К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA YASHIL QURILISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Yesim Tanrivermis · Rayimov Ma’rufjon Abdurashid oʻgʻli · Tursunov Muhammadazim · Matqurbanov Ollabergan Mansur oʻgʻli

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the negative impact of construction material production processes on the environment. It is shown that the manufacturing of cement, bricks, metal, and other construction products leads to harmful emissions into the atmosphere, depletion of natural resources, and an increase in waste, all of which contribute to environmental problems. 2 3 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ The paper also discusses the main directions for reducing ecological risks — the use of resource-saving technologies, recycled materials, environmentally friendly products, and alternative energy sources. The study emphasizes that the implementation of "green technologies" in the construction sector is a crucial factor in environmental protection. Keywords: construction materials, environment, waste, ecological safety, recycling, green technologies, sustainable development. Kirish. Hozirgi davrda insoniyat taraqqiyoti bilan bir qatorda sanoatning barcha sohalari, jumladan qurilish materiali ishlab chiqarish sohasi ham keng rivojlanmoqda. Aholining o‘sishi, yangi turar-joylar, infratuzilma va sanoat obyektlarini barpo etish ehtiyoji qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Ammo bu jarayon ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun katta miqdorda tabiiy resurslar — loy, shag‘al, qum, ohak, sement, metall, ko‘mir va tabiiy gaz sarflanadi. Ularning qazib olinishi va qayta ishlanishi natijasida atmosfera, suv, tuproq hamda biologik muhitga zarar yetkazuvchi chiqindilar hosil bo‘ladi. Bugungi kunda butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ham “yashil iqtisodiyot” va “barqaror rivojlanish” tamoyillari asosida qurilish sanoatini ekologik jihatdan xavfsiz yo‘nalishga o‘tkazish dolzarb masalaga aylanmoqda. Qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonlarida energiya tejamkor, chiqindisiz, qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanuvchi texnologiyalarni joriy etish orqali atrof-muhitga bo‘lgan zararli ta’sirni sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Bugungi kunda sanoatning barcha tarmoqlari singari qurilish materiali ishlab chiqarish sohasi ham ekologik muammolarga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Qurilish materiallari — sement, g‘isht, ohak, metall konstruktsiyalar, beton va boshqa mahsulotlar — insoniyatning asosiy ehtiyojlarini qondirishda muhim o‘rin tutadi. Biroq ularning ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga chiqadigan zararli gazlar, chiqindilar, chang, shuningdek, tabiiy resurslarning ortiqcha sarfi atrof-muhit uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish tamoyillari asosida “yashil” qurilish g‘oyalari keng tarqalmoqda. Ularning asosiy maqsadi — qurilish materiallari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish jarayonida ekologik yukni kamaytirish, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish hamda qayta tiklanadigan resurslardan foydalanishni kengaytirishdir. 1. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning ekologik muammolari. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish tabiiy resurslardan keng foydalanishni talab etadi. Jumladan: 1. Sement ishlab chiqarish jarayonida ko‘mir yoki gaz yoqilishi natijasida ko‘p miqdorda karbonat angidrid (CO₂) atmosferaga chiqariladi. Statistikalarga ko‘ra, global CO₂ chiqindilarining 7–8 foizi sement sanoatiga to‘g‘ri keladi. 2. G‘isht ishlab chiqarishda loy qazib olinishi natijasida yerning degradatsiyasi sodir bo‘ladi, pechlarda yoqilg‘ining yoqilishi esa havoni ifloslantiradi. 3. Metall va temir-beton konstruktsiyalar ishlab chiqarishda katta energiya sarfi talab qilinadi, bu esa yana issiqxona gazlari chiqarilishini kuchaytiradi. 4. Plastmassa va sintetik materiallar asosida ishlab chiqarilgan qurilish mahsulotlari esa utilizatsiya qilinishi qiyin bo‘lgan chiqindilarni hosil qiladi. Natijada, bu sohaning atrof-muhitga salbiy ta’siri quyidagicha ifodalanadi: 2 3 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1. Atmosferaning ifloslanishi (CO₂, SO₂, NOx gazlari, chang); 2. Suv resurslarining kamayishi va ifloslanishi; 3. Yer resurslarining degradatsiyasi; 4. Biologik xilma-xillikning yo‘qolishi; 5. Ishlab chiqarish chiqindilari hajmining ortishi. 2. Atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari Ekologik xavfni kamaytirish uchun bir qator ilmiy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Quyida asosiy yo‘nalishlar keltiriladi. 2.1. Resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish. Zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish jarayonida energiya sarfini kamaytirish va xom ashyodan maksimal samarali foydalanish mumkin. Masalan:  Quruq usulda sement ishlab chiqarish an’anaviy ho‘l usulga qaraganda 40% gacha kam energiya sarf qiladi.  Issiqlikni qayta ishlatish tizimlari yordamida pechlardan chiqayotgan issiqlik energiyasini qayta foydalanish mumkin.  Avtomatlashtirilgan boshq

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the negative impact of construction material production processes on the environment.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the negative impact of construction material production processes on the environment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
construction materials, environment, waste, ecological safety, recycling, green, atrof-muhit, окружающая среда, строительные материалы, зеленые технологии, barqaror rivojlanish., sustainable development., yashil texnologiyalar, qayta ishlash, green technologies, qurilish materiallari, переработка, устойчивое развитие., экологическая безопасность, chiqindilar, ekologik xavfsizlik, отходы
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники