К содержанию
РецензированоUZ2025

MINTAQAVIY IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH OMILLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI

Komilova Mukammal Shavkatovna · Raximova Dildora Zafar qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article examines the essence and significance of regional economics, analyzes the main factors influencing its development, and outlines key directions for enhancing regional economic activity. The goal of regional policy is to reduce socio-economic disparities between territories, ensure efficient use of resources, and improve the population’s living standards. Based on Uzbekistan’s experience, the paper highlights regional economic diversification, the creation of innovative clusters, and the implementation of digital technologies. Keywords: regional economy, territorial development, investment, infrastructure, economic policy, employment, digital economy, cluster, innovation. Kirish. Mintaqaviy iqtisodiyot – bu mamlakat ichidagi hududlarning iqtisodiy faoliyati, ishlab chiqarish salohiyati va resurslardan foydalanish samaradorligini o‘rganadigan iqtisodiy fan sohasi bo‘lib, milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismidir. Mintaqaviy rivojlanish orqali iqtisodiyotda muvozanatli o‘sish, ijtimoiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish ta’minlanadi. 4 9 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, mintaqaviy iqtisodiy siyosat milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida alohida o‘rin egalladi. Ayniqsa, 2017–2024 yillarda iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi doirasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini aniqlash, yangi sanoat zonalarini tashkil etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Davlat rahbarining tashabbusi bilan qabul qilingan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”da “Har bir hudud – mamlakat iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchi” tamoyili ilgari surildi. Bu yondashuv mintaqalar o‘rtasida iqtisodiy imkoniyatlarni tenglashtirish va ularning ichki resurslarini safarbar etishning amaliy mexanizmlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Asosiy qism. Mintaqaviy iqtisodiyot nazariyasi XX asrda iqtisodiy geografiya va makroiqtisodiy tahlil sohalarining kesishgan nuqtasida shakllangan. Bu yo‘nalishning asoschilaridan A. Veber, V. Kristaller, U. Izard va P. Krugmanlar hududiy ishlab chiqarish kuchlarining joylashuv qonuniyatlarini o‘rganishgan. Zamonaviy mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  hududlarning iqtisodiy salohiyatini baholash;  ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish;  infratuzilma va transport tizimlarini rivojlantirish;  hududiy tafovutlarni kamaytirish;  barqaror bandlikni ta’minlash. O‘zbekiston misolida mintaqaviy iqtisodiyotga e’tibor so‘nggi yillarda sezilarli darajada ortdi. Har bir viloyatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari, eksport salohiyati va bandlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinmoqda. Bu esa hududiy rejalashtirishni ilmiy asosda olib borish zaruratini kuchaytirmoqda. Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida bir nechta asosiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi: Investitsiyalar. Hududlarda investitsion muhitni yaxshilash iqtisodiy o‘sishning eng muhim omilidir. 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 410 trillion so‘mdan oshdi, shundan 27 foizi xorijiy investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Infratuzilma. Transport, energetika, suv ta’minoti va axborot-kommunikatsiya tarmoqlari mintaqaviy integratsiyaning asosi hisoblanadi. 2017–2024 yillarda 10 ming kilometr avtomobil yo‘llari ta’mirlandi, 5 mingdan ortiq elektr tarmoqlari yangilandi. Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar. Raqamli iqtisodiyot elementlarini joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida har bir viloyatda elektron xizmatlar tizimi shakllantirilmoqda. Inson kapitali. Malakali kadrlar tayyorlash, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mintaqaviy barqarorlikning muhim omillaridir. O‘zbekistonning har bir hududi o‘ziga xos ixtisoslashuvga ega:  Farg‘ona vodiysi – qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati;  Navoiy viloyati – kimyo va kon-metallurgiya sanoati;  Buxoro va Xorazm – turizm va gaz sanoati;  Qashqadaryo va Surxondaryo – energetika va neft-gaz sektori; 4 9 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ  Toshkent shahri – innovatsion xizmatlar, axborot texnologiyalari va moliya markazi. Hududlarda sanoat zonalari va logistika markazlarining tashkil etilishi iqtisodiy faollikni oshirmoqda. Masalan, “Angren”, “Jizzax” va “Navoi” erkin iqtisodiy zonalarida yuzlab yangi korxonalar ish boshlagan. Shuningdek, qishloq hududlarida “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” dasturlari doirasida minglab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar nafaqat iqtisodiy faollikni, balki ijtimoiy barqarorlikni ham kuchaytirmoqda. Mintaqaviy

Доказательный фрагмент

«This article examines the essence and significance of regional economics, analyzes the main factors influencing its development, and outlines key directions for enhancing regional economic activity.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the essence and significance of regional economics, analyzes the main factors influencing its development, and outlines key directions for enhancing regional economic activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
regional economy, territorial development, investment, infrastructure, klaster, кластер, hududiy rivojlanish, mintaqaviy iqtisodiyot, инновации., iqtisodiy siyosat, региональная экономика, экономическая политика, raqamli iqtisodiyot, bandlik, территориальное развитие, innovation., investitsiya, digital economy, infratuzilma, инвестиции, цифровая экономика, инфраструктура, economic policy, innovatsiya., employment, cluster, занятость
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники