К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEKISTONDA KOʻCHMAS MULK BOZORINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA INNOVASION YECHIMLAR

Rayimov Ma’rufjon Abdurashid oʻgʻli · Rajapboyeva Munojat Muzaffar qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Koʻchmas mulk bozori iqtisodiyot tizimining muhim qismlaridan biri boʻlib, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni rivojlantirish va investitsiya jalb etishda asosiy oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar koʻchmas mulk bozorida faollikni oshishiga xizmat qiladi. Aholining urbanizatsiyalashuvi, yangi turar-joy massivlarning qurilishi, zamonaviy infratuzilmaning rivojlanishi bu sohaning dolzarbligini yanada kuchaytiradi. Ushbu maqolada aynan shu muammolar tahlil qilinadi hamda zamonaviy innovatsion yechimlar taklif qilinadi. Kalit soʻzlar: koʻchmas mulk bozorining hozirgi holati, bozor muammolari, narx va uy- joyga boʻlgan talab-takliflar, innovatsion yechimlar, ommaviy baholash, huquqiy tartibga solish va shaffoflik muammolari, yashil qurilish va ekologik iqtisodiyot. Koʻchmas mulk bozorining hozirgi holati Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning yirik shaharlarida qurilish sur'atlari keskin oshdi. Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozori oʻsishda davom etmoqda. 2024-yilda bozor hajmi 780 milliard AQSH dollariga baholangan boʻlsa, 2029-yilga kelib bu koʻrsatkich 1.04 trillion AQSH dollariga yetishi kutilyapti. Shuningdek, yillik kelishuvlar qiymati: 2025- yilda 7.51 milliard AQSH dollariga; 2028-yilga kelib esa 10.79 milliard AQSH dollari boʻlishi prognoz qilinmoqda. Bu esa bozordagi ishtirokchilar, xususan riyeltorlar va uy-joy sotib olishni rejalashtirayotganlar uchun katta imkoniyatlar ochilishidan dalolat beradi. Oʻzbekistonda e-tijorat bozori 2027-yilga kelib 2.2 milliard AQSH dollarga yetishi mumkin, bu esa odamlarning raqamli tranzaksiyalar va onlayn xizmatlarga boʻlgan ishonchini oshirishini anglatadi. Yangi turar-joy majmualari, savdo markazlari, sanoat obyektlari, logistika hududlari barpo etilmoqda. Shunga qaramay, uy-joyga boʻlgan talab-taklifdan yuqori boʻlib qolmoqda. Xususan, Toshkent shahri, Samarqand va Namangan kabi hududlarda aholi sonining koʻpayishi, shahar infratuzilmasining kengayishi uy narxlarining oshishiga olib kelmoqda. Narxlarning keskin oʻsishi esa aholining kam ta'minlangan qatlami uchun uy-joy sotib olish imkoniyatini cheklamoqda. Bu holat uy-joy bozorini davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi. Koʻchmas mulk bozorining turli xil muammolari 4 0 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Koʻchmas mulk bozorida turli xil muammolar mavjud, va ular turli mamlakatlarda, hududlarda farq qilsada, umumiy xususiyatga ega. 1. Savdo bitimlarining pasayishi yoki sustlashishi - 2024-yilda mamlakat boʻyicha koʻchmas mulk savdo bitimlari 2.2 % ga kamaygan - jami 329 000 bitim amalga oshirildi. Ayrim hududlarda masalan, Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro viloyatida bitimlar soni 8-14 % gacha pasaygan. Muammo nimada? Uy olishni rejalashtirayotgan shaxslar va investorlar uchun bozor faolligining pasayishi qaror qabul qilishni murakkablashtiradi-qiymatlar, narxlar va bozor tempini taxmin qilish qiyinlashadi. 2. Narxlar va uyni olish imkoniyati bilan bog'liq muammolar. Narxlarning chet el valutasi yoki insonlar daromadi bilan moslashmasligi - yuqori narxlar yoshlar yoki kam daromadli oilalar uchun uy olishni qiyinlashtiradi. 2023-yilda yangi qurilish bozorda narxlar 39.6% ga oshgan boʻlsa, 2024-yilda bu oshish 11.4% ga qadar tushdi. 2025-yilning ikkinchi choragida esa narxlar juda barqarorlashgan: asosiy bozorda yiligi 2.6% koʻtarilgan, ikkinchi qoʻlda 2.5%. 3. Kreditlash va ipoteka boʻyicha cheklovlar. 2024-yilda ipoteka kreditlari hajmi 17.1 trln soʻmni tashkil etadi. Ipoteka kreditlar olganlar soni ham 2024-yilda 58 800 kishini tashkil etadi. Kredit olish imkoniyati cheklangan boʻlsa, uy olish istagidagi shaxslarga tayyor boʻlmaydi, natijada talab sustlashadi. 4. Ijaraga olish bozori. Ijara bilan yashashni rejalashtirganlar uchun tanlov kamaygan boʻlishi mumkin - bu esa uy olish ehtiyojini orttirishi mumkin, lekin uy olishing oʻzidagi muammolar shunchaki koʻpayadi. 2024-yilda Toshkent shahrida ijaraga berish naxrlari metriga 11.1% ga tushgan. Koʻchmas mulk birjasi: Respublika koʻchmas mulk birjasi - koʻchmas mulk savdosi bilan shug'ullanadigan yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994- yil 29-apreldagi qarori bilan tashkil qilindi. Asosiy vazifasi davlat mulklarini ochiq auksion, tanlov va birja savdolari orqali xususiylashtirish, zamonaviy koʻchmas mulk bozorini yaratish, mulkdorlar sinfini shakllantirish. Markaziy boshqaruv idorasi Toshkent shahrida. Qoraqalpog'iston Respublikasi va 12 viloyatda, Toshkent shahrida filiallari bor. Respublika koʻchmas mulk birjasi va uning filiallari davlat obyektlarini ochiq savdolar orqali xususiylashtirish, respublikada yaxlit koʻchmas mulk bozorini yaratish, jahon talablari darajasida ochiq savdolarni tashkil etishni yoʻlga qoʻyish bilan shug'ullanadi. Narx siyosati va uy-joyga boʻlgan talab-takliflar Uy narxlarining oshishi bir nec

Доказательный фрагмент

«Koʻchmas mulk bozori iqtisodiyot tizimining muhim qismlaridan biri boʻlib, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni rivojlantirish va investitsiya jalb etishda asosiy oʻrin tutadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Koʻchmas mulk bozori iqtisodiyot tizimining muhim qismlaridan biri boʻlib, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni rivojlantirish va investitsiya jalb etishda asosiy oʻrin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ommaviy baholash, innovatsion yechimlar, narx va uy-joyga boʻlgan talab-takliflar, koʻchmas mulk bozorining hozirgi holati, yashil qurilish va ekologik iqtisodiyot., bozor muammolari, huquqiy tartibga solish va shaffoflik muammolari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники