Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIG DATA TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA AXBOROTLARNI TAHLIL QILISH VA PROGNOZ QILISH MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERAKTIV VA AMALIY METODLARDAN FOYDALANISH
METODLARDAN FOYDALANISH · S. Davlatova · X.T. Mengatova
Современная наука и исследования · 2 · 146–157 · 2026
Аннотация
Bitiruv ishida “Big Data texnologiyalarini qo‘llash orqali axborotlarni tahlil qilish va prognoz qilish” mavzusining nazariy asoslari va ushbu mavzuni qishloq xo‘jaligi sohasi misolida o‘qitish metodikasi bayon etilgan. Mazkur bitiruv malaka ishida qishloq xo‘jaligi sohasida katta hajmdagi ma’lumotlarni (Big Data) qayta ishlash, tahlil qilish va ularning asosida prognozlar tuzish masalalari yoritilgan. Ishning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va hosildorlikni oldindan bashorat qilish imkoniyatlari kengaymoqda. Tadqiqot ob’ekti sifatida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida hosildorlik, agroiqlimiy omillar, suv resurslari va raqamli monitoring tizimlari ma’lumotlari tahlil qilingan Kalit so‘z: Big Data, genetik, avtomatik, sikl, server, aqlli monitoring. Chorvachilik tarmog‘ida Big Data texnologiyalari hayvonlar salomatligi, ozuqa iste’moli, mahsuldorlik va genetik ko‘rsatkichlarni kuzatish orqali samaradorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy sensor tizimlari hayvonlarning harakat faolligi, tana harorati, yurak urish chastotasi, oziqlanish darajasi va sut berish siklini avtomatik ravishda o‘lchab, ma’lumotlarni markaziy serverga uzatadi. Mazkur ma’lumotlar Big Data tizimi tomonidan qayta ishlanib, har bir hayvonning sog‘lomlik holatini kuzatish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Masalan, AQSh va Yevropa mamlakatlarida sut ishlab chiqaruvchi fermalarda Big Data asosidagi “aqlli monitoring” tizimlari yordamida sog‘in sigirlarning sog‘lig‘i doimiy ravishda nazorat qilinadi. Tana haroratining yoki yurak urish tezligining me’yordan og‘ishi tizim tomonidan aniqlanadi va fermerga ogohlantirish yuboriladi. Bundan tashqari, Big Data texnologiyalari yordamida ozuqa balansini optimallashtirish, mahsuldorlikni prognozlash va naslchilik dasturlarini takomillashtirish mumkin. Genetik ma’lumotlar tahlili asosida eng samarali zotlar tanlanadi va ularning mahsuldorlik darajasi aniqlanadi. Bu esa chorvachilikda rentabellikni oshiradi va resurslardan tejamli foydalanish imkonini beradi. Xalqaro tajriba AQSh (Smart Dairy Monitoring) “Allflex Livestock Intelligence” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Heatime Pro+” tizimi yordamida sigirlarning sog‘lig‘i, oziqlanishi va faoliyati real vaqt rejimida kuzatiladi. 2023-yil natijalariga ko‘ra, ushbu tizim joriy etilgan fermalarda sut ishlab chiqarish o‘rtacha 15–18% ga oshgan, kasallik tufayli yo‘qotishlar esa 12% ga kamaygan. 408 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Manba: Allflex, MSD Animal Health Report, 2023. Isroil (AI Monitoring System – Afimilk) Afimilk tizimi har bir sigir uchun alohida sensor yordamida yurak urishi, sut sifati, harakat faolligi va sog‘lomlik holatini kuzatadi. AI tizimi yordamida mastit (sut bezlari yallig‘lanishi) kasalligini erta bosqichda aniqlash 92% aniqlikka ega. Shu orqali sut ishlab chiqarish hajmi 16% ga oshgan, kasallik tufayli davolanish xarajatlari 20% ga kamaygan. Manba: Afimilk Dairy Intelligence Report, 2024. Niderlandiya (Sensor-based farms) “Lely Astronaut” tizimi avtomatik sog‘ish robotlari orqali 1 sigirdan o‘rtacha kuniga 30 litr sut olinmoqda (avval 26 litr). Bu tizimlar ozuqa balansini tahlil qilib, har bir sigirga individual ozuqa miqdorini beradi. Sut sifati indeksi 10–12% yaxshilangan. Manba: Wageningen University, 2023. O‘zbekiston tajribasi “Smart Livestock” pilot loyihalari (Andijon, Toshkent, Samarqand viloyatlari, 2023– 2024) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Digital Agro Solutions” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyihada IoT datchiklari yordamida har bir sigirning harorati, yurak urishi va oziqlanish darajasi nazorat qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki: - sut ishlab chiqarish 10–12% ga oshgan, - kasallik tufayli yo‘qotishlar 8% ga kamaygan, - o‘rtacha sigir unumdorligi 22 litrdan 24,5 litrga oshgan. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Raqamli dehqonchilik markazi hisobotlari, 2024. Chorvachilik tarmog‘ida Big Data texnologiyalari hayvonlar salomatligi, ozuqa iste’moli va mahsuldorlikni nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, AQSh va Yevropada sigirlar harakatini kuzatuvchi sensorlar yordamida o‘rtacha sut ishlab chiqarish 12-18% ga oshgani aniqlangan. Isroilda esa sun’iy intellekt asosida ishlaydigan monitoring tizimlari kasalliklarni erta aniqlash orqali ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni 15% ga kamaytirgan. O‘zbekistonning ayrim yirik chorvachilik majmualarida ‘Smart Livestock’ loyihasi doirasida ozuqa balansini tahlil qilish orqali sut mahsuldorligi 10-12% ga oshgani kuzatilgan. 3-jadval. Big Data texnologiyalarining chorvachilikda mahsuldorlikka ta’siri Mamlakat/ Tizim Big Data joriy etili- Big Data joriy etilgan- O‘sish (%) turi shidan oldin (sut/l kun) dan so‘ng (sut/l kun) AQSh (Smart Dairy 24 28 16.7 Monitoring) Is
Доказательный фрагмент
«Bitiruv ishida “Big Data texnologiyalarini qo‘llash orqali axborotlarni tahlil qilish va prognoz qilish” mavzusining nazariy asoslari va ushbu mavzuni qishloq xo‘jaligi sohasi misolida o‘qitish metodikasi bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюBitiruv ishida “Big Data texnologiyalarini qo‘llash orqali axborotlarni tahlil qilish va prognoz qilish” mavzusining nazariy asoslari va ushbu mavzuni qishloq xo‘jaligi sohasi misolida o‘qitish metodikasi bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sikl, avtomatik, server, genetik, aqlli monitoring., Big Data
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025