Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASRNING 70-90YILLARI SAUDIYA ARABISTONIDA TA’LIM VA MADANIYAT SOHALARIDAGI SIYOSAT
NEW RENAISSANCE · Azimov Komil Sarvarovich · Jabborova Zarnigor Farhod qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This thesis analyzes the political reforms carried out in the fields of education and culture in Saudi Arabia during the 1970s–1990s. The study highlights the processes of educational modernization, the establishment of new educational institutions, and the expansion of cultural infrastructure in connection with the rapid growth of the oil-based economy. It also examines the influence of state policy grounded in Arab and Islamic values on the content of education and its role in strengthening cultural identity. As a result, the reforms implemented between 1970 and 1990 are shown to have played a crucial role in the socio-cultural development of Saudi Arabia. Keywords: Saudi Arabia, religious conservatism, literacy, Jeddah, Riyadh, Mecca. Kirish. 1970–1990-yillar Saudiya Arabistoni tarixida ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy o‘zgarishlar davri bo‘lib, bu yillarda mamlakatda neftdan keladigan daromadlar hisobiga modernizatsiya jarayonlari boshlandi. Qirollik hukumati ta’lim tizimini rivojlantirishni milliy siyosatning markaziy yo‘nalishiga aylantirdi. Shu bilan birga, madaniyat siyosatida diniy qadriyatlarga tayanish va milliy o‘zlikni saqlash g‘oyasi kuchli bo’ldi. Asosiy qism. I.Ta’lim siyosatining rivojlanishi 1970–1980-yillarda Saudiya Arabistoni hukumati ta’lim tizimini tubdan yangilashni davlat siyosatining markaziga qo‘ydi. Neftdan olingan daromadlar hisobiga: • yangi maktablar, litseylar va universitetlar barpo etildi; • ayollar ta’limi rivojlana boshladi; • xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislar jalb qilindi; • ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. 135 NEW RENAISSANCE 2025 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 1975-yilda Ta’lim vazirligi qoshida Oliy ta’lim kengashi tuzildi, u ta’limni islomiy qadriyatlarga tayangan holda modernizatsiya qilishni nazorat qildi. Shu davrda Riyod universiteti (keyinchalik Saudiya universiteti deb o‘zgartirilgan), Jidda va Makka shaharlarida ham yangi oliy o‘quv yurtlari ochildi. Ta’lim tizimida arab tili va islom dini asosiy yo‘nalish sifatida saqlab qolingan bo‘lsa-da, tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot kabi sohalarga e’tibor keskin oshdi. Bu Saudiya Arabistonini mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan ta’lim markazlaridan biriga aylantirdi. Statistik ma’lumotlarni ko’rganimizda o’rta maktab bitiruvchilari soni 1970-yildagi 2437 nafardan 1972-yilda 2939 nafarga yetganini ko’rish mumkin. (Tawati, The civil sevice of Saudi Arabia: Problems and Prospects, 1976, p. 182)1974-yilda Ar-Riyodda yangi maktab tashkil etiladi. Bu davlat mablag’lari tomonidan qo’llab quvvatlangan.1970-yillarda Saudiyada ta’lim tizimida keng miqyosdagi kengayish boshlandi: birgina 1970–85 yillarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari soni 192 % ga, o‘rta maktab darajasida 375 % ga, maktabdan oldingi (secondary) darajada esa 712 % ga o‘sdi (AllahMorad, April 9, 2020, p. 10) 1975-yilda oliy ta’limni boshqarish uchun Ministry of Higher Education tashkil etildi. (Education in Saudia Arabia, p. 11) Bu boshqarmaning maqsadlardan biri — analfabetizmni kamaytirish va ta’limni ommalashtirish edi. Misol uchun: 1970-yillarning boshlanishida erkaklar uchun faqat ~15 % darajasida savodxonlik bo‘lgan, ayollar uchun esa ~2 % edi. (Al-Rajraji, 2010, p. 19) Shuni ta’kidlash joizki, ko’p o’zgarish va rivojlanishlar bo’lishiga qaramay qizlar ta’limi va ayollarning ijtimoiy faolligi jihatidan ba’zi bir cheklovlar ham kuzatilgan, ayniqsa 1980-yillarda. (Gassem, September 23, 2019, p. 5) Statistik ma’lumotlar tahlili ( pastda 1-rasm) II. Madaniyat siyosatining asosiy yo’nalishlari. Madaniyat siyosati Saudiya Arabistonida milliy o‘zlikni asrash, islom qadriyatlarini mustahkamlash va davlat birligini mustahkamlash maqsadida olib borildi. 1970–1990-yillarda: • Madaniyat va axborot vazirligi faoliyatini kengaytirdi; • milliy muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va madaniyat markazlari tashkil etildi; • arab tili, islom tarixi va adabiyotini o‘rganishga qaratilgan ilmiy dasturlar ishlab chiqildi.1980-yillarda ommaviy axborot vositalari — radio, televidenie va matbuot — orqali islomiy qadriyatlar va milliy birlik g‘oyalari faol targ‘ib qilindi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqdagi boshqa arab davlatlari, shuningdek, AQSh va Yevropa bilan madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. (Tawati, The Civil Service of Saudia Arabia: Problems and Prospects, 1976, p. 137) ham mumkin. Davlat xizmati to’g’risidagi qonundan so’ng ish haqi tizimida ham sezilarli o’zgarishlar kuzatilgan.1973-yil avgust oyida hukumat barcha ish haqlarini 15foizga ko’targan. Barcha davlat lavozimlari 6ta asosiy sinfga bo’lingan: Diplomatik, professional, ta’lim, ruhoniylik, texnik va kasb-hunar. (1973) (Tawati, The civil sevice of Saudi Arabia : Problems and Prospects, 1976, p. 145). Madaniyat sohasida 1980-yillarga kelib san’at va madaniy ta’lim (masalan, san’at fakultetlari) shakllana boshladi – masalan, 1975 va 1977 yillarda san’at ta’limi yo‘nalishlari ochilgan. (John T.Alexander, Robert A.Divine,John V.Lombardi, 2008, p.
Доказательный фрагмент
«This thesis analyzes the political reforms carried out in the fields of education and culture in Saudi Arabia during the 1970s–1990s.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis analyzes the political reforms carried out in the fields of education and culture in Saudi Arabia during the 1970s–1990s. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Saudi Arabia, religious conservatism, literacy, Jeddah, Riyadh, Mecca, ar-Riyod, savodxonlik, Saudiya Arabiston, Mecca., Makka., Jidda, diniy konservatizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024