К содержанию
РецензированоUZ2025

VALEYBOL OYINIDA TOʻGʻRI HUJUM ZARBASI TEXNIKASINI URGATISH USULLARI

Mamutov Islam Urgenishbaevich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda toʻg'ri hujum zarbasi yugurib kelish yoki joyda turgan holda amalga oshiriladi. Yugurib kelib hujum zarbasini berish holatida to'pning yo'nalish trayektoriyasi yugurish yo'nalishi boʻylab davom etadi. Joyida turgan holatda zarba berishda oʻyinchi qoʻllari hamda tanasini turli tomonlarga og dirgan holda toʻpni maydonning nisbatan himoyasiz chap yoki o'ng tomoniga yo'naltirishi mumkin boʻladi. Yugurib kelib toʻg'ri hujum zarbasini berish texnikasi oʻz aksini topgan. Kalit so`z: Yugurib kelib hujum zarbasi, Joyida turgan holatda zarba, Voleybolchining tanasi, Toʻpga zarba sakrashning eng yuqori nuqtasida amalga oshiriladi. Toʻg'ri hujum zarbasi yugurib kelish yoki joyda turgan holda amalga oshiriladi. Yugurib kelib hujum zarbasini berish holatida to'pning yo'nalish trayektoriyasi yugurish yo'nalishi boʻylab davom etadi. Joyida turgan holatda zarba berishda oʻyinchi qoʻllari hamda tanasini turli tomonlarga og dirgan holda toʻpni maydonning nisbatan himoyasiz chap yoki o'ng tomoniga yo'naltirishi mumkin boʻladi. Yugurib kelib toʻg'ri hujum zarbasini berish texnikasi oʻz aksini topgan. Koʻrinib turibdiki, sakrashdan oldingi yugurishning so'nggi qadamida o'yinchining chap oyogʻi tizza boʻgʻimidan qisman bukilgan tarzda tovoni bilan pol yuzasiga qoʻyiladi. Bu holat oʻyinchining yugurish paytidagi gorizontal harakatiga siltanib sakrash paytida vertikal yo'nalish berish maqsadida amalga oshiriladi. Sakrash paytida o'yinchi tezlikni maksimal tarzda oshiradi, oyoqlarini tegishli tarzda bukkan holatda markazdan qochuvchi kuchni quyiga yo'naltiradi, bir vaqtning o'zida o'ng oyoqni oldinga olib chiqadi va chapi bilan tenglashtiradi. Qo'llarni oldinga va yuqoriga siltanma zarbani amalga oshirishga tayyorlash maqsadida orqa-past tomonga tisariladi. Tayanchdan chiqish bosqichida qo'llarning siltanma harakati hali oyoqlarning faol bukilish holati hamda barcha tana bosimi o'ng va chap oyoqlar tagiga to'la oʻtkazishidan nisbatan ilgari boshlanadi. Bunda tananing markazdan qochuvchi kuchi tegishli bo'g'imlarning toʻpiq, tizza va bel qismlaridan bukilishi hisobiga yuqoriga tayanch funksiyasiga olib chiqilishidan oldin pastga yo'naltiriladi. Markazdan qochuvchi tana vaznining quyiga siljishi, qo'l hamda mavjud barcha mushak va bo'g'imlarming hamjihatlikdagi kuchli harakatlanishi asosida gavdani vertikal holatda yuqoriga katta kuch bilan olib chiqishga yaqindan yordam beradi. Oyoqlarning tizza, bel boʻgʻimlaridan faol, shuningdek, kaftlarning keskin bukilishi bu boʻgʻimlardagi mushaklarning yuqori kuchlanish asosida ishlashi hisobiga yuz beradi va kaftlarning maydon yuzasidan silkinib uzilishi bilan tugallanadi. Tayanchsiz holatning avvalida oʻyinchining oyoq va tanasi toʻgʻri holatini saqlaydi, chap qoʻli siltanishdan soʻng old-yuqori tomonga siljishidan to'xtaydi, oʻng qoʻli esa tirsak boʻgʻimlaridan bukilgan tarzda orqaga siljishda davom etadi. Voleybolchining tanasi yugurishning gorizontal yoʻnalishi kuchi va siltanish kuchlari inersiyasi ta'sirida yuqoriga koʻtarilishni boshlaydi[7]. 86 Dekabr, 2025-Yil Yuqori koʻtarilishining keyingi bosqichida oʻyinchining gavdasi umurtqa pogʻonasining bel qismidan bukiladi, o'ng va yelka bilan birgalikda orqa-yon tomonga, chap qoʻl tirsakdan bukilgan tarzda pastga olinadi, oyoqlar tizza boʻgʻimidan bukiladi. Bu harakatlar natijasida qo'l, yelka, ko'krak va qorin mushaklari yaxshi choʻzilgan holatda zarbaning kuchli chiqishi uchun zarur kuchlarning munosib harakatiga mos sharoit yaratib beradi. Toʻpga zarba sakrashning eng yuqori nuqtasida amalga oshiriladi. Qoʻl, yelka, qorin va ko'krak sohasidagi koʻplab mushaklarining keskin qisqarishi natijasida voleybolchi tanasi umurtqa pogʻonasining bel qismidan, oyoqlar tizza boʻgʻimidan bukiladi, o'ng yelka yuqori-old tomonga siljiydi, oʻ'ng qo'l tirsak boʻg'imidan bukilgan holatda katta amplituda bilan toʻpga qarab harakatlanadi. Zarba paytida panjalar kaftlarni, kaft qo'llarni, qoʻllar esa yelkani bir muddat ortda qoldirib ketadi. Yelka bilan yelkaoldi a'zolari oʻrtasidagi burchak zarba paytida taxminan 140-150°ni tashkil qiladi. E'tirof etilayotgan tananing bukilishi, qo'llarning siltanishga asoslangan aylanma hamda oʻng yelkaning ilgarilama harakatlari oʻzaro uygʻunlikda toʻpga juda katta zarba kuchini berish imkonini yaratadi. Toʻpga zarba berilgandan keyin (yakuniy bosqich) oʻyinchining tanasi qiya yoʻnalish asosida old-past tomonga tushadi. Voleybolchi yuqoriga koʻtarilgan joyidan 1-1,5 metr uzoq maofaga oyoqlari bukilgan, qoʻllari tirsagidan bukilgan holatda yerga tushadi. Toʻgʻridan beriladigan hujum zarbasi yoʻnalishini o'ng tarafga oʻzgartirish texnikasi 34- rasmda taqdim etilgan. Zarba oʻrtacha yuqorilikdagi uzatmadan amalga oshiriladi, yugurib kelish va sakrash odatiy. Qoʻllarini havoda muallaq holatda siltashi uning zarbani yugurib kelgan tarzda amalga oshirishidan dalolat beradi (34-rasm, a holat). Hujumchining mahorati aynan soʻnggi vaziyatda yelka hamda boʻgʻimlarning keskin harakati yordamida 104 toʻpni blokka chiqqan

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda toʻg'ri hujum zarbasi yugurib kelish yoki joyda turgan holda amalga oshiriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda toʻg'ri hujum zarbasi yugurib kelish yoki joyda turgan holda amalga oshiriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Toʻpga zarba sakrashning eng yuqori nuqtasida amalga oshiriladi., Joyida turgan holatda zarba, Yugurib kelib hujum zarbasi, Voleybolchining tanasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники