Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИГРОВЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
USULLARIDAN FOYDALANISH · N.X. Karimova (Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti.) · PRIMARY GRADE (Buxoro davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti.) · В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ (organization of English lessons for primary school students.)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Психолого-дидактические особенности игровой деятельности решают важную задачу повышения мотивации ребёнка к изучению языка. Обучение с использованием игровых технологий положительно влияет на формирование слуха, произношения, словарного запаса учащихся, а также на формирование их компетенций в командной работе и общении. В данной статье рассматриваются методы использования игровых технологий в эффективной организации уроков английского языка для учащихся начальной школы. Ключевые слова: начальное образование, английский язык, игровое обучение, дидактические игры, интерактивные методы, коммуникативный подход, мотивация, развитие навыков, ролевые игры, цифровые игровые технологии, эффективность процесса обучения. 98 Dekabr, 2025-Yil O‘yinlarning ta’limiy ahamiyati qadimdan ma’lum. Ko‘plab mashhur pedagoglar o‘quv jarayonida o‘yinlardan foydalanishning yuqori samaradorligini alohida ta’kidlab kelishgan. Ko‘pincha bolalarning yashirin qobiliyatlari aynan o‘yin jarayonida kutilmaganda namoyon bo‘ladi. O‘yin asosidagi ta’lim esa darslarda o‘quvchini faollashtiruvchi va rag‘batlantiruvchi o‘yin texnikalari hamda vaziyatlaridan foydalangan holda tashkil etiladi. Boshlang'ich sinfda o‘yin asosidagi o‘qitishdan foydalanish bir qator muhim metodik maqsadlarga erishishga xizmat qiladi: -o‘quvchilarning og‘zaki muloqotini rivojlantirish; -til materialidan takror va muntazam foydalanishga bo‘lgan tabiiy ehtiyojni shakllantirish; o‘quvchilarni nutq jarayonida vaziyatga mos ravishda spontan paydo bo‘ladigan ifoda shaklini tanlay olishga o‘rgatish; dars jarayonida o‘yin usullari va o‘yinli vaziyatlar orqali o‘quvchilarni motivatsiya berib ularni faollikka yo‘naltirish. Dars davomida o‘yin asosidagi metodlarni qo‘llash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: didaktik maqsad, o‘quvchilarga o‘yin ko‘rinishidagi topshiriq sifatida yetkaziladi. o‘quv jarayoni o‘yin qoidalari asosida tartibga solinadi; o‘quv materiali o‘rganish vositasi sifatida qo‘llanib, jarayonga raqobat-unsuri kiritiladi va didaktik topshiriq o‘yin vazifasiga aylantiriladi; didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijasiga bog‘lanadi. O‘yin asosidagi o‘qitishdan foydalanish quyidagi muhim metodik maqsadlarga erishishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi: 1) O‘quvchilarning og‘zaki muloqotga psixologik jihatdan tayyorlanish darajasini oshirish. 2) Til materialini qayta-qayta qo‘llashga bo‘lgan tabiiy ehtiyojni shakllantirish. 3) O‘quvchilarni nutqda vaziyatga mos ravishda tabiiy ravishda yuzaga keladigan ifoda variantini tanlashga o‘rgatish. 4) O‘yin asosidagi o‘qitish darslarda o‘quvchilarni faollashtirish va rag‘batlantirish uchun o‘yin texnikalari va o‘yinli vaziyatlardan foydalanib tashkil etishdan iboratdir. Dars davomida o‘yin asosidagi texnikalar va vaziyatlarni qo‘llash quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: didaktik maqsad o‘quvchilarga o‘yin shaklidagi topshiriq sifatida taqdim etiladi; o‘quv jarayoni o‘yin qoidalari asosida tartibga solinadi; o‘quv materiali o‘rganish vositasi sifatida ishlatiladi, faoliyatga raqobat elementi kiritiladi va didaktik vazifa o‘yin asosidagi topshiriqqa aylantiriladi; didaktik vazifa muvaffaqiyatli bajarilganda natija o‘yin jarayoni bilan bog‘lanadi. O‘yinlar o‘quv jarayonida quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: O‘yinning ta’limiy funktsiyasi: o‘yinlar xotira, diqqat va axborotni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, umumiy akademik qobiliyatlarni oshiradi hamda chet tilini o‘rganishni rag‘batlantiradi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalr ta’limiy o‘yinlar jarayonida hissiy va aqliy mehnat, shuningdek, qaror qabul qilish ko‘nikmalari, fikrlash qobiliyatlari faollashtiriladi. 99 Dekabr, 2025-Yil O‘yin metodologiyasi xususiyatiga ko‘ra, o‘yinlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Mavzuga asoslangan o‘yinlar; 2.Hikoyaga asoslangan o‘yinlar; 3.Rolli o‘ynash o‘yinlari; 4.Biznesga asoslangan o‘yinlar; 5.Simulyatsiya o‘yinlari; 6.Dramatizatsiya o‘yinlari. Ingliz tili darslarida o‘yin asosidagi o‘qitishdan foydalanishning asosiy afzalligi shundaki, u tilni o‘zlashtirishning turli bosqichlarida va barcha yoshdagi o‘quvchilar uchun samarali qo‘llanilishi mumkin. O‘qituvchilar ko‘pincha ingliz tili darslarida o‘yin metodlaridan foydalanadilar. Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida faqat o‘yin asosidagi o‘qitishga tayanish mumkin emas, chunki bu o‘quv jarayonining asosiy maqsadidan chekinishga olib keladi. Shuning uchun dars jarayonini ta’limiy o‘yin bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga ingliz tillarini o‘rgatish amaliy, rivojlantiruvchi va ta’limiy maqsadlarni qamrab oladi. Ingliz tili darslarida o'yinga asoslangan vaziyatlardan foydalanishning samaradorligi aniqdir. Muayyan vizual vositalardan foydalanib, kommunikativ va o'yinga asoslangan vazifani qo'yish orqali oddiy vaziyatni o'yinga asoslangan holatga aylantirish mumkin. Ikkinchi sinf o‘quvchilari ingliz tili darsida alifboni o‘rganishga qiynaladi. Ingliz tili darslarida ta’limiy
Доказательный фрагмент
«Психолого-дидактические особенности игровой деятельности решают важную задачу повышения мотивации ребёнка к изучению языка.»
Образец извлечения
Демо-превьюПсихолого-дидактические особенности игровой деятельности решают важную задачу повышения мотивации ребёнка к изучению языка. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, English language, game-based learning, didactic games, rolli o‘yinlar, interactive methods, motivatsiya, boshlang‘ich ta’lim, английский язык, motivation, интерактивные методы, kommunikativ yondashuv, коммуникативный подход, communicative approach, digital game technologies, didaktik o‘yinlar, дидактические игры, цифровые игровые технологии, ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘yin asosida o‘qitish, interaktiv metodlar, skills development, effectiveness of the learning process., игровое обучение, эффективность процесса обучения., ingliz tili, o‘quv jarayoni samaradorligi., развитие навыков, role-playing games, начальное образование, мотивация, ролевые игры, raqamli o‘yin texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024