К содержанию
РецензированоUZ2025

MINTAQAVIY IQTISODIYOTNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIM YO‘LLARI

YECHIM YO‘LLARI · Rayimov Ma’rufjon Abdurashid oʻgʻli · Atanazarov Diyorbek Davronbek o'g'li · Tojimurodov Mexriddin Sadriddin o‘g‘li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Regional economics is a scientific field that studies issues of growth, development, and disparities arising from interregional economic relations and interactions. This article analyzes pressing problems such as interregional economic inequality, inefficient resource utilization, regional integration, and disparities in technological development. It also proposes solutions to reduce regional differences, enhance resource efficiency, and foster innovative cooperation. The study aims to ensure sustainable growth and equitable development through regional policy, economic cooperation, and interregional integration processes. Keywords: regional economics, regional development, economic inequality, resource management, regional integration, innovation, sustainability. 5 5 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kirish. Globalizatsiya, texnologik taraqqiyot va siyosiy-iqtisodiy transformatsiyalar dunyo miqyosida hududlar o‘rtasida yangi integratsiya jarayonlarini, biroq shu bilan birga nyemzonal (hududlararo) tafovutlarni ham keltirib chiqardi. Mintaqaviy iqtisodiyot — hududlarning ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarini, ularning rivojlanish dinamizmini, farqli ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadigan tengsizliklarni o‘rganadi. Ayniqsa o‘sish sur’atlari, jahon tijorati va investitsiya oqimlari tendensiyalari kontekstida, hududlararo farqlar va ularning oqibatlari hududiy siyosat, milliy iqtisodiy strategiyalarida muhim nuqta hisoblanadi. Masalan, Toshkent shahar va ayrim boshqa hududlarda daromad, ishlab chiqarish va investitsiya sifatida ancha yuqori ko‘rsatkichlar mavjud, biroq hududlararo tafovutlar ham sezilarli. Shu ma’noda, hududlararo farqlarni kamaytirish, resurslardan maksimal foydalanish va hududiy integratsiyani chuqurlashtirish uchun ilmiy tahlil va amaliy takliflar tayyorlash zarurati tug‘iladi. Asosiy qism. Mintaqaviy iqtisodiyotdagi muammolar. Hududlararo iqtisodiy tengsizlik — Masalan, 2025-yilning birinchi choragida Toshkent shaharda aholi jon boshiga daromad 15,86 million so‘m bo‘lgan, eng past darajadagi hududlardan biri — Namangan viloyatida esa 3,97 million so‘mga teng bo‘lgan. Bu hududlararo tafovut nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy xavfsizlik va migratsiya muammolarini ham ko‘rsatadi. Resurslardan samarali foydalanmaslik — Hududlar tabiiy va inson resurslari bilan boy bo‘lishiga qaramay, texnologik jihatdan rivojlanmagan yoki investitsiya kam bo‘lgan hududlar bu potentsialni to‘liq amalga oshira olmaydi. Bu esa ishlab chiqarish, eksport va mahalliy qo‘shilgan qiymat darajasini pasaytiradi. Mintaqaviy integratsiya va hamkorlikdagi to‘siqlar — Toshkent markazligi bilan birga, boshqa hududlar integratsiyadan kam foyda olmoqda; hududlararo transport, logistika, regulatsiya, standartlar farqi integratsiyani susaytiradi. Innovatsion va texnologik rivojlanishdagi tafovut — Rivojlangan hududlarda zamonaviy texnologiyalar joriy qilinayotgan paytda, orqada qolgan hududlarda buning amalga oshirilishi sust bo‘lmoqda — bu esa raqobatbardoshlikni oshirish o‘rniga kamaytiradi. Muammolarning sabab-natijaviy tahlili. Hududlararo iqtisodiy tengsizlikning sabablari ichida – investitsiya kamligi, infratuzilma pasayishi, qishloq joylardagi ishlab chiqarish strukturasining eskiligi va xizmatlar sohasidagi raqobatning yetishmasligi mavjud. Natijada, kambag‘allik darajasi ortish, migratsiya kuchayishiga olib keladi. Resurslardan samarali foydalanmaslik asosan – texnologik modernizatsiyaning sustligi, mahalliy korxonalar bilan xalqaro raqobatga tayyor emasligi va davlat siyosatidagi barqarorlik yetishmasligi bilan bog‘liq. Mintaqaviy integratsiyada to‘siqlar esa – hududlararo iqtisodiy aloqalarining yetarlicha rivojlanmaganligi, turli hududlar o‘rtasida standart va regulativ muvofiqlikning pastligi, logistika va transport infratuzilmasining zaifligi bilan izohlanadi. Texnologik rivojlanishdagi tafovut esa – malakali kadrlar yetishmasligi, tadqiqot va innovatsiyalar uchun ajratilayotgan mablag‘ning kamligi va mahalliy bizneslar innovatsiya joriy etishga yetarli emasligi bilan bog‘liq. 5 5 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yechimlar va strategik tavsiyalar Hududlararo tengsizlikni kamaytirish uchun hududlar rivojlanishiga yo‘naltirilgan investitsiya dasturlarini kengaytirish zarur. Masalan, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash – hududlarni markaz bilan bog‘lash orqali investitsiya va ish o‘rinlari oqimini oshirishga imkon beradi. Resurslardan samarali foydalanish uchun – ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, atrof-muhitga yaqin va barqaror ishlab chiqarish usullarini rag‘batlantirish ham muhim. Shuningdek, mahalliy resurslarni qo‘llab-quvvatlovchi siyosat shakllantirilishi kerak. Mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish uchun – hududlar o‘rtasida bir xil standartlar va me’yorlar

Доказательный фрагмент

«Regional economics is a scientific field that studies issues of growth, development, and disparities arising from interregional economic relations and interactions.»

Образец извлечения

Демо-превью

Regional economics is a scientific field that studies issues of growth, development, and disparities arising from interregional economic relations and interactions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
regional economics, regional development, economic inequality, resource, innovation, hududiy rivojlanish, mintaqaviy iqtisodiyot, инновации, региональная интеграция, региональная экономика, resurslarni boshqarish, экономическое неравенство, resource management, региональное развитие, устойчивость., regional integration, barqarorlik., mintaqaviy integratsiya, sustainability., innovatsiya, управление ресурсами, iqtisodiy tengsizlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники