Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOVET DAVLATIDA DINNING DAVLAT TOMONIDAN NAZORATIGA OLINISHINING SIYOSIY VA HUQUQIY TAHLILI
Turapova Mohidil Turdiyevna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article examines the Soviet state's policy of restricting religious life between 1917 and 1991, focusing on its legal foundations and practical mechanisms. Special attention is given to the process of state control over Islamic rituals, religious education, local customs, and religious institutions in Central Asia. The study highlights the impact of Soviet religious policy on the cultural life of society and its long-term consequences. Keywords. Soviet religious policy, Central Asia, Islam, atheism, legal restrictions, religious rituals, state control, Soviet ideology. 1917–1991 yillarda sovet davlatida din bilan bog‘liq siyosat keskin markazlashtirilgan bo‘lib, u mahalliy xalqlarning, ayniqsa O‘rta Osiyo musulmon aholisi va boshqa etnik guruhlarning diniy e’tiqod va marosimlarini bosqichma-bosqich cheklashni ko‘zlagan. Bu davrda qabul qilingan huquqiy hujjatlar, farmonlar va partiya qarorlari diniy hayotni siyosiy nazorat ostiga olish, diniy institutlarning iqtisodiy asoslarini yo‘qotish hamda jamiyatni ateistik ruhda tarbiyalashga qaratilgan edi. Sovet hokimiyatining diniy siyosati, aslida, dinni shaxsiy masala sifatida belgilash orqali uni ijtimoiy hayotdan siqib chiqarish strategiyasiga tayanardi. Masalan, "Diniy o'quv yurtlarini tugatish va ularning mulkini musodara qilish to'g'risida"gi maxfiy ko'rsatma (Maorif Xalq Komissarligi, 1917 yil dekabr): Madrasa, maktab va missionerlik maktablari yopildi, ularning binolari va kutubxonalari davlat tasarrufiga o'tkazildi. 90 Dekabr, 2025-Yil 1918 yilda chiqarilgan “Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to‘g‘risida”gi dekret dinni fuqarolarning shaxsiy ishi deb e’lon qilib, diniy tashkilotlarni mulkdan mahrum etdi va barcha diniy ta’lim davlat maktablarida taqiqlanishini belgiladi. Bu qaror keyinchalik O‘rta Osiyo madrasalari, maktablari, masjidlaridagi diniy ta’lim jarayonining to‘liq to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan. "Diniy tashkilotlarning o'z mol-mulkiga ega bo'lish huquqi yo'qligi to'g'risida"gi qoida (1918 yilgi dekretga asoslangan): Barcha diniy mulk davlat mulki deb e'lon qilindi, faqat ibodat uchun zarur bo'lgan binolar va anjomlar maxsus ruxsat bilan bepul foydalanishga berilgan. Yer va mol-mulkni milliylashtirish to'g'risidagi dekretlar (1917-1920 yillar): Diniy tashkilotlarga tegishli bo'lgan barcha еrlar va binolar tovon pulisiz musodara qilingan, bu esa ularning iqtisodiy asosini yo'q qilgan. 1920-yillar oxiri va 1930-yillar boshida diniylarning huquqiy maqomi yanada cheklab qo‘yilib, jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar diniy faoliyatni rasmiy ruxsatsiz amalga oshirishni jinoiy javobgarlik sifatida belgiladi. "Diniy birlashmalar to‘g‘risida"gi Qaror (Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti, 1929 yil 8 aprel): Diniy jamoalarning faqat ibodat ehtiyojlarini qondirishdan boshqa barcha ijtimoiy faoliyatini (xayriya, bolalar o'qitish) taqiqladi. Noqonuniy deb topilgan diniy darslar, uy sharoitida diniy ta’lim berish yoki bolalar bilan ibodat qilish kabi holatlar og‘ir jinoyat sifatida baholangan. Aynan shu davrda madrasa va missionerlik maktablarini tugatish, ularning mulkini musodara qilish haqida maxfiy ko‘rsatmalar berilib, diniy adabiyot va kutubxonalar davlat tasarrufiga o‘tkazilgan. Natijada, diniy ilmiy muhitning uzilishi yuzaga kelgan. 1929 yilgi “Diniy birlashmalar to‘g‘risida”gi qaror esa diniy jamoalarning faoliyatini yanada toraytirib, ularni faqat ibodat bilan cheklab qo‘ydi. Xayriya ishlari, bolalarni o‘qitish yoki jamoa hayotida diniy ta’lim berish kabi har qanday tashkiliy faoliyat qat’iyan taqiqlangan. Bu qaror deyarli barcha diniy tashkilotlarni ijtimoiy maydondan siqib chiqardi. O‘sha yillarda mahalliy urf-odatlarni “xurofot” deb baholovchi partiya qarorlari ham kuchaytirilgan bo‘lib, ro‘za tutish, ziyorat qilish yoki marosimlarni o‘tkazish ko‘pincha “millatchilik” yoki “reaksion” xatti- harakat sifatida talqin qilingan. “Hujum” deb atalgan kampaniya esa ayollarning paranji va ro‘mol bilan yurishini rad etish orqali diniy oilaviy qadriyatlarga bosim o‘tkazgan. Stalindan keyingi davrda ham din ustidan nazorat to‘xtamagan. Xrushchev davrida diniy marosimlarga qarshi choralarning kuchayishi kuzatilib, ayniqsa bolalarning diniy tadbirlarda qatnashishi keskin cheklangan. 1958 yilda qabul qilingan jinoyat qonunchiligi asoslari diniy qonunbuzarliklar uchun qo‘shimcha jazolar belgiladi, jumladan, bolalarni diniy ta’limga jalb etganlik uchun jamoat tartibini buzish sifatida ayblov qo‘llanilgan. Shu bilan birga, qishloqlarda diniy faoliyatni cheklashga doir maxfiy ko‘rsatmalar tarqatilib, masjidlarning faoliyat vaqti, azon aytish yoki jamoaviy ibodatlar kolxoz ishlari bahonasida cheklangan. "Diniy birlashmalar to'g'risida"gi qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi Farmon (SSSR Oliy Soveti Prezidiumi, 1975 yil 23 iyun): "Turg'unlik davri"dagi asosiy hujjat bo'lib, 1929 yilgi qonunni yanada qat'iylashtirdi va nazoratni kuchaytirdi. SSSR Konstitutsiyasi (1936 yil va 1977 yil): Kons
Доказательный фрагмент
«This article examines the Soviet state's policy of restricting religious life between 1917 and 1991, focusing on its legal foundations and practical mechanisms.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the Soviet state's policy of restricting religious life between 1917 and 1991, focusing on its legal foundations and practical mechanisms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Soviet religious policy, Central Asia, Islam, atheism, legal restrictions, Средняя Азия, религиозные обряды, Soviet ideology., атеизм, diniy marosimlar, davlat nazorati, state control, государственный контроль, ислам, huquqiy cheklovlar, правовые ограничения, religious rituals, sovet mafkurasi., Sovet diniy siyosati, ateizm, Советская религиозная политика, O‘rta Osiyo, islom, советская идеология.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025