Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INTELLEKTUAL MULK HIMOYASINING XALQARO HUQUQDAGI OʻRNI
Nasibova Xumora Axmad qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada intellektual mulk sohasining xalqaro huquqiy tahlili, mavjud muammolar va ularni manzilli hal etish usullari, himoya usullari ham bevosita keltirib oʻtilgan. Shuningdek, bu mavzuning dolzarbligi, uni oʻrganish nima uchun muhimliligi ham maqolada oʻz aksini topgan. Kalit soʻzlar: WIPO, TRIPS kelishuvi, Jahon savdo tashkiloti, xalqaro konvensiyalar, monitoring tizimi, xalqaro standartlar, postindustrial. Xalqaro huquq doirasida tartibga solinishi lozim bo’lgan sohalar miqdor jihatdan kengayib bormoqda. Bunga asosiy omil davlatlarda turli muammolar vujudga kelishidadir. Mana shunday sohalardan biri sifatida intellektual mulkni keltirishimiz mumkin. Intellektual mulk sohasi nima uchun dunyo miqyosidagi muammoga aylanib bormoqda degan savolga aynan raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt kabi omillarning shiddat bilan rivojlanib borayotganini sabab sifatida keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari, intellektual mulkni tijoratlashtirish masalasi bo’yicha ham bir qancha muammolar mavjud va bu intellektual mulk himoyasi mexanizmini yanada rivojlantirishni talab etadi. Himoya haqida so’z borar ekan, bu bo’yicha bir qancha konvensiya va shartnomalar mavjudligini aytib o’tish foydadan holi emas. Ammo ushbu hujjatlarni qo’llashda qanday kamchiliklar mavjudki, bir qancha ziddiyatlar yuzaga kelmoqda. Bunday kamchiliklarni sanab o’tish bu muammoning yechimi bo’libqolmaydi. Shuning uchun ham ularni birma-bir tahlil qilish va manzilli yechim izlash, uning amaliyotga qo’llanishi bo’yicha ham bir qancha takliflar berilishi va bu amalga oshirilishi lozim. Davlatimizda huquqiy hamda amaliy nuqtayi nazardan ham bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Amaliyotda ham qonunchilik me’yorlarida sezilarli darajada bo’shliqlar mavjud. Xalqaro standartlar asnosida sohada bir qancha tartibli mexanizmlar mavjud. Soha bo’yicha nafaqat amaliyotni tahlil qilish, balki nazariy jihatlarni ham o’rganish muhimdir. Buning sababi nazariy qarashlar ham turlicha va har bir nazariy qarashlar orqali ko’plab amaliyotdagi farqlanishi lozim bo’lgan jihatlarni bilib olish mumkin. Mavzu doirasi juda ham keng bo’lganligi uchun uni har bir elementini tahlil qilishdan ko’ra, uning muhofazasi nuqtai nazardan umumiy xalqaro huquq me’yorlarining o’rnini hamda bu bo’yicha xalqaro tashkilotlarning faoliyatini yoritish maqsadga muvofiqdir. Sohaning amaliy faoliyati haqida so’z borganda TRIPS haqida batafsil o’rganish ahamiyatlidir. TRIPS kelishuvi bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo barcha davlatlar o’rtasida tuzilgan intellektual mulk huquqining savdo bilan bog’liq masalalari bo’yicha bitimi. Maqolada ushbu kelishuv va shu bilan birga Jahon savdo tashkilotining intellektual mulk huquqi himoyasidagi o’rni, u orqali qanday muammolar hal etilishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari, Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) va uning faoliyati ham bevosita maqolada yoritib o’tiladi. 3 9 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sababi aynan yuqorida keltirilgan tashkilotlar intellektual mulk himoyasining xalqaro huquqdagi o’rnini o’zida namoyon qiladi. Mavzuning dolzarbliligini raqamli texnologiyalar asrda yashayotganligimiz bilan aloqador desak mubolag’a bo’lmaydi. Intellektual mulkning nafaqat milliy qonunchilik orqali balki xalqaro normalar orqali ham himoya qilinish mexanizmini kuchaytirish bu kelajakda vujudga kelishi mumkin bo’lgan mumammolarni bartaraf etishga va uning himoyasini ta’minlashga yordam beradi. Intellektual mulk tushunchasining rasmiy muomalaga kirib kelishi bevosita 1967-yil 14- iyuldagi Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish to’g’risidagi konvensiya qabul qilinishi bilan bog’liq. Intellektual mulk huquqi uzoq vaqt davomida rivojlangan va jadal rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida munozarali masala hisoblanib kelgan. Yillar o’tgani sari bu soha ham rivojlanib bormoqda. Intellekual mulk haqida ko’plab nazariy yondashuvlar olimlar tomonidan ilgari surilgan. Xususan, raqamli iqtisodiyot sharoitida intellektual mulkning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o’rgangan tadqiqotchilardan biri – A.V.Gavrilyuk hisoblanadi. Ushbu olimning ta’kidlashicha, intellektual mulk zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim resurslaridan biri bo‘lib, u ko'pgina mamlakatlar uchun raqamli iqtisodiyot intensiv o'sish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanish, intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish bo’yicha ham o’z yondashuvlarini bildirgan1. Intellektual mulk faoliyat natijalarini tijolaratlashtirish masalasiga o’z fikrimni bildirsam, aynan mana shu bo’yicha bir qancha muammolar mavjud. Intellektual mulkning tarkibiy qismi hisoblanadigan mualliflik huquqi himoya qilinadigan sohalar bu aynan tijoratlashtirishda keng muhokamalarga sabab bo’lib kelmoqda. Shu kabi O. V. Bogdanova va I. A. Tixomirova asarlarida esa raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulkni boshq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada intellektual mulk sohasining xalqaro huquqiy tahlili, mavjud muammolar va ularni manzilli hal etish usullari, himoya usullari ham bevosita keltirib oʻtilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada intellektual mulk sohasining xalqaro huquqiy tahlili, mavjud muammolar va ularni manzilli hal etish usullari, himoya usullari ham bevosita keltirib oʻtilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- monitoring tizimi, xalqaro standartlar, postindustrial., TRIPS kelishuvi, xalqaro konvensiyalar, Jahon savdo tashkiloti, WIPO
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025