Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTONDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARINING SHAHAR AGLOMERATSIYASIGA TASIRI
AGLOMERATSIYASIGA TASIRI · Malikov Ulug’bek Erkinovich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Tadqiqotda O’zbekiston shaharlar aglomeratsiyasi va sanoat binolarining o‘zaro ta’siri haqida batafsil ko’rib chiqilgan. Toshkent aglomeratsiyasi, yoki boshqa yirik shaharlarning atrofidagi kichik shaharlar, qishloqlar va sanoat hududlari. Sanoat binolarining shahar aglomeratsiyasiga ta’sirini ko’rib chiqamiz. Aglomeratsiyalarda ko‘chalar va infratuzilmasida transport tiqilinchlariga, havoning ifloslanishiga, madaniy va estetik jihatdan sanoat binolarining ko‘pligi shaharning ko‘rinishiga va madaniy muhitiga ta’sir qilishi atroflicha ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar: ko‘chalar va infratuzilma, transport tiqilinchligi, shahar aglomeratsiyasi, ekologik toza texnologiyalar, sanoat va turar joy zonalari. Annotation. The study examined in detail the interaction of urban agglomeration and industrial buildings of Uzbekistan. Tashkent agglomeration, or small towns, villages and industrial areas around other large cities. Let's consider the impact of industrial buildings on urban agglomeration. In agglomerations, the impact of traffic congestion on streets and infrastructure, air pollution, the abundance of culturally and aesthetically industrial buildings on the appearance and cultural environment of the city has been thoroughly considered. Keywords: streets and infrastructure, traffic congestion, urban agglomeration, environmentally friendly technologies, industrial and residential zones. Kirish. Biz eng avvalo shaharlar aglomeratsiyasi deganda bir-biriga yaqin joylashgan, ko‘pincha bir-birining iqtisodiy va ijtimoiy faoliyati bilan chambarchas bog‘langan bir nechta shahar yoki shahar atrofi hududlarining birlashuvini tushunamiz. Masalan, Toshkent aglomeratsiyasi, yoki boshqa yirik shaharlarning atrofidagi kichik shaharlar, qishloqlar va sanoat hududlari. Sanoat binolarining shahar aglomeratsiyasiga ta’sirini ko’rib chiqamiz. Birinchidan sanoat binolari aglomeratsiyalarda ish o‘rinlari yaratadi, bu esa aholining shaharga ko‘chib kelishini rag‘batlantiradi. Sanoat korxonalari yaqinida yashash uchun aholining ehtiyoji ortadi, natijada yangi uy-joylar, infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, transport) rivojlanadi. Shaharlar va sanoat hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar kuchayadi, mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ortadi. Ikkinchidan sanoat binolari ko‘pincha shahar atrofi hududlarga joylashadi, bu esa aholi salomatligiga ta’sir qiluvchi ifloslanish, shovqin, chiqindilar muammolarini keltirib chiqaradi. Aglomeratsiyalarda ko‘chalar va infratuzilma tobora zichlashib boradi, bu transport tiqilinchlariga, havoning ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Sanoat hududlariga yaqin joylashgan mahallalar ko‘pincha ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan yoki kamroq rivojlangan bo‘lishi mumkin. Uchunchidan shaharsozlik va rejalashtirishda sanoat binolarining joylashuvi shaharlarning kengayish yo‘nalishini belgilab beradi. Aglomeratsiyalarda sanoat hududlarini shahardan uzoqroq joylashtirish orqali ekologik muammolarni kamaytirish uchun zonalash tizimi (industria zonalari) joriy qilinadi. 4 9 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sanoat hududlari uchun maxsus transport yo‘llari, logistika markazlari quriladi, bu esa shahar infratuzilmasiga ta’sir qiladi. To’rtinchidan madaniy va estetik jihatdan sanoat binolarining ko‘pligi shaharning ko‘rinishiga va madaniy muhitiga ta’sir qilishi mumkin. Ba’zi sanoat inshootlari tarixiy yoki arxitektura jihatdan qimmatli bo‘lib, ularni saqlash va qayta tiklash bo‘yicha loyiha va tashabbuslar paydo bo‘ladi. Asosiy qism. EIZlar shaharlar aglomeratsiyasining iqtisodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, ammo ular ekologik, ijtimoiy va shaharsozlik muammolarini ham keltirib chiqaradi. Shu sababli, sanoat hududlarini shaharlar bilan uyg‘unlashgan holda rejalashtirish, ekologik xavfsizlik va aholi farovonligini ta’minlash muhim hisoblanadi. O’zbekistonda sanoat binolari, ayniqsa yirik ishlab chiqarish korxonalari, aglomeratsiyalarda aholi sonining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Masalan, Toshkent atrofidagi sanoat zonalarida ish o‘rinlari ko‘paygani tufayli odamlar ish uchun ko‘chib keladi, yangi uy-joylar va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanadi. Bu esa shaharning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Transport va infratuzilma yuklanishida sanoat zonalari va ishlab chiqarish korxonalari atrofidagi yo‘llar transport yuklamasini oshiradi. Aglomeratsiyada ayniqsa yuk tashish uchun mo‘ljallangan yo‘llar, avtobus va metro tarmoqlari rivojlanadi. Lekin, noto‘g‘ri rejalashtirish transport tiqilinchlari va havoning ifloslanishiga olib keladi. Ekologik muammolarda sanoat faoliyati havoni, suv va tuproqni ifloslantiradi. Masalan, sanoat hududlariga yaqin yashash joylarida odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi mumkin, bu esa ijtimoiy muammolarni kuchaytiradi. Bu sababli ko‘plab shaharlar sanoat zonalarini shahar markazidan uzoqroqqa joylashtirishga harakat qilmoqda. Tadqiqot hududlari tahlili. Shaharsoz
Доказательный фрагмент
«Tadqiqotda O’zbekiston shaharlar aglomeratsiyasi va sanoat binolarining o‘zaro ta’siri haqida batafsil ko’rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюTadqiqotda O’zbekiston shaharlar aglomeratsiyasi va sanoat binolarining o‘zaro ta’siri haqida batafsil ko’rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- streets and infrastructure, traffic congestion, urban agglomeration, sanoat va turar joy zonalari., environmentally friendly technologies, industrial and residential zones., transport tiqilinchligi, shahar aglomeratsiyasi, ko‘chalar va infratuzilma, ekologik toza texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026