К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY INNOVASION LOYIHALARNING MAZMUN-MOHIYATI VA UNING UMUMIY TUSHUNCHALARINI ANIQLASH

UMUMIY TUSHUNCHALARINI ANIQLASH · Aliyeva Nigora Bozor qizi · Mirzayev Zafar Abdualimovich

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Bu ilmiy maqolada zamonaviy loyihalarning mazmuni, mohiyati, ilmiy tushnchalar hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida innovasion faoliyat metologiyasi xalqaro standartlarga asoslanganligi aniqlovchi ilmiy izlanishlar natijasi keltirilgan. Kalit so’zlar: Innovasiya, loyiha, investisiya, ixtiro, iqtisodiyot, standart, rejalashtirish, samara, struktura. Annotation. This scientific article presents the results of scientific researches that determine the content, essence, scientific concepts of modern projects, and the methodology of innovative activity in the market economy is based on international standards. Key words: Innovation, project, investment, invention, economy, standard, planning, efficiency, structure. Xulosa. Tadqiqot mazmuni shundan iboratki, zamonaviy innovasion loyihaning jalb etuvchanligini baholash usullari ikki guruhga: diskontlash konsepsiyasini qo’llashga asoslangan hamda diskontlash konsepsiyasini qo’llashni nazarda tutmaydigan usullarga bo’linishi bilan xususiyatlanadi. Demak ushbu usullar orqali loyihaning mutloq jalb etuvchanligini aniqlash imkonini yaratiladi. Kirish. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishi maqsadida innovasion loyihalarni keng jalb qilish muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni etish, rivojlanishning strategik dasturlarini amalga oshirish, yangi bozorlarni egallash qo’shimcha mablag’ qo’yilmalarini talab etadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun investisiya mablag’larini jalb qilish hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega. Avvalom bor, jahon iqtisodiy adabiyotlarida "innovasiya" saloxiyatli ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning real hayotga joriy etilishi, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda namoyon bo’lish jarayoni sifatida tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya Innovasiya -foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli; darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o’rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o’rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. Innovation tushunchasi  birinchi  bo’lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo’ldi. “Innovasiya” tushunchasi o’zining yangi hayotini “innovasion kombinasiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o’zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900- yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo’llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi. 1 9 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Innovasiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan loyiha sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdaninnovasiyalar kashfiyotlardan farq qiladi. [2]. Innovasiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi: Ilm-fan - bu ma’lum mablag’larni bilimlar va g’oyalarni loyihalarga aylantirish. Innovasiyalar - bu bilimlar va g’oyalarni mablag’larga aylantirishdir. Ixtiro - bu yangi konsepsiyani yaratish demakdir. Innovasiya - bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib kursatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirishdir. Innovasiyaning turli ta’riflarini tahlil qilish asosida yagona xulosaga kelish mumkinki, innovasiyaning xususiyatli mazmunini uzgarishlar tashkil qiladi va innovasion faoliyatning asosii funksiyasi bo’lib, o’zgarishlar funksiyasi qisoblanadi. Bunda, avstraliyalik olim I. Shumpeter besh asosiy o’zgarishlarni ajratgan: 1. Yangi texnikadan, yangi texnologik jarayonlardan foydalanish yoki yshlab chiqarishning yangi bozor ta’minotini ta’minlash. 2. Yangi; xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulotni joriy qilish. 3. Yangi xom - ashyoni qo’llash. D.Ishlab chiqarishni tashkil qilishda va uning moddiy-texnik ta’minotida o’zgarishlar. 5. Mahsulot sotishning yangi bozorini ochish. Bozor istisodiyoti sharoitida innovasion faoliyat metodologiyasi xalsaro standartlarga asoslanadi. Ana shu xalqaro standartlarga binoan innovasion faoliyatning yakuniy mahsuli bo’lmish, bozorga joriy qilingan yangi yoki takomillashgan mahsulot, amaliy faoliyatda qo’llaniladigan yangi yoki takomillashgan texnologik jarayon, yoki ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashish kabilar sifatida ta’riflanadi. Natijalar va muhokama Innovasiyaning zarur xususiyatlari bo’lib, fan - texnikada yangiligi, shlab chiqarishda qo’llanilishi mumkinligi va tijorat obyekti bo’lishi mumkinligidir, Innovasiya to’g’risida so’z ketadigan bo’lsa, quyidagi tushunchalarni o’zlashtirisshmiz lozim bo’dadi: Yangilik bu yangicha tartib, yangicha uslub, kashfiyot; yangilik kiritish - shu yangilikning amalda qo’llanilishi; innovasiya - yangilikning tarqatilishi. Yuqoridagi yangiliklarning amalga oshirilishidan oldin milliy korxonalar

Доказательный фрагмент

«Bu ilmiy maqolada zamonaviy loyihalarning mazmuni, mohiyati, ilmiy tushnchalar hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida innovasion faoliyat metologiyasi xalqaro standartlarga asoslanganligi aniqlovchi ilmiy izlanishlar nat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu ilmiy maqolada zamonaviy loyihalarning mazmuni, mohiyati, ilmiy tushnchalar hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida innovasion faoliyat metologiyasi xalqaro standartlarga asoslanganligi aniqlovchi ilmiy izlanishlar nat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Innovation, project, investment, invention, economy, standard, planning, efficiency, struktura., structure., samara, rejalashtirish, investisiya, loyiha, ixtiro, iqtisodiyot, Innovasiya, standart
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники