Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – FAROVON KELAJAK VA BUYUK DAVLAT GAROVIDIR
Kimsanova Saodatxon Bohodirjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article says that the fight against corruption has become a priority area of government policy in Uzbekistan, our country has established a legislative framework in the field of combating corruption, and we must wage an uncompromising fight against this evil. Key concepts: corruption, administrative reforms, "human factor", legal awareness, legal culture, internal control structure, legal expertise. “Korrupsiya illati hatto eng qudratli va eng kuchli davlatlarni ham jar yoqasiga olib kelgan va toʻliq parokanda qilgan”. Sh.Mirziyoyev. Yurtboshimizning yuqorida keltirilgan fikrlaridan korrupsiya degan illatning nechogʻlik salbiy illat ekanligi yaqqol sezilib turibdi. Shu sababli ham, hozirda toʻla ishonch bilan aytish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashish Oʻzbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylanib ulgurdi. Buni soʻnggi yillarda sohaga oid qabul qilingan siyosiy-huquqiy hujjatlar, maʼmuriy islohotlar va “inson omili”ni kamaytirishga qaratilgan “raqamlashtirish” jarayonlari misolida koʻrish mumkin.1 Prezidentimiz olib borayotgan siyosatining mazmunini tashkil qiladigan zamon bilan hamnafas yashash, ijobiy oʻzgarishlarga ochiqlik, inson qadrini taʼminlash, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xalq oldidagi masʼulligi kabi tamoyillarga asoslangan qarorlar mamlakatning ertasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, bunday jarayonlarga xalqning toʻgʻridan-toʻgʻri jalb etilayotgani, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa fuqarolik institutlari vakillarining faol ishtiroki sababli ham jamiyatning faollashyotgani sezilib bormoqda. Shu munosabat bilan taʼkidlash lozimki, “mamlakatimizdagi oxirgi yillardagi oʻzgarishlar natijasida Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻz modelini yaratmoqda. 1 A.Yusupov. Korrupsiyaga qarshi kurash – kechiktirib boʻlmaydigan vazifa. https://isrs.uz/uz/smti-ekspertlari- sharhlari/korrupciaga-karsi-kuras-keciktirib-bulmajdigan-vazifa. 346 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mazkur natijalarning asosiy ijrochilari korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul organlar, davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va keng jamoatchilik hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida “Soʻnggi besh yilda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga olib chiqilganligini taʼkidlab, bu borada aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, tizimli preventiv choralarni kuchaytirish zarurligi, korrupsiya balosiga qarshi faqat davlat-huquqiy choralar bilangina emas, balki butun jamiyat qarshi kurashmogʻi kerakligi” qayd etildi”.2 Qayd etish lozimki, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirishning dastlabki muhim qadami bu – davlatimiz rahbari tomonidan lavozimiga kirishgan dastlabki kunlardanoq, yaʼni 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning imzolangani boʻldi. Ushbu qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining uch ta ustuvor yoʻnalishi belgilandi:3 - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; - davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora- tadbirlarni amalga oshirish; - korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash. Ushbu oʻtgan vaqt mobaynida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, ilgʻor xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqacha tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmi joriy etildi; davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bu borada ommaviy axborot vositalari rolini oshirishga qaratilgan muhim konseptual hujjatlar qabul qilindi; bir-birini takrorlovchi vakolatlarga ega davlat organlarini optimizatsiya qilish, ularning ixchamligini oshirish, davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish boʻyicha choralar koʻrildi; davlat boshqaruvi tizimida “inson omili”ni kamaytirish hamda davlat va jamiyat boshqaruviga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlari yanada rivojlantirildi; davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi; “Korrupsiyadan holi qonunchilik” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibi joriy etildi; korrupsiyaviy xavf- xata
Доказательный фрагмент
«This article says that the fight against corruption has become a priority area of government policy in Uzbekistan, our country has established a legislative framework in the field of combating corruption, and we must…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article says that the fight against corruption has become a priority area of government policy in Uzbekistan, our country has established a legislative framework in the field of combating corruption, and we must… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- коррупция, административные реформы, "человеческий, huquqiy ong, korrupsiya, huquqiy madaniyat, corruption, ichki nazorat tuzilmasi, administrative reforms, “inson omili”, maʼmuriy islohotlar, huquqiy ekspertiza.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024