Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHOLI HAYOTINING SIFATINI YAXSHILASH OMILI SIFATIDA QISHLOQ JOYLARIDA ZAMONAVIY UY-JOY QURILISHINING DASTLABKI BOSQICHI
Ismailov N.I.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Maqolada aholi hayotining sifatini yaxshilash omili sifatida qishloq joylarida zamonaviy uy-joy qurilishining dastlabki bosqichi yoritilgan. Qishloq joylarida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq, uy-joy massivlarini qurish ishlari namunaviy loyihalar asosida, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’ektlari bilan birgalikda barpo etilganligiga to’xtalgan. Kalit so’zlar: Uy-joy qurilishi, zamonaviy uy joy massivlari, kommunal xizmatlar, imtiyozli ipoteka kreditlari, namunaviy loyiha, qurilish sanoati, xizmat ko’rsatish. Kirish. Aholining talabi, uy-joy qurilishi sohasi kuchli ijtimoiy muammolarni hal etish uchun ulkan ahamiyatga ega ekani, qurilish bilan bog‘liq ko‘plab tarmoqlar va butun mamlakat iqtisodiyotining mutanosib rivojlanishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan eng muhim omil ekanini hisobga oladigan bo‘lsak, qishloqda uy-joy qurilishining roli haqidagi mavzuning dolzarbligi belgilaydi. Mutaxasislarning ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalar tarkibida umumiy sarmoyalar hajmining 20 foizidan 40 foizigacha bo‘lgan ulushi aynan uy-joy qurilishi sohasiga to‘g‘ri kelayotgani albatta bejiz emas. Bugungi kunda uy-joy qurilishi va iqtisodiyotning mazkur soha bilan bog‘liq tarmoqlarini rivojlantirish moliya tizimini shakllantirish va barqaror rivojlantirishning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hamda banklar aktivlari va ishonchli resurs bazasining mustahkam manbai bo‘lib qolmoqda. Bunday sharoitda uy-joy qurilishi va u bilan birgalikda rivojlanadigan infratuzilma, kommunal va ijtimoiy sektor, transport va kommunikatsiya tarmoqlari, zamonaviy qurilish materiallari hamda konstruksiyalarini ishlab chiqarish kapital va investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, eng murakkab va jiddiy ijtimoiy masalalardan biri, aholi bandligi muammosini hal etishning g‘oyat maqbul va samarali sohasi sifatida xizmat qila oladigan hamda xizmat qilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishga aylanmoqda. Aksariyat davlatlarning tarixiy tajribasi shundan dalolat beradiki, uy joy qurilishi va infratuzilma sohasini taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilash milliy iqtisodiyotni qayta tiklashning hal qiluvchi vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, Buyuk depressiya deb atalgan 1930-yillardagi inqiroz davrida AQShda Prezident Ruzvelt yakka tartibdagi uyjoy qurilishini kredit bilan ta’minlash tizimini joriy qildi va bu islohot iqtisodiy o‘sishni tiklashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. O‘z vaqtida Germaniya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya davlatlari va boshqa mamlakatlarda iqtisodiyotni rag‘batlantirish hamda qayta tiklash maqsadida ana shunday dasturlar qabul qilingan. Tahlil va natijalar muhokomasi. Yaqin yillargacha bu sohaning bosh xususiyati shunda ediki, u deyarli boshqarilmas, qishloqda uy-joylar aholi punktlarini barpo etishda qo‘llanishi zarur bo‘lgan bosh rejalarsiz qurilar, hududlarning o‘ziga xos tabiiy va iqlim xususiyatlari, o‘zbek 3 7 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ oilasining milliy an’analarini hisobga olib, puxta ishlab chiqilgan namunaviy uy-joy loyihalari yo‘q edi. O‘zi ham buyurtmachi, ham quruvchi bo‘lgan qishloq aholisining imkoniyatlari cheklangani, shuningdek, qurilish materiallarining doimiy tanqisligi hamda qishloqda rivojlangan qurilish sanoati bo‘lmagani uchun bu boradagi ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi. Boshqacha aytganda, uy-joylar qo‘lbola qurilish materiallari – xom g‘ishtdan qurilar, xonalariga yog‘ochdan pol qilinmas, tom yopish materiali sifatida asosan asbest shiferlardan foydalanilar edi. Bosh rejasiz qurilgan uy-joylarni kommunal qulayliklar bilan ta’minlash, ichimlik suvi tarmog‘iga, elektr energiyasi va gaz tarmog‘iga ulash borasida jiddiy muammolar paydo bo‘lar edi. Yangi qurilgan uy egalarining tibbiyot muassasalari, maktablar, bolalar bog‘chalari, savdo shoxobchalari, bozorlar, hovlisiga olib boradigan yo‘l, ya’ni oilaning qulay sharoitda yashashi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma bilan ta’minlanishda qanday muammolarga duch kelgani haqida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholisining qariyb 50 foizi, ya’ni 20 millionga yaqin odam qishloq joylarida istiqomat qilayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bugungi kunda ushbu sohada hal qilishimiz lozim bo‘lgan murakkab vazifalarning ko‘lami va miqyosini tasavvur etish qiyin emas. Bu borada shuni inobatga olish kerakki, O‘zbekistonda qishloq joylarida har yili 200 mingdan ortiq yangi oila vujudga kelmoqda, mustaqil taraqqiyotimiz yillarida esa qishloqlarimizda 3 milliondan ziyod yosh oila paydo bo‘ldi va ular o‘z uyiga ega bo‘lishga ehtiyoj sezmoqda. Shu munosabat bilan hozirgi kunda qishloq joylarida yakka tartibda uy-joy qurish bo‘yicha uzoq yillar mobaynida shakllangan yondashuvlar, usul va amaliyotni qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani, buni hayotning o‘zi ilgari surayotgani yanada yaqqol ayon bo‘lmoqda. Tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofi
Доказательный фрагмент
«Maqolada aholi hayotining sifatini yaxshilash omili sifatida qishloq joylarida zamonaviy uy-joy qurilishining dastlabki bosqichi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada aholi hayotining sifatini yaxshilash omili sifatida qishloq joylarida zamonaviy uy-joy qurilishining dastlabki bosqichi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uy-joy qurilishi, zamonaviy uy joy massivlari, xizmat ko’rsatish., namunaviy loyiha, imtiyozli ipoteka kreditlari, kommunal xizmatlar, qurilish sanoati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025