К содержанию
РецензированоUZ2025

YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISHDA BARQAROR IQTISODIYOT O’SISHINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI

TA’MINLASH YO’NALISHLARI · Djurayeva Maxzuna Azamovna · Shodiyeva Parizoda Shaxobovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan. Tayanch so’zlar: Yashil iqtisodiyot, energiya, barqaror rivojlanish, BMT, UNEP, integratsiya, o’sish strategiyalari, resurslar, global iqlim o’zgarishlari, uglerod chiqindilari, innovatsion rivojlanish, energetika, Global Green Economy Index, Environmental Performance Index, global iqlim, ekologik turizm, qishloq xo’jaligi, tabiiy resurs, energetik inqirozlar, ekologik barqarorlik, ekologik tanqislik, ekotizim, infratuzilma. Kirish. Yashil iqtisodiyot - bu iqtisodiy o’sish, ekologik barqarorlik va ijtimoiy adolatni uyg’unlashtirgan model bo’lib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, havoni va suvni ifloslantirishni nazorat qilish, energiya samaradorligini oshirish kabi omillarga asoslangan. Jahonda iqlim o’zgarishi, resurslarning cheklanganligi va ekologik muammolar kengayayotgani sababli, davlatlar yashil iqtisodiyotga o’tishni strategik yo’naltirish sifatida qabul qilishmoqda. O’zbekiston ham 2019-2030 yillarda yashil iqtisodiyotga o’tish strategiyasini belgilab, sohalarda mos siyosatlar, moliyalashtirish manbalari va qonunchilik asoslarini shakllantirishgan. Ushbu ishda biz yashil iqtisodiyotga o’tish shartlarini tahlil qilib, barqaror o’sishni ta’minlovchi yo’nalishlarni aniqlashga harakat qilamiz. METODOLOGIYA. Yashil iqtisodiyot – ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot. U ekologik iqtisodiyot bilan chambarchas bogʻliq, lekin asosan siyosiy termin sifatida foydalaniladi. [1] Yashil iqtisodiyot tushunchasi BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan 2008- yilda rasman ilgari surilgan. Ushbu dasturda yashil iqtisodiyot "inson farovonligi va ijtimoiy adolatni ta’minlaydigan, ayni paytda ekologik xavflarni va atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni kafolatlaydigan iqtisodiyot" deb ta’riflanadi. Bu iqtisodiyot modeli uglerod chiqindilarini kamaytirishga, energiya va resurslardan samarali foydalanishga, barqaror qishloq xo’jaligi, yashil texnologiyalar va ekologik toza sanoatga e’tibor qaratadi. [2] ASOSIY QISM Yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan omillar: 2 7 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1. Iqlim o’zgarishi. XXI asrning boshlarida global iqlim o’zgarishining jiddiy oqibatlari yaqqol namoyon bo’ldi, bu esa ekologik masalalarni yechishda yangicha yondashuvlarni talab qildi. 2. Energetik inqirozlar. Neft inqirozi va energiya resurslarining cheklanganligi dunyo iqtisodiyoti uchun yangi energiya manbalariga ehtiyoj tug’dirdi. Yashil energetika - quyosh, shamol, biogaz kabi qayta tiklanadigan energiya manbalariga e'tibor kuchaydi. 3. Xalqaro tashabbuslar. 1992-yilgi Rio-de-Janeyrodagi "Yer sammiti" kabi global anjumanlar ekologik barqaror rivojlanishni rag’batlantirdi va hukumatlar, tadbirkorlar hamda notijorat tashkilotlar yashil iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlay boshladilar. 4. Ekologik faolli va jamiyatchilikning bosimi. Ko’plab ekologik harakatlar va faollar atrof- muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga ko’proq e’tibor qaratilishini talab qilin chiqishdi. 1-jadval Xorijlik olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari Olim / Mutaxasis “Yashil iqtisodiyot”ga yondashuv Manbaasi nomi Yashil iqtisodiyot g’oyasini rivojlanishga ekologik Pearce, D. Blueprint for a Green mulohazalar integratsiyalashgan iqtisodiy model (1989) Economy [3] sifatida kiritdi. Yashil iqtisodiyotni iqtisodiy o’sishini ekologik The Policy Journal of the Barbier, E. salomatlik bilan muvozanatlash orqali barqaror UNEP Green Econmy (2011) rivojlanishga erishish vositasi sifatida belgilaydi. Initiative [4] The Green Economy: Ekologik barqarorlikni kengroq ijtimoiy adolat va Jacobs, M. Environment, Sustainable iqtisodiy islohotlar bilan bog’lash orqali yashil (1991) Development and the o’sishni targ’ib qiladi. Politics of the Future Yashil iqtisodiyot inson farovonligi va ijtimoiy United Nations UNEP tenglikni yaxshilash bilan birga ekologik xavflarni Environment Programme (2011) sezilarli darajada kamaytiradigan iqtisodiyot sifatida (UNEP), Green Economy qaraydi. Report [5] Ecological Economics: Yashil iqtisodiyotni ekologik va iqtisodiy tizimlarni Costanza, R. The Science and birlashtirish orqali haqiqiy ijtimoiy farovonlikka (1997) Management of erishishga qaratilgan iqtisodiyot sifatida talqin qiladi. Sustainability [6] Yashil o’sish strategiyalariga e’tibo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushun…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushun… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekotizim, infratuzilma., Yashil iqtisodiyot, BMT, qishloq xo’jaligi, resurslar, ekologik barqarorlik, o’sish strategiyalari, Global Green Economy Index, uglerod chiqindilari, integratsiya, innovatsion rivojlanish, ekologik tanqislik, global iqlim, ekologik turizm, barqaror rivojlanish, UNEP, energetik inqirozlar, global iqlim o’zgarishlari, energiya, tabiiy resurs, Environmental Performance Index, energetika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники