К содержанию
РецензированоUZ2025

TURISTIK DESTINATSIYALARNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA RAQAMLI INNOVATSIYALAR AHAMIYATI

INNOVATSIYALAR AHAMIYATI · Isrofilov Firdavs Ibrohim o’g’li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Maqolada turistik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishida raqamli innovatsiyalar va mahalliy hamjamiyatning faol ishtiroki muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar turizmni boshqarishda samaradorlikni oshirsa, mahalliy aholining ishtiroki esa ijtimoiy barqarorlik va madaniy merosni asrashga xizmat qiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston tajribasi asosida turizmning barqaror modelini yaratish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: barqaror turizm, raqamli innovatsiyalar, mahalliy hamjamiyat, smart- turizm, destinatsiya boshqaruvi. Kirish. Bugungi globallashuv sharoitida turizm iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, ko‘plab davlatlar uchun daromad manbai sifatida muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, turistik faoliyatning jadal o‘sishi barqarorlik muammosini ham kun tartibiga olib chiqmoqda. Turizm sohasi nafaqat iqtisodiy foyda, balki ekologik va ijtimoiy muvozanatni saqlashni ham taqozo etadi. Barqaror turizm konsepsiyasi 2030-yilgacha bo‘lgan BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u resurslardan oqilona foydalanish, madaniy merosni asrash va mahalliy aholini rivojlantirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, raqamli texnologiyalarni joriy etish va mahalliy hamjamiyatni faol ishtirok ettirish turizmni boshqarishning eng samarali vositalaridan biri sifatida qaraladi. Raqamli transformatsiya hozirda turizm sohasining eng muhim tendensiyalaridan biridir. Smart-turizm texnologiyalari, sun’iy intellekt, raqamli xaritalar, onlayn rezervatsiya tizimlari va virtual gid xizmatlari turistlarning xatti-harakatini o‘rganish va oqimni tartibga solish imkonini beradi. Masalan, Yevropa davlatlarida “smart city tourism” konsepsiyasi asosida turistlar oqimini real vaqt rejimida boshqarish imkonini beruvchi platformalar joriy etilgan. Bunday tizimlar yordamida har bir destinatsiyada sayyohlar soni, ob’ektlarning bandlik darajasi va ekologik yuklama monitoring qilinadi. Bu esa overtürizm xavfini kamaytiradi va barqarorlikni ta’minlaydi. O‘zbekiston sharoitida raqamli innovatsiyalar “e-Tourism”, “Uzbekistan.travel” kabi platformalar orqali joriy etilmoqda. Ammo bu tizimlarni yanada takomillashtirib, “Smart Tourism Uzbekistan” loyihasini yaratish orqali turistik oqimni avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ekologik yuklamani baholash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Barqaror turizm faqat texnologiyalar bilan emas, balki mahalliy aholining faol ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Turistik faoliyatning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mahalliy aholining bu jarayonga bo‘lgan munosabati va manfaatdorligiga bog‘liq. Mahalliy hamjamiyat ishtiroki quyidagi yo‘nalishlarda o‘z aksini topadi: 4 6 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ  Iqtisodiy ishtirok: mahalliy tadbirkorlar, hunarmandlar, fermerlar va xizmat ko‘rsatuvchilarni turizm tizimiga jalb etish orqali daromad manbalarini kengaytirish.  Madaniy ishtirok: milliy qadriyatlar, urf-odatlar va mahalliy an’analarni saqlash, ularni turistik mahsulot sifatida targ‘ib etish.  Ekologik ishtirok: atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish va ekologik ongni oshirish bo‘yicha mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash. Masalan, Nepal, Hindiston va Gruziya kabi davlatlarda mahalliy aholi boshchiligidagi “community-based tourism” modeli muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bu modelda turistlar mahalliy oilalarda yashaydi, mahalliy madaniyatni bevosita o‘rganadi va shahar markazidan tashqaridagi joylarga tashrif buyuradi. Natijada, turistlar oqimi teng taqsimlanadi, overtürizm xavfi kamayadi va mahalliy iqtisodiyot rivojlanadi. Raqamli texnologiyalar va mahalliy hamjamiyatni birlashtirgan yondashuv turizmni boshqarishda eng samarali model sifatida qaralmoqda. Masalan, raqamli platformalar orqali mahalliy tadbirkorlar o‘z xizmatlarini onlayn reklama qila oladi, turistlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy aholiga murojaat qiladi. Bundan tashqari, raqamli tahlil tizimlari mahalliy hukumatlarga turistik oqimni prognozlash, ekologik yuklamani baholash va resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Shu yo‘l bilan turizmning iqtisodiy foydasi bilan birga ijtimoiy barqarorlik ham ta’minlanadi. O‘zbekiston uchun barqaror turizmni rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va mahalliy hamjamiyat ishtirokini uyg‘unlashtirish alohida ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida zamonaviy turizm infratuzilmasi shakllanmoqda. Endilikda bu jarayonda raqamli boshqaruv tizimlarini kuchaytirish, viloyatlar o‘rtasida turistik oqimni tenglashtirish hamda mahalliy aholining bevosita ishtirokini kengaytirish zarur. Shuningdek, viloyatlarda yoshlar va tadbirkorlar uchun “barqaror turizm startaplari”ni yo‘lga qo‘yish, ekologik toza transport va yashil mehmonxonalar tizimini rivojlantirish, raqamli turizm ma’lumot markazlarini tashkil etish istiqbolli yo‘nalishl

Доказательный фрагмент

«Maqolada turistik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishida raqamli innovatsiyalar va mahalliy hamjamiyatning faol ishtiroki muhim omil sifatida tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada turistik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishida raqamli innovatsiyalar va mahalliy hamjamiyatning faol ishtiroki muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mahalliy hamjamiyat, raqamli innovatsiyalar, smart-turizm, barqaror turizm, destinatsiya boshqaruvi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники