Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПОЭТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УЗБЕКСКОЙ ПРОЗЫВНОСТИ ПЕРИОДА НЕЗАВИСИМОСТИ.
Muhiddinova Mahliyo Sharofiddin qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article attempts to examine the themes of short stories, their diverse content, including serious and humorous, romantic and adventure, historical-documentary, and detective-adventure stories. Keywords: detective-adventure, humorous, romantic-adventure, historical-documentary, short story, genre, plot, poetics. Istiqlol davri adabiyotida milliy о‘ziga xoslikni talqin etishda batamom yangilanish kо‘zga tashlanadi. Badiiy tafakkurning evrilishiga xos bunday tamoyillarini hozirgi zamon qissachiligida о‘ziga xos buyoqlarda aks etayotgani, voqelik tasvirida rang-barang chizgilarning qо‘llanishi, janriy va uslubiy о‘zgarishlar hamda qahramon xarakterining talqinida milliy о‘ziga xoslik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, bugungi kun millat kishisining botiniy va zohiriy olami, uning tafakkur kengliklari, qiziqishlari, turmush tarzi, milliy о‘zligini anglash jarayoni, ijtimoiy hayotga bо‘lgan faol munosabati, ertangi kunga ishonchi va mustaqillikni mustahkamlash yо‘lidagi jonbozliklari qissa janrida о‘zining badiiy ifodasini topayotgani ham nasrimizda о‘ziga xos yangilanishlar davri boshlanganligini kо‘rsatadi. Janrdagi bu xil yangilanishlar bugungi faol nosirlari Nazar Eshonqul “Tun panjaralari”, “Qora kitob”, “Momoqо‘shiq” Xurshid Dо‘stmuhammadning “Sо‘roq”, U. Hamdamning “Yolg‘izlik”, N. Jaloliddinning “О‘limning rangi”, N. Norqobilovning “Qoyalar ham yig‘laydi”, SH. Bо‘tayevning “SHо‘rodan qolgan odamlar” kabi qissalarida yaqqol kо‘zga tashlanadi. Boshqacha aytganda, bugungi kun nasrimizda qissa janrining faollashganini, uning о‘z bag‘rida inson hayotiga daxldor rang-barang holatlarini aks ettirilishidagi qulayliklari namoyon bо‘lmoqda. Buni davrimizning taniqli adibi X. Dо‘stmuhammadning quyidagi mulohazalari ham isbotlaydi: “Badiiy adabiyotda janrning yaxshi-yomoni yо‘q. Roman salmoqdorligi bilan, hikoya ixchamligi bilan о‘ziga xos. Qissa esa romanga, hikoyaga nisbatan erkinroq, erkaroqligi bilan jozibali kо‘ngilga yaqin. Bir taqdir, biror voqea-hodisa, birorta g‘oya yoki faraz haqida sо‘zlashga kirishdingizmi, qissa yaratilyapti deyavering!... 326 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Xalqimizda azal-azaldan qissanavislik, qissaxonlik keng rasm bо‘lgan, bizning zamonlarga kelib bu ijod turi jahon adabiyoti tajribalariga chatishdi, janr sifatida ancha-muncha “madaniylashdi”, natijada janr tabiatidagi erkinlik, ochiqlik tufayli qissaning imkoniyatlari orta bordi, kо‘lami, qamrovi behad kengaydi. Qassa-zamonaviy milliy adabiyotimizda kо‘p yaratiladigan, sevib о‘qiladigan janrga aylandi...” 1 Demak har bir davr qissasi, boshqa janrlar kabi о‘zida zamon ruhini unda yashayotgan inson badiiy tafakkurini aks ettiradi. Shakl jihatidan ham о‘zi vujudga kelgan makon va zamonni idrok etish tushunchasidan kelib chiqqan holda о‘zgarib turadi. Sо‘z san’atining asosiy masalasi – insonni anglash, inson tabiatining, qalbining murakkab tomonlari, sir-sinoatlarini taftish etish, inson jumbog‘i ustida astoyidil bosh qotirish, eng muhimi bu borada odatdagi andozalardan qochib yangi yо‘llar axtarish bugungi qissachiligimizdagi yetakchi ijodiy tamoyillardan bо‘lib qoldi. X. Dо‘stmuhammad, U.Hamdam, N. Eshonqul qissalarida ana shunday tamoyillar yuz kо‘rsatayotgani quvonarli holdir. Bugungi qissachiligimizda g‘oyaviy-tematik kо‘lam ta’sir qilishi tabiiy hol. Ana shu ma’naviy jarayon bugungi qissachiligimizda о‘zining badiiy talqinini topayapti. Demak, bu qissalarda hayotdagi voqea hodisalargina emas, insonning о‘zi, uning olami aks etayapti. Qissalarda, ayniqsa U.Hamdam, X. Dо‘stmuhammad asarlarida insoning hayotdagi о‘rni, yashashdan maqsadi kabi masalalar mohiyati falsafiy yо‘nalishda ochib berilishi ham xarakterlidir. Qissalarimizda an’anaviy usulda ijod qilishning yangi qirralari namoyon bо‘ldi. Xususan, biz Shoyim Bо‘tayevning “SHо‘rodan qolgan odamlar” qissasida shо‘ro davri voqealigining shafqatsiz realizm uslubidagi badiiy talqinini kо‘ramiz. Davr va jamiyatdagi о‘zgarishlarning inson ma’naviyatiga, uning tafakkuriga kengayganligini ham e’tirof etishimiz kerak. Sо‘nggi yillarda bizda ham zamonaviy jahon adabiyotida keng tarqalgan detektiv- sarguzasht tur ancha jonlandi, bu adabiy turning Tohir Malikday iste’dodli professional sohibi qalamlari va uning iste’dodli izdoshlari yetishib chiqdi. Tohir Malikning jahon detektiv- sarguzasht adabiyoti yaxshi namunalari bilan bо‘ylasha oladigan qissalari, “Shaytanat”, shunigdek muallifning “Sо‘ngi о‘q” asari asosida suratga olingan teleserial el orasida katta shuhrat topdi. Eng muhimi, Tohir Malik о‘zbek adabiyotida bu turga yuksak madaniyat olib kirdi, bu tur asarlarni mensimay qarash, ta’na-malomatlardan xalos etdi, bu turni rostakam san’at darajasiga kо‘tara oldi. Mustaqillik ishlaridagi qissachiligi ham nasrimizning boshqa janrlari qatorida hayotni badiiy tasvirlash borasida о‘z о‘rniga ega. Keyingi yillar davomida yozilgan yoshlar qissalarining katta qismi an’anaviy nasrimiz uslubida bitilgandir. Bular orasida mazmun-mohiyatiga kо‘ra badii
Доказательный фрагмент
«This article attempts to examine the themes of short stories, their diverse content, including serious and humorous, romantic and adventure, historical-documentary, and detective-adventure stories.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article attempts to examine the themes of short stories, their diverse content, including serious and humorous, romantic and adventure, historical-documentary, and detective-adventure stories. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- detective-adventure, humorous, romantic-adventure, historical-documentary, syujet, plot, юмористический, qissa, genre, poetika., сюжет, poetics., поэтика., рассказ, detektiv-sarguzasht, жанр, романтически-авантюрный, hajviy, детективно-приключенческий, историко-документальный, tarixiy va hujjatli, janr, ishqiy va sarguzasht, short story
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025