К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK ETNOMILLIY TAFAKKURIDAGI DINIY E’TIQODLAR VA MAROSIMLARNI MAFKURAVIY JIHATDAN KAMSITISH SIYOSATINING OQIBATLARI

Turapova Mohidil Turdiyevna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the ideological suppression of religious beliefs and rituals in Uzbekistan during the Soviet period, the restrictions imposed on religious institutions, and their impact on the national consciousness and spiritual life of the Uzbek people. It examines the prohibition of rituals such as circumcision, marriage and funeral ceremonies, the suppression of religious holidays, and the elimination of religious education, which led to the emergence of “ideological duality,” religious illiteracy, and the weakening of identity. The study demonstrates that the Soviet ideological campaigns against religious and spiritual values resulted in long-term socio-cultural consequences. Keywords. Soviet period, religious beliefs, ideological pressure, circumcision ritual, Ramadan Eid, Eid al-Adha, religious education, religious illiteracy, national identity, spiritual heritage, repression, atheism. 374 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O‘zbek xalqining ma’naviy dunyoqarashi, qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlari asrlar davomida islom dini bilan chambarchas bog‘liq tarzda shakllanib kelgan. Ammo XX asrning boshlaridan boshlab sovet tuzumi tomonidan olib borilgan ateistik siyosat ushbu qadriyatlarning tabiiy rivojini izdan chiqarishga qaratilgan edi. Diniy e’tiqodlar “xurofot”, marosimlar esa “qoloqlik” sifatida talqin qilinib, ularni jamiyat ongidan siqib chiqarish maqsad qilingan. Bu jarayon o‘zbek etnomilliy tafakkurining bir qator qatlamlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Sovet hokimiyati diniy e’tiqodlarni jamiyatning rivojiga to‘siq deb baholab, ateistik siyosatni asosiy mafkuraviy yo‘nalishlardan biriga aylantirdi. Sovet hokimiyati diniy e’tiqodlarni jamiyatning ijtimoiy-siyosiy rivojiga to‘siq bo‘luvchi, “eskicha tafakkur”ning mahsuli sifatida talqin qilgan va shu bois ateistik g‘oyalarni davlat mafkurasining markaziga qo‘yar edi. Bu siyosat nafaqat diniy amaliyotlarni, balki xalqning ming yillik ma’naviy merosini ham izdan chiqarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimi orqali amalga oshirildi. Birinchidan, masjid va madrasalarning yopilishi diniy hayotning eng muhim bo‘g‘inini yo‘q qilishga olib keldi. Ko‘plab tarixiy obidalar ma’muriy binolarga aylantirildi, ayrimlari esa butunlay buzib tashlandi. Natijada dinning jamoaviy shaklda amalga oshirilishi, marosimlar o‘tkazilishi hamda diniy ta’lim berilishi uchun ijtimoiy makon yo‘qolib bordi. Ikkinchidan, diniy ta’lim tizimining bekor qilinishi avlodlar o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy uzviylikni keskin ravishda uzdi. Madrasalar faoliyatining to‘xtatilishi ulamolarni yangi avlod bilan aloqasiz qoldirdi, shuningdek, Qur’on, hadis, fiqh va tasavvuf kabi sohalarning o‘rganilishiga to‘sqinlik qildi. Bu esa o‘zbek jamiyatida diniy savodsizlikning kuchayishiga zamin yaratdi. Uchinchidan, ulamalarning ta’qib qilinishi diniy elitaning yo‘qolishiga olib kelgan omillardan biri bo‘ldi. Diniy yetakchilar “xalq dushmani”, “reaksion kuchlar” sifatida tamg‘alandi, ko‘plab ulamolar qamoqqa tashlandi, surgun qilindi yoki faoliyatdan chetlashtirildi. Natijada jamiyatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim rol o‘ynagan diniy arboblar qatlamining uzluksizligi buzildi. To‘rtinchidan, diniy marosimlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi an’anaviy hayot tarzini chekladi. Nikoh faqat fuqarolik organlarida qayd etilishi shart qilindi; sunnat-to‘ylar “qoloqlik” deb baholandi; dafn marosimlari esa qat’iy qoidalarga bo‘ysundirilgan holda o‘tkazilishi talab qilindi. Bu cheklovlar diniy marosimlarning ma’naviy mazmunini susaytirib, marosimlar xalq orasida yashirin shaklda davom etishiga olib keldi. Beshinchidan, diniy risolalar va diniy mazmundagi adabiyotlarni tarqatishning taqiqlanishi millatning diniy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada toraytirdi. Qur’onning nashri cheklab qo‘yildi, diniy-ilmiy asarlar yashirin ravishda ko‘chirilgan yoki o‘qilgan, bu esa diniy bilimning rasmiy muhitdan butunlay chetlashtirilishiga sabab bo‘ldi. Ushbu jarayonlarning barchasi faqat diniy hayotga emas, balki milliy tafakkur, ma’naviy identitet va madaniy merosga ham jiddiy zarba bo‘ldi. Diniy qadriyatlardan uzilish natijasida jamiyatda qadriyatlar bo‘shlig‘i vujudga keldi, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik susaydi va bir qator qadimiy marosimlarning mazmuni o‘zgardi yoki soddalashtirildi. Mafkuraviy bosim kuchaygan sharoitda xalqning diniy-ma’naviy qadriyatlari butunlay yo‘qolib ketmadi, aksincha, ular jamiyatning ichki qatlamiga, yashirin ijtimoiy makoniga ko‘chib o‘tdi. Sovet tuzumining qat’iy nazorat mexanizmi, ateistik targ‘ibot va diniy marosimlarni cheklash siyosati natijasida xalq ongida ikki pog‘onali ma’naviy-madaniy tizim shakllandi. Birinchi qatlam — rasmiy ong, ya’ni sovet mafkurasining talablariga moslashgan tashqi ong edi. 375 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bu qatlamda diniy e’tiqodlar inkor qilinishi, marosimlar “qoloqlik”, “xurofot” sifatida talqin qilinishi talab etildi. Davlat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, ommaviy axborot v

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the ideological suppression of religious beliefs and rituals in Uzbekistan during the Soviet period, the restrictions imposed on religious institutions, and their impact on the national conscious…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the ideological suppression of religious beliefs and rituals in Uzbekistan during the Soviet period, the restrictions imposed on religious institutions, and their impact on the national conscious… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Soviet period, religious beliefs, ideological pressure, circumcision ritual, идеологическое давление, ma’naviy meros, religious education, Курбан хайит, Sovet davri, атеизм., milliy identitet, обряд сунната, национальная идентичность, религиозные верования, diniy savodsizlik, ateizm., духовное наследие, Советский период, репрессии, national identity, diniy e’tiqodlar, repressiya, религиозная неграмотность, diniy ta’lim, Рамазан хайит, mafkuraviy tazyiq, Ramazon hayiti, религиозное образование, spiritual heritage, Qurbon hayiti, repression, sunnat marosimi, atheism., Eid al-Adha, religious illiteracy, Ramadan Eid
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники