascended the throne of Bukhara after the death of Amir Shahmurad, based on historical sources. Although the regional governors' desire for independence, internal discord, and regular uprisings continued during the reign of Amir Haydar, he pursued an active policy of restoring Sharia-based governance, strengthening discipline, and suppressing uprisings. The study serves to determine the place of Amir Haydar's activities in historical historiography. Keywords. Local, military process, Miyonqol, Vamberi, parvonachi, palace, sayyid, conflict, Samarkand, Amu Darya, devanbegi. Kirish. XIX asr boshlarida Buxoro amirligi siyosiy, ijtimoiy va harbiy jarayonlar jihatidan murakkab davrni boshdan kechirgan. Amir Shohmurodning vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan amir Haydar (1800–1826) hukmronligi ana shu murakkabliklarning avj olgan davriga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning turli hududlarida yuzaga kelgan mustaqillikka intilishlar, mahalliy hokimlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, Marv va Xorazm bilan bog‘liq siyosiy munosabatlar hamda Miyonqol qo‘zg‘olonlari amirlik ichki hayotini keskin o‘zgartirgan. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mazkur asarni tahlil etishda quyidagi manbalarda foydalanildi: 1. Sovet davrida chop etilgan adabiyotlar; 2. Mustaqillik yillarida chop etilgan adabiyotlar; 3. Xorijda chop etilgan adabiyotlar. Metodologiyasi. Maqolada tarixiy – qiyosiy tahlil, tarixiylik, xolislik ma’lumotlarni tizimlashtish metodlaridan foydalanildi. Muhokama va natija. Amir Shohmurod vafotidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li amir Haydar keladi. Ahmad Donish u haqida shunday ma’lumotlarni beradi. “Uning podsholik taxtiga o‘tirishi 1800 yil yakshanba, rajab oyining 14 da bo‘lib, uning hukmronlik davrida amirlarning ko‘pchiligi unga qarshi muxolifat va adovatda edilar. 119 Dekabr, 2025-Yil Buxoroga tobe qal’alar va el-ulus orasida buzg‘unchilik kuchaydi, elatlar o‘rtasida urush va janjallar uzluksiz davom etdi. Bu podsho yoshlik davridayoq din ilmini chuqur o‘rganish, Qur’onni yod olish, kunora ro‘za tutishni ahd qilgan bo‘lib, bu uch majburiyatni o‘z ahdiga muvofiq ado etardi” deydi.[1;63] Amirlikda yosh Sayyid Haydarga qarshi dastlabki qo‘zg‘alon hukmronligining birinchi yilidan boshlandi. Unga qarshi kurash boshlagan dastlabki kishi O‘ratepa hokimi Bobobek parvonachi hisoblanadi. Bobobek parvonachi Jizzaxni qo‘lga kiritgandan so‘ng, shahar hokimi, ya’ni amir Haydar singlisining eri Muhammad Yusufxo‘jani asir oldi. Bu voqeadan xabar topgan Kattaqo‘rg‘on hokimi Muxammad Xo‘ja o‘z o‘g‘li Muhammad Yusufni ozod kilish uchun katta qo‘shin bilan Jizzaxga keldi va Bobobek parvoyachi qo‘shinlari bilan jang qilib, uni besh yuz lashkari bilan birga asirga oldi. Ularning ba’zilarini qatl etdi, qolganlarini Bobobek parvonachi va uning onasi hamda kichik o‘g‘li Qosim Xo‘ja hamrohligida Buxoroga jo‘natdi.[2;42] Yosh amir ularni avf etadi va ularni ozod qilishga buyruq beradi. Muhammad Aminxo‘ja naqib amir Sayyid Haydarning bu ishidan ranjib, amir Haydarning akalari Umarbiy va Fozilbiylarni Shahrisabzdan Kattaqo‘rg‘onga taklif etdi va ulardan harbiy yordam so‘raydi. Amir Haydarning akasi Abdulla dodxoh Shahrisabziy boshchiligidagi ming nafar lashkarni yordamga yubordi. Muhammad Amin naqib amir Haydarning akalari Umarbiy va Fozilbiyni Panjshanba viloyatida, o‘g‘li Qosim Xo‘jani Kattaqo‘rg‘onda qoldirib o‘zi Samarqandni qo‘lga kiritish uchun uni qamal qilishga kirishdi. Samarqandni qamal qilinganligidan xabar topgan amir Sayyid Haydar Xolmo‘minxonbiy parvonachi va Muhammad Aminbiy qalmoqni o‘n ming ko‘shini bilan o‘z ukasi Samarqand hokimi Husaynbekka yordam berish uchun jo‘natdi. O‘zi esa Panjshanba viloyatiga hujum qilib, birodarlari Umarbiy va Fozilbiyni hamda jangda ishtirok etayotgan ularning o‘g‘illarini, jami ikki yuz kishini qatl etdi va Muhammad Amin naqib ustiga yurish boshladi. Muhammad Amin naqib bundan ogoh bo‘lib, Samarqandni tashlab Shahrisabzga qarab qochdi. Amir Sayyid Haydar Kattaqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘onni ishg‘ol qilib, so‘ng Samarqandni egalladi hamda “Ko‘ktosh” deb ataladigan Amir Temur Ko‘ragon qasriga kirdi. Bir necha kun Samarqandda bo‘lib, so‘ngra ukasi Husaynbekni Buxoroga jo‘natdi va bir vaqtlar otasining xizmatkori bo‘lgan Davlat devonbegini G‘uzordan chaqirib olib, Samarqand hokimi etib tayinladi hamda unga qushbegi mansabini berdi. O‘ratepa hokimi Bobobek parvonachiga iltifot ko‘rsatib, uni o‘z qizi bilan birga Samarqandga yubordi. Xo‘jand hokimi Bekmurodbiy valad Xudoyorbiyni o‘ziga ya’ni amir Haydarga tobe deb e’lon qildi. Shu vaqtda Qo‘qon xoni Olimxon bin Norbo‘tabiy Xo‘jandga hujum qilib, uni o‘z tasarrufiga kiritdi va Bekmurod Xo‘janddan qochib O‘ratepaga, akasi Bobobek huzuriga kelib shu yerda panoh topdi. Amir Haydarning bu kabi islohotlaridan so‘ng shuni tushinishimiz mumkinki, u otasi davridagi hokimlarini almashtirib o‘zining yaqin kishilarini kelt

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the political activities, military campaigns, reforms in state administration, and internal conflicts that arose during the reign of Amir Haydar, who ascended the throne of Bukhara after the deat…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the political activities, military campaigns, reforms in state administration, and internal conflicts that arose during the reign of Amir Haydar, who ascended the throne of Bukhara after the deat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Local, military process, Miyonqol, Vamberi, parvonachi, palace, sayyid, Samarqand, devanbegi., Amu Darya, conflict, harbiy jarayon, devonbegi., Samarkand, Amudaryo, qasr, Mahalliy, ixlilof
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники