Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DUO VA TILAK BIRLIKLARI: O‘ZBEK BADIY MATNLARI ASOSIDA LINGVISTIK TAHLIL
Boymurotova Muattar Jaloliddinovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the linguistic features of prayers and well-wishing units found in Uzbek literary texts, their semantic-pragmatic nature, their connection with the religious and moral worldview of the people, as well as their poetic functions. Keywords: prayer, well-wishing, literary text, linguistic features, semantic-pragmatic analysis, religious and moral worldview, poetic function, national mentality. Kirish. Duo va tilak birliklari o‘zbek tili madaniyatida qadimdan mavjud bo‘lgan va xalqning turmush tarzi, diniy e’tiqodi, qadriyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan nutq birliklaridir. Ular nutq jarayonida ezgu niyat bildirish, ruhiy qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy tasalli berish kabi vazifalarni bajaradi. Badiiy matnlarda esa duo va tilaklar obraz yaratish, personaj ruhiy dunyosini ochish, emotsional fonni kuchaytirish kabi estetik funksiyalarni bajaradi. Tilshunoslikda duo-tilaklar pragmalingvistika, nutq aktlari nazariyasi, etnolingvistika, matn lingvistikasi doirasida muhim o‘rin tutadi. Ular asosan optativ ma’no, iltijo, istak, umid kabi semantik komponentlarga ega. Duo va tilak birliklarining lingvistik xususiyatlari: a) Tilak mazmunini bildiruvchi so’zlar “Bo‘lsin”, “qilsin”, “yetkazsin”, “ko‘rsin”, “asrasin” kabi fe’llar. Misol: — Aylanay, oyimposhsha, shu arizani eringizga berib qo‘ying. Nohaqdan bola-bechoraga zulm qilayotirlar... Aylanay, bolam, orzu- havasingizga yeting, bola-chaqa ko‘ring, tilagingizni bersin Xudoyim! [7] b) Modal ifodali birliklar “Inshoolloh”, “nasib bo‘lsa”, “Xudo xohlasa”, “iloji bo‘lsa”. Misol: “Ha, nasib etsa, bir kun kiyarmiz.”[7] 3 2 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ c) Baraka va ezgu umid bildiruvchi formulalar “Omad tilayman”, “barakoting ziyoda bo‘lsin”, “yo‘ling ochiq bo‘lsin”, “xudo rozi bo‘lsin”. d) Arxaik shakllar Folklor va mumtoz adabiyotda: “Umring baxtiyor bo‘lg‘ay”, “Ko‘ngling dildor bo‘lg‘ay”. Duo-tilaklarning semantik turlari orasida diniy mazmundagi duolar alohida ahamiyatga ega. Bunday duolarda Xudo, taqdir yoki boshqa ilohiy kuchlarga murojaat qilinadi, bu esa ularning mazmunini ruhiy va axloqiy yo‘nalishga yo‘naltiradi. Shu tariqa, diniy duo-tilaklar nafaqat individual ibodat yoki istak ifodasi sifatida, balki badiiy matnlar orqali milliy madaniyat va diniy qadriyatlarni aks ettiruvchi vosita sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi.Misollar: “Xudo panohida asrasin, o’g’lim! Boshing toshdan bo’lsin!”[7]. Dunyoviy tilaklar Asosan ezgu niyat, ruhlantirish, rag‘bat, quvonch ifodasi. Misol: “Barcha shodlik senga bo’lsin, bor sitam, zorlik menga.” [7]. Estetik-poetik tilaklar She’riyatda ko‘proq obrazli shaklda uchraydi. Misollar: “Uch balodan saqlasin, Charxi balokash bo’lmasin, Do’st mehrsiz’ dardsi ulfat, Yor jafokash bo’lmasin.” [10] Duo va tilaklarning pragmatik funksiyalari o‘zbek badiiy matnlarida kommunikativ va ijtimoiy-madaniy jihatlarni o‘zida mujassam etadi. Ular nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqani mustahkamlash, tasalli berish va ruhiy rag‘batlantirish kabi vazifalarni bajaradi. Shuningdek, duo va tilaklar hurmatni ifodalash, mehr-muhabbat oqimini aks ettirish va insonlar o‘rtasida iliq munosabatlarni rivojlantirish vositasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Shu tariqa, duo va tilaklar nafaqat individual nutq aktlari sifatida, balki jamiyatning madaniy va axloqiy qadriyatlarini mustahkamlovchi kommunikativ vosita sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Duo-tilaklar o‘zbek xalqining axloqiy qarashlarini, diniy e’tiqodini, oila markazidagi munosabatlarini, marosim madaniyatini aks ettiruvchi lingvokulturologik birliklardir. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarida duolar ko‘pincha ona obrazining mehr- muhabbati orqali beriladi. — Xudo yetkazadi, albatta! Shunda ham bandasi harakat qilsa, qimirlasa yetkazadi-da! Xudo «sabab»ni hal qilgan emasmi, axir? Eshonoyim bir kun Eshon so‘fidan o‘qib berib, kasb-korning farzligini aytdilar-ku! [6]— bu yerda ezgulik va umid uyg‘un keladi. O‘tkir Hoshimov asarlarida: “Dunyoning ishlari”da - Vahima qilmang, poshsha, dardni bergan Xudo, davosiniyam beradi[7]. 3 2 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ — pragmatik jihatdan tasalli va ardoqning ifodasi. Erkin Vohidov she’riyatida: Bu gulshan uyingiz muborak bo'lsin, Muhabbat to'yingiz muborak bo‘lsin [10]. — poetik tilak, milliy g‘oya bilan bog‘liq. Folklor matnlarida: To‘y- marosimlarda uchraydigan duo formulalari: “Ko‘payinglar, barakali bo‘linglar.” “Umringiz uzoq bo‘lsin.” Bu birliklar marosim nutqining tarkibiy qismidir. O‘zbek badiiy matnlarida duo va tilak birliklari lingvistik, semantik, pragmatik va estetik jihatdan muhim xususiyatlarga ega bo‘lib, milliy mentalitetni til orqali ifodalashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Lingvistik jihatdan ular modal va formulaviy tuzilishga ega bo‘lsa, semantik jihatdan umid, ezgulik, iltijo va baraka mazmunlarini ifodala
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the linguistic features of prayers and well-wishing units found in Uzbek literary texts, their semantic-pragmatic nature, their connection with the religious and moral worldview of the people, as…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the linguistic features of prayers and well-wishing units found in Uzbek literary texts, their semantic-pragmatic nature, their connection with the religious and moral worldview of the people, as… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- prayer, well-wishing, literary text, linguistic features, semantic-pragmatic, lingvistik xususiyat, лингвистические особенности, semantic-pragmatic analysis, religious and moral worldview, tilak, молитва, религиозно-нравственное мировоззрение, milliy mentalitet, badiiy matn, duo, national mentality., поэтическая функция, poetic function, национальный менталитет, художественный текст, пожелание, poetik funksiya, diniy-ma’naviy dunyoqarash, семантико-прагматический анализ, semantik-pragmatik tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014