К содержанию
РецензированоUZ2025

MINTAQAVIY INFRATUZILMANI MODERNIZATSIYA QILISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Saydirasulov Alisher Zokirovich · Husainova Rushana Sheraliyevna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilishning iqtisodiy mohiyati, uning samaradorlik ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston mintaqalarida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Zamonaviy mintaqaviy iqtisodiyotning eng dolzarb muammolari kompleks tahlil qilinib,ularning samarali yechim yoʻllari taklif etilgan. Maqolada mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida mintaqaviy ixtisoslashtirish, raqamlashtirish, barqaror turizm va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, infratuzilma modernizatsiyasining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Kalit so’zlar: mintaqaviy infratuzilma, modernizatsiya, iqtisodiy samaradorlik, investitsiya, innovatsiya, barqaror rivojlanish, raqamli infratuzilma, barqaror turizm, maxsus iqtisodiy zonalar. Bugungi globallashuv va raqobat kuchaygan sharoitda mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy farovonligi ko‘p jihatdan ularning mintaqaviy infratuzilmasi rivojlanish darajasiga bog‘liqdir. Transport, energetika, aloqa, suv ta’minoti, ijtimoiy xizmatlar tizimi singari infratuzilma elementlari nafaqat iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi, balki hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. “Yangi O‘zbekiston - taraqqiyot strategiyasi”da har bir hududning iqtisodiy potensialidan to‘liq foydalanish, sanoat, transport-logistika va raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.[1] Mintaqaviy infratuzilma modernizatsiyasining nazariy asoslari. Infratuzilma - bu ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani bog‘lovchi ko‘p tarmoqli tizim, u ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini, resurslar harakatining silliq kechishini va aholi ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydi. Infratuzilmani modernizatsiya qilish - bu mavjud infratuzilma tarmoqlarini texnologik yangilash, raqamlashtirish, energiya samaradorligini oshirish va boshqaruv mexanizmlarini optimallashtirish jarayonidir.[3] Iqtisodiy samaradorlik tushunchasi bu yerda infratuzilma sohasiga kiritilgan investitsiyalarning makroiqtisodiy natijadorligi, ya’ni ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, transport xarajatlarining qisqarishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va hududlararo integratsiyaning kuchayishi orqali o‘lchanadi. 4 8 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Masalan, Jahon banki tadqiqotlariga ko‘ra, infratuzilmaga kiritilgan har bir 1 dollar investitsiya o‘rtacha 1,6–2,0 dollar miqdorida qo‘shimcha YaIM o‘sishiga sabab bo‘ladi. Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy muammolari 1-rasm. Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy muammolari1 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida hududlarning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun infratuzilmani modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu strategiya doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma yaratish, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalarini tashkil etish kabi chora-tadbirlar belgilangan. Shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish nazarda tutilgan.[1] Hududlarning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar tasdiqlanib, 2022-2026-yillarda ularga samarali erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejada hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalarini yaratish kabi vazifalar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, infratuzilmani modernizatsiya qilish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.[2] Dunyoning eng yirik rivojlanayotgan davlatlaridan biri sifatida Xitoy so‘nggi yillarda transport infratuzilmasi, xususan, temir yo‘l tarmog‘i qurilishida doimiy takomillashib borayotgani tufayli iqtisodiy va shaharsozlikda sezilarli yutuqlarga erishdi.[4] 1 Muallif ishlanmasi 4 8 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Xitoy dunyodagi eng uzun temir yo‘l tarmog‘iga ega bo‘lib, uning keng shaharlari va so‘nggi bir necha o‘n yilliklardagi jadal iqtisodiy va shahar rivojlanishi bilan chambarcha

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilishning iqtisodiy mohiyati, uning samaradorlik ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston mintaqalarida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari hamda ularning ijtimoi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilishning iqtisodiy mohiyati, uning samaradorlik ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston mintaqalarida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari hamda ularning ijtimoi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mintaqaviy infratuzilma, iqtisodiy samaradorlik, innovatsiya, barqaror turizm, maxsus iqtisodiy zonalar., barqaror rivojlanish, modernizatsiya, investitsiya, raqamli infratuzilma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники