Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUDUDNING BARQARAR RIVOJLANISHIDA “YASIL IQTISODIYOT” NING O’RNI
B.K. Аbdusаmаtоv · I.A. Yusupov
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada mamlakatning “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonini tartibga soluvchi huquqiy va me’yoriy hujjatlar ko‘rib chiqiladi. Yashil iqtisodiyotga o‘tishning maqsad va asosiy bosqichlariga, shuningdek, mamlakat hududlarida barqaror rivojlanish mezonlarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Yashil yondashuv doirasida barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari e’tiborga olinib, qurilish faoliyatining atrof - muhitga ta’siri organilib qurilih jarayoning “Yashil iqtisodiyot”ga o’tish bugungi kunning asosiy jarayonlaridan biri ekanligidan kelib chiqib, mintaqaviy rivojlanishda xizmat qiladigan ushbu ilmiy maqola natijalarining ahamiyatini alohida ta’kidlashni lozim deb bilamiz. Kalit so'zlar: barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, iqlim, modernizatsiya, yashil maydon, raqobatbardoshlik, yashil relslar. Kirish. Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning hududlarida mutanosib ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Demak, hududni barqaror rivojlanishni taminlash uchun ― “Yashil iqtisodiyot” o‘z o‘rniga ega. Iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishining asosiy muammolaridan biriga aylandi, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubayda bo‘lib o‘tgan COP28 sammitida. U yashil iqtisodiyotga oʻtish va uglerod neytralligiga erishish “Yangi Oʻzbekiston uchun strategik maqsad” ekanligini taʼkidladi [1]. Iqlim o'zgarishi va uning ta'siri jahon iqtisodiyotining global barqaror rivojlanishi va dunyo aholisi farovonligi uchun ustuvor muammolar va tahdidlardir. Bu muammo qishloq xoʻjaligi, energetika, infratuzilma va sogʻliqni saqlash kabi muhim iqtisodiyot tarmoqlariga taʼsir koʻrsatadi, bu esa oʻz navbatida Yalpi ichki mahsulot oʻsishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, pirovardida, ekologik va milliy xavfsizlikka salbiy taʼsir koʻrsatadi [2]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha Yashil iqtisodiyotga o‘tkazishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, iqtisodiy o‘sish samaradorligini oshirish va Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonni modernizatsiya qilishning har bir strategiyasida hududlarning yashil yo‘lga o‘tishiga asoslangan barqaror va samarali iqtisodiy modelni barpo etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilangan. 2 4 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mavzu bo'yicha adabiyotlar sharhi: Dunyo bo'ylab iqlim o'zgarishi bilan bog'liq muammolar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish uchun qonunchilik bazasini o'rganish ilmiy qiziqish uyg'otadi va jahon va milliy ilmiy adabiyotlarda muhokama qilinadi. Bu tadqiqotga oʻz hissasini qoʻshgan olimlardan S. N. Bobylev [3], N. E. Antonova, N. V. Lomakina [4] va boshqalarni koʻrsatish mumkin. D. Prays va A. Markandya “Yashil iqtisodiyot”ning tabiati va ijtimoiy-ekologik muammolarini chuqur tahlil qildilar [5]. A.Stayner, R.Iris va S.Bassalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar “Yashil iqtisodiyot”ning afzalliklarini oʻrganib chiqdi va uning mamlakatda barqaror oʻsishni taʼminlash va qashshoqlikni bartaraf etishdagi rolini aniqladi [6]. S. N. Xashimov va A. A. Abdikarimovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Yashil iqtisodiyot va raqamlashtirish iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili sifatida o‘rganilgan, barqaror rivojlanishning asosiy omili sifatida raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot [7] keltirilgan. Katta hajmdagi bajarilayotgan ishlarga qaramay, hududlarda qurilish tizimini ham “Yashil iqtisodiyot”ga o’tishni taqozo etadi, bu esa ushbu tadqiqotning dolzarbligini asoslaydi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning metodologik asosini mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlari, rasmiy statistik ma’lumotlar, ilmiy maqolalar tashkil etdi. Mualliflar olimlar va amaliyotchilar tomonidan nashr etilgan yondashuvlarni o‘rganish, tahlil qilish, tizimlashtirish va umumlashtirish usullaridan foydalanganlar. Bugungi kunda yashil binolarga bo’lgan talab ortib bormoqda va bu, ayniqsa, butun dunyo bo’ylab binolarni qurishda ishlatiladigan ekоlogik etiketli materiallar sonining ko’payishida yaqqol namoyon bo’ladi. So’nggi 10 yil ichida Yashil qurilish dasturlari doirasida sertifikatlangan kvadrat metrlar soni sezilarli darajada oshdi. Standartlar, siyosat va qoidalar xom ashyoni qazib olishdan binoni buzish va uning tarkibiy qismlarini qayta ishlashgacha bo’lgan binoning hayotiy tsiklini tahlil qilishdan foydalangan holda ishlab chiqiladi. Umuman olganda, qurilish sanoati
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mamlakatning “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonini tartibga soluvchi huquqiy va me’yoriy hujjatlar ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mamlakatning “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonini tartibga soluvchi huquqiy va me’yoriy hujjatlar ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, iqlim, modernizatsiya, yashil, yashil relslar., raqobatbardoshlik, yashil maydon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025