Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA DEVELOPERLIK FAOLIYATINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Toshimov Azizbek Hakimovich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The efficiency of the investment and construction process plays an important role in the sustainable development of the economy of Uzbekistan. In world practice, the use of development services in organizing this process is giving positive results. The article discusses the need to develop development activities in the conditions of Uzbekistan, its organizational and economic advantages, differences from the traditional model, and directions for adapting it to the national construction system. The experience of foreign countries is also analyzed and priority areas for implementing development activities in accordance with the economy of Uzbekistan are substantiated. Kirish. O‘zbekiston iqtisodiyotida qurilish sohasi yirik tarmoqlardan biri hisoblanadi. U nafaqat yalpi ichki mahsulot hajmida sezilarli ulushni egallaydi, balki aholi turmush darajasini oshirish, yangi infratuzilma obyektlarini barpo etish va investision muhitni yaxshilashga ham xizmat qiladi. So‘nggi yillarda mamlakatda qurilish sohasini tubdan isloh qilish, sohani raqamlashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Prezident Sh. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2025-yil 14- apreldagi PF–66-son Farmon bilan sohada davlat nazoratini kuchaytirish, qurilish jarayonlarida zamonaviy texnologik va iqtisodiy yondashuvlarni joriy etish belgilab berilgan. 5 1 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shunga qaramay, amaldagi investision-qurilish tizimida bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, loyiha ishtirokchilari – investor, buyurtmachi, loyihachi va pudratchi o‘rtasida mas’uliyatning aniq bo‘linmagani natijasida obyektlarning qiymati oshib ketishi, qurilish muddati cho‘zilishi va sifat darajasining pastligi kabi holatlar kuzatilmoqda. Bu esa investisiyaviy muhitning jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois ilg‘or xorijiy tajriba asosida developerlik modelini O‘zbekiston sharoitida joriy etish zarurati ortib bormoqda. Asosiy qism. Developer - bu investision g‘oyani ishlab chiqadigan, investorlarni jalb qiladigan, loyihani moliyaviy, tashkiliy va texnik jihatdan to‘liq boshqaradigan bozor subyekti. U qurilish jarayonining barcha bosqichlarida markaziy rol o‘ynaydi: bozorni tahlil qiladi, loyiha tashabbusini ilgari suradi, moliyalashtirishni tashkil qiladi, loyihalashtirish va qurilishni nazorat qiladi hamda tayyor obyektni ekspluatatsiyaga topshiradi. Developerning asosiy vazifasi — loyiha samaradorligini oshirish, risklarni minimallashtirish va investisiyalarni maqsadli yo‘naltirishdir. An’anaviy investision-qurilish modelida loyiha ishtirokchilari o‘zaro mustaqil harakat qiladi. Investor moliyaviy resurslarni ajratadi, buyurtmachi loyiha tashkilotchisi bo‘lib xizmat qiladi, loyihachi texnik hujjatlarni ishlab chiqadi, pudratchi esa qurilish ishlarini bajaradi. Ammo ushbu tizimda mas’uliyat bo‘linib ketgani sababli ko‘plab iqtisodiy va tashkiliy muammolar yuzaga keladi. Developerlik modeli esa bu jarayonni yagona boshqaruv markazi ostida birlashtiradi. Developer barcha bosqichlarni muvofiqlashtirib, natija uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Developer quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi: 1. Investision g‘oyani ishlab chiqish va iqtisodiy tahlil asosida loyiha kontseptsiyasini shakllantirish; 2. Investorlarga loyiha jozibadorligini asoslab berish va moliyaviy manbalarni jalb etish; 3. Buyurtmachi, loyihachi va pudratchilar bilan shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish; 4. Qurilish jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish; 5. Loyiha yakunida obyektni ekspluatatsiyaga tayyorlash hamda bozor qiymatini oshirish. Bu modelning afzalligi shundaki, barcha bosqichlarda yagona boshqaruv markazi mavjud bo‘ladi, qarorlar tez va asosli qabul qilinadi, resurslardan oqilona foydalaniladi va loyiha muddati qisqaradi. Natijada iqtisodiy samaradorlik oshadi, investisiyalar xavfsizligi ta’minlanadi. Xorijiy tajriba tahlili shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda developerlik tizimi qurilish industriyasining ajralmas bo‘lagiga aylangan. Masalan, AQShda developerlik kompaniyalari qurilish jarayonining barcha bosqichlarini o‘z zimmasiga oladi, investor bilan foyda ulushini taqsimlaydi. Buyuk Britaniyada esa developerlar ko‘chmas mulk bozorining professional boshqaruvchilari sifatida ishlaydi, ular loyihani ishlab chiqishdan tortib, tayyor obyektni sotishgacha bo‘lgan butun siklni amalga oshiradi. Rossiyada 2000-yillardan boshlab yirik shaharsozlik loyihalari “Construction Management Company” tizimi orqali, ya’ni developerlik modeli asosida boshqarilmoqda. Bu tajribalar loyihalarning iqtisodiy samaradorligini 20–30 foizga oshirganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida developerlik modeli ayrim yirik turar-joy va infratuzilma loyihalarida sinov tariqasida qo‘llanilmoqda. Lekin u hali mustaqil institut sifatida to‘liq shakllanmagan. Shu b
Доказательный фрагмент
«The efficiency of the investment and construction process plays an important role in the sustainable development of the economy of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe efficiency of the investment and construction process plays an important role in the sustainable development of the economy of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pudratchi, qurilish, developer, buyurtmachi, investisiya, model., investor, ko‘chmas mulk bozori
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025