К содержанию
РецензированоRU2022

Направления создания культурно ориентированных гостевых домов в Джизакской области

JIZZAX VILOYATIDA MADANIY HORQIQQA MO’LJALLANGAN · MEHMON UYLARINI YARATISH YO’NALISHLARI · Kuchimov Abdujamil Hamraqulovich · IN JIZAK REGION (uning institutsional asoslari bayon qilingan.) · Kuchimov Abdujamil Hamraqulovich (uning institutsional asoslari bayon qilingan.)

in Library · 2022

Аннотация

Maqolada mamlakatimizning jizzax viloyatida uning tabiiy potensiali orqali turistik qishloq ovullarini yaratish yo‘nalishlari hamda uning institutsional asoslari bayon qilingan. KALIT SOZLAR: Turistik qishloq ovullari, rekreastiya, madaniy-tarixiy meros, viza, infratuzilma, ziyorat, turizm mahallasi va qishlog‘i. DIRECTIONS OF CREATION OF GUEST HOUSES FOR JUSTICE IN JIZAK REGION Kuchimov Abdujamil Hamraqulovich candidate of economic sciences Jizzakh Polytechnic Institute, Associate Professor of "Management",etc. ANNOTATION: The article describes the directions of creation of tourist villages in Jizzakh region of the country through its natural potential and its institutional basis. KEYWORDS: Tourist villages, recreation, cultural and historical heritage, visas, infrastructure, pilgrimage, tourist neighborhood and village. Kirish. Mamlakatimizda turizm sohasini strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, sayyohlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish, uning asosi sifatida viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog‘ini "Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilish imkonini beradi. Ammo, o‘tkazilgan dastlabki tahlillar turizm tarmog‘ini tartibga soluvchi normativ- huquqiy asosning nomukammalligi, alohida turizm xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining, shuningdek, rivojlangan dunyo ahlining mamlakatimiz tabiatining o‘ziga xosligi, ko‘plab hududlarda bahavo turistik ob’yektlar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham turizm resursining asosi sanalgan dunyo xilma-xilligini namoyish qiluvchi turizm predmetlari faqatgina reklama, targ‘ibot orqaligina xalqaro turizm ixlosmandlarini o‘z domiga tortishi mumkin. O‘z navbatida ta’kidlash joizki, turizm sohasining kirib kelishi va uning rivojlanishi dunyoning har qanday mamlakatiga ham nasib qilavermaydi, chunki mazkur sohaga bo‘lgan turizm mahsulotlari bozoridagi unga bo‘lgan talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy ehtiyojlar bilan emas, balki ijtimoiy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy ehtiyojlar ichida ziyoratga, rekreatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj inson ruhiyatida uy-joyga bo‘lgan ehtiyojdan ham ko‘ra 3 marta ko‘proqdir. Mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirishning dolzarbligi ham shundadir. Turizm sohasining serdaromad, shuning bilan birgalikda mashaqqati kamroq faoliyat turi ekanligini e’tirof etib,mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirish, takomillashtirish yuzasidan tinimsiz izlanishlarni olib borish maqsadga muvofiq sanaladi. Ana shunday yo‘llardan biri-aholi gavjum, shuningdek, iqlim sharoiti mo‘tadil bo‘lgan hududlarda aholining turistik xizmat ko‘rsatishini amalga oshirishi bilan birga aholining o‘zi ham mazkur turistik mahsulotdan bahramand bo‘ladigan faoliyat turlaridan biri bu turistik qishloq ovullarini tashkil etish hisoblanadi. Turistik qishloq ovullarini tashkil qilishning institutsional asosi bo‘lib, birinchi navbatda, 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risida” gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5781 son Farmoni xizmat qiladi. Mazkur institutsional asoslarga ko‘ra 2019 yil 1 noyabrdan boshlab eng yuqori turizm salohiyatiga ega bo‘lgan fuqarolar "Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru yig‘inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro‘yxatini shakllantirish, ushbu fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va turistlar uchun kamida besh xil xizmat turlari (yashash va/yoki ovqatlanish bo‘yicha xizmatlardan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomini berish, 2020 yildan boshlab «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan [2]. “O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risida” gi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra xalqaro va ichki turizm uning shakllari hisoblanadi. Turizm tashkil etilayotgan turning o‘ziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo‘linishi mumkin [1]. O‘zbekiston turizm s

Доказательный фрагмент

«Maqolada mamlakatimizning jizzax viloyatida uning tabiiy potensiali orqali turistik qishloq ovullarini yaratish yo‘nalishlari hamda uning institutsional asoslari bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada mamlakatimizning jizzax viloyatida uning tabiiy potensiali orqali turistik qishloq ovullarini yaratish yo‘nalishlari hamda uning institutsional asoslari bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tourist villages, recreation, cultural and historical heritage, рекреационные, паломничество, виза, infrastructure, visas, культурно-исторические наследие, turizm mahallasi va qishlog‘i, rekreastiya, infratuzilma, ziyorat, pilgrimage, madaniy-tarixiy meros, инфраструктура, Turistik qishloq ovullari, viza, туристический район и деревня, tourist neighborhood and village, Туристские деревенские аулы
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники