К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA ORGANLARINING TASHKIL TOPISH TARIXI VA HOZIRGI PAYTDAGI O’RNI

Bunyod G’ulomov · Botirov G’ani · O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (Kalit so’zlar: Prokuratura, prokuror nazorati instituti, Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi)

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida Prokuratura organining tarixiy shakllanish bosqichlari, ularning davlat hokimiyati tizimidagi o’rni va hozirgi davrdagi faoliyat yo’nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mustaqillikdan keyin prokuratura tizimida amalga oshirilgan islohotlar ham tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Prokuratura, prokuror nazorati instituti, Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA), “Prokuratura to’g’risida”gi Qonun, Departament, protest, lavozim, unvon, H.M.Q.A. “Mustabid tuzum davrida odamlar prokuratura organlari xodimlarini faqat qoralovchi, jazolovchi tizim vakillari sifatida bilardi. Biz ushbu soha faoliyatini xalqaro talablar darajasida qayta tashkil qilishda ijobiy natijalarga erishmoqdamiz. Prokuratura organlari kundalik hayotimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qilish, aholininghuquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilish zarur.” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7 -yanvar prokuratura organlari xodimlari kunidagi nutqi. Lotin tilida “Procuratio (Procuro)” so’zi “g’amhorlik qilish, boshqarish”, “Prokurator (Procuro)” so’zi “boshqaruvchi, idora qiluvchi, rais, ishonchli vakil, vakolatli, boshqaruvchi degan ma’nolarni anglatadi. “Prokuro” so’zidan esa “g’amxorlik qilmoq, boshqarmoq, parvarish qilmoq, boshlab bormoq” degan ma’no tushuniladi. Prokuratura deganda nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi yoki bunga vakolat bergan mansabdor shaxs tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi prokuraturasining, uning idoralarining roli va ahamiyati favqulodda keng va yuqoridir, prokuraturaning nazorat faoliyati davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini o’z ichiga oladi. Uning samarali va maqsadga muvofiq olib boradigan faoliyatiga ko’pincha fuqarolarning sog’lig’i, hayoti, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlarning, davlat va jamiyat hayotinig boshqa subyektlarining tinchligi va xavfsizligi, jamoat tartibini, ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar bevosita bog’liq bo’ladi. XIX asrning 2 yarmiga kelib, Rossiya tomonidan Buxoro amirligi, Xiva va qoqon xonligidan iborat O’rta Osiyo bosib olgunga qadar, bu yerda prokuratura yoki shunga o’xshash idora bo’lgan emas. Chunki islom qonunchiligida shariat normalarining bajarilishi ustida nazorat qiluvchi maxsus alohida organ tuzilishi ko’zda tutilgan. Bosh Prokuror lavozimining kiritilishi ham 1722-yilda Pyotr I tomonidan amalga oshirildi. Bosh Prokurorga Senat faoliyatidagi qonunchilik, keyinchalik esa barcha davlat organlari tomonidan qonunchilikka rioya qilinishi 3 6 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. Prokuratura nazorat instituti 1867-yilda qabul qilingan Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi vaqtinchalik Nizom loyihasida nazarda tutilgan, xolos. Lekin bu davrda prokuratura maxsus organ sifatida hali tashkil etilmagan edi. 1926-yilda 29-sentabr kini O’zSSR Sovetlarining MIQ (Milliy Ijtimoiy Qo’mita) tomonidan tasdiqlangan va 15-fevral 1927-yili amalga kiritilgan O’zSSR sud tuzilishi to’g’risidagi Nizom, 1925-yilgi AXK haqidagi Nizomni rivojlantirib, prokuraturaga qonun buzilishiga yo’l qo’ygan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy va ma’muriy ta’qib qilish huquqini berib, prokurorga jinoyat ishlari bo’yicha kassatsiya instansiyada xulosa berish huquqini ham berib, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi barcha organlar faoliyati ustidan umumiy nazoratni amalga oshirish huquqini belgilab berdi. Xalqaro miqyosida ham prokurorlarning turli xil tashkilotlari bo’lib, ulardan biri Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA) bolib, u 1995-yil 6-iyunda Venadagi BMT vakolatxonasida tashkil qilingan. Nodavlat tashkiloti hisoblangan Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasiga 54 ta davlat a’zo bo’lgan.2017-yilning 8-iyunida Yevropaning 20 ta davlati tomonidan Yevropa prokuraturasi tuzilishi va uning faoliyatini belgilaydigan qonun qabul qilish lozimligi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi prokuraturasi, viloyat va Toshkent shahar prokuraturalari, viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O’zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, tuman prokuraturasiga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar, O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi Soliqqa va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo’linmalari O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimini tashkil etadi. 2001- yilni 6-iyuldan Bosh prokuratura huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi bo’linmalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 20

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida Prokuratura organining tarixiy shakllanish bosqichlari, ularning davlat hokimiyati tizimidagi o’rni va hozirgi davrdagi faoliyat yo’nalishlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida Prokuratura organining tarixiy shakllanish bosqichlari, ularning davlat hokimiyati tizimidagi o’rni va hozirgi davrdagi faoliyat yo’nalishlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
prokuror nazorati instituti, Prokuratura, Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA), protest, H.M.Q.A., Departament, “Prokuratura to’g’risida”gi Qonun, lavozim, unvon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники