К содержанию
РецензированоUZ2025

TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ORQALI TURISTIK DESTINATSIYALARNING BARQARORLIGINI TA’MINLASH

BARQARORLIGINI TA’MINLASH · Isrofilov Firdavs Ibrohim o’g’li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Maqolada zamonaviy turizm rivojlanishining salbiy oqibatlaridan biri — overtürizm muammosi tahlil qilinadi. Unda turistik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy omillar o‘rganilib, overtürizm oqibatlarini kamaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar (Yevropa, Osiyo va O‘zbekiston misolida) tahlil qilinib, turizmni raqamlashtirish, diversifikatsiya qilish va mahalliy hamjamiyatni jalb etish orqali muvozanatli rivojlanishni ta’minlash taklif etiladi. Kalit so‘zlar: barqaror turizm, overtürizm, destinatsiya boshqaruvi, ekologik muvozanat, raqamli texnologiyalar, mahalliy hamjamiyat. Kirish. So‘nggi o‘n yillikda turizm dunyo iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylandi. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiyadan so‘ng global turistlar soni yildan-yilga o‘sib, 2024-yilda 1,3 milliarddan oshdi. Biroq bu o‘sish nafaqat iqtisodiy foyda, balki overtürizm kabi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Overtürizm — bu ma’lum turistik hududga haddan ortiq sayyohlar tashrifi tufayli ekologik, ijtimoiy va madaniy muvozanatning buzilishi jarayonidir. Bu holat natijasida mahalliy aholining hayot sifati pasayadi, tarixiy obidalar shikastlanadi, infratuzilma zo‘riqadi hamda destinatsiya o‘z jozibadorligini yo‘qotadi. Barqaror turizm esa, BMT tomonidan belgilangan 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) doirasida muhim yo‘nalish sifatida tan olingan. U turizmning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy manfaatlari o‘rtasida muvozanatni ta’minlashni nazarda tutadi. Shunday ekan, overtürizm ta’sirini kamaytirish — barqaror turizm siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Overtürizm so‘nggi yillarda jahon turizmi rivojlanishining eng jiddiy muammolaridan biriga aylandi. Ushbu atama ilk bor 2012-yilda Venetsiya, Barselona va Dubrovnik shaharlarida turistik bosim keskin ortgani sababli ommalashgan. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) overtü- rizmni destinatsiyaning tashish quvvatidan ortiq sayyohlar oqimi natijasida resurslarning degradatsiyasi, ekologik muvozanatning buzilishi va ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi jarayoni sifatida ta’riflaydi. Overtürizm hodisasining paydo bo‘lishiga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda. Eng avvalo, arzon transport imkoniyatlarining kengayishi va low-cost aviakompaniyalar faoliyatining kuchayishi sayohatni ommaviylashtirdi. Shu bilan birga, raqamli axborot texnologiyalari, xususan, Instagram va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlar mashhur joylar haqida vizual bosim yaratib, ayrim destinatsiyalarga haddan ortiq sayyohlar oqimini keltirib chiqarmoqda. Infratuzilmaning notekis rivojlanishi natijasida sayyohlar asosan markaziy yoki tarixiy hududlarda to‘planib qoladi. Bundan tashqari, ayrim mamlakatlarda turizm siyosatining yetarli darajada boshqarilmasligi, kvotalar, soliqlar yoki yo‘nalishlarni diversifikatsiya qiluvchi mexanizmlarning sustligi ham overtürizmni kuchaytiruvchi omillardan biridir. 4 6 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Overtürizmning salbiy oqibatlari ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ekologik jihatdan bu jarayon tabiiy resurslarning — suv, energiya va yoqilg‘ining ortiqcha sarf bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, chiqindilar hajmining oshishi, ularni utilizatsiya qilishdagi muammolar va biologik xilma-xillikka tahdid kabi oqibatlar ham kuzatiladi. Masalan, Tailanddagi mashhur Maya Bay plyaji haddan ortiq turistlar tashrifi natijasida ekologik jihatdan zarar ko‘rgan va vaqtincha yopilgan edi. Ijtimoiy oqibatlar ham jiddiy. Mahalliy aholining turmush darajasi pasayadi, narxlar oshadi, madaniy qadriyatlar tijoratlashadi va an’anaviy hayot tarzi o‘zgaradi. Natijada, mahalliy aholi bilan turistlar o‘rtasida ijtimoiy ziddiyatlar kuchayadi. Iqtisodiy tomondan esa, dastlab turizm oqimi qisqa muddatda foyda keltirsa-da, uzoq muddatda destinatsiya jozibadorligi pasayadi. Turistlar soni kamaygach, iqtisodiy inqiroz xavfi paydo bo‘ladi, chunki iqtisodiyot turizmga haddan ortiq bog‘lanib qoladi va diversifikatsiya sekinlashadi. Overtürizm ta’sirini kamaytirish uchun samarali choralar majmuasini ishlab chiqish zarur. Bunday choralardan biri — destinatsiyalarni diversifikatsiya qilishdir. Ya’ni, mashhur joylardan tashqari kam o‘rganilgan, ammo jozibador hududlarni targ‘ib etish, qishloq, tog‘ va ekologik turizmni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, turistik oqimni yil davomida barqaror taqsimlash uchun “off-sezon” davrida turizmni rag‘batlantirish maqsadida chegirmalar va maxsus dasturlarni joriy etish mumkin. Masalan, Yaponiyada Kyoto shahrida ortiqcha turist oqimini kamaytirish uchun Kanazava va Nara kabi boshqa shaharlar faol reklama qilinmoqda. Raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish ham zamonaviy yechimlardan biridir. Smart- turizm platformalari yordamida turist oqimini onlayn kuzatish, mobil ilovalar orqali muayyan

Доказательный фрагмент

«Maqolada zamonaviy turizm rivojlanishining salbiy oqibatlaridan biri — overtürizm muammosi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada zamonaviy turizm rivojlanishining salbiy oqibatlaridan biri — overtürizm muammosi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mahalliy hamjamiyat., raqamli texnologiyalar, barqaror turizm, ekologik muvozanat, destinatsiya boshqaruvi, overtü¬rizm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники