Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONLAYN SAVDO DO’KONINI YARATISHDA FOYDALANILADIGAN DASTURLAR VA XIZMATLAR TAHLILI
VA XIZMATLAR TAHLILI · Buranov Olmas · Kamolova Sohiba
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada biz raqamli iqtisodiyotni asosiy bo’lagi hisoblangan elektron tijoratni tashkil etish, hamda tashkiliy jarayonda foydalaniladigan dasturlar va xizmatlarni tahlilini ko’rib chiqamiz. Bunda onlayn savdo do’konini yaratishda no-code dasturlari va ularning afzalliklari batafsil yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: elektron tijorat, No-Code, marketpleys, onlayn do’kon, ijtimoiy tarmoqlar, Web-Sayt. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida elektron tijoratning tutgan o’rni beqiyos. Onlayn to’lovlar, pul o’tkazmalari sohasining rivojlanishi ham aynan elektron tijorat sohasining rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. Bugungi kunda butun dunyoga mashhur elektron tijorat platformalari: Amazon, eBay, Alibaba kabilar yangi masofa tanlamas onlayn xaridlar erasini yaratib berdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu o’rinda takidlash lozimki Markaziy osiyoda ham IPO ga chiqqan, ayni vaqtda kapitalizatsiyasi 41 mlrd dollardan oshgan marketpleys – Kaspi ham o’z iste’molchilari uchun raqamli ekotizim yaratib ularga qator qulayliklar yaratib kelmoqda. Elektron tijorat (e-commerce) - bu Internet orqali savdo-sotiq va xaridni amalga oshirish demakdir. Elektron tijorat vaqtni va pulni tejashga yordam beradi. Birinchidan, mahsulot qidirib, zarur narsani topishga vaqt sarflamaysiz, buyurgan narsangizni qisqa fursatda yetkazib berishadi. Bundan tashqari, Internet orqali sotilayotgan buyumlar narxi do‘konlarda yoki bozorlarda sotilayotgan xuddi shunday buyumlardan ma’lum foizgacha arzonga tushadi, chunki sotuvchida joy masalasi, mahsulotni saqlash muammolari bo‘lmaydi.1 Marketpleys - bu internet do'konlardan farqli o'laroq, sotuvchilarga o'z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etib, ularni mijozlari bilan bog’ovchi savdo maydonchasi hisoblanadi Elektron tijorat sohasi jadal sur’atlarda rivoj topib borarkan, bozordagi raqobat sog’lomlashadi, mahsulotlar diversifikatsiyasi oshadi, buning natijasida esa iste’molchilardagi mavjud tanlovni oshishi hamda mahsulotlarning narxi barqarorlashishi kuzatiladi. Elektron tijoratni yo’lga qo’yishda bir nechta tanlovlar mavjud. Tijorat egasi o’z strategiyasiga qarab tijoratini: Web saytlarda Ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Telegram) Mobil ilovalarda (Android/Ios) yo’lga qo’yishi mumkin. 1 Rasulev D.M, Vapoyev S.K – Elektron tijorat: O’quv qo’llanma. - T. : TDIU, 2007. - 186 b. 1 6 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Marketing byudjetiga qarab birortasida yoki barchasida bir vaqtda boshlashi mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda onlayn savdo do’konini yaratishda bir qancha saytlar tayyor shablonlardan foydalanish imkonini beradigan No-code (kodsiz dasturlash) xizmatini taklif qilmoqda. Ulardan ba’zi birlari bepul bo’lsa aksari qismi ma’lum bir oylik obuna evaziga xizmatlarini taqdim etib kelishmoqda. No-code (inglizcha "no code" dan) - bu maxsus platformalar yordamida kod yozmasdan IT mahsulotlarini (veb-saytlar, veb-va mobil ilovalar) yaratish usuli. Bugungi kunda no-code taxminan 16 milliard dollar hajmiga ega istiqbolli bozor bo‘lib, 2027-yilga kelib u 125 milliard dollargacha o‘sishi mumkin, daromad esa yiliga o‘rtacha 24,2 foizga oshishi kutilmoqda. Kodsiz ishlab chiqish ayniqsa Yevropa va Qo'shma Shtatlarda mashhur, prognozlarga ko'ra, uch yil ichida barcha ilovalarning 65 foizi kodsiz platformalar yordamida yaratiladi.2 Dastlab endi onlayn savdo sohasiga kirib kelayotgan startaplar o’zlari uchun 0 dan web- sayt yasatishi uchun sarflaydigan pulining o’rniga no-code dasturlari yordamida o’zlari tayyor shablonlar orqali veb-ilovalar yaratishi mumkin. Endi faoliyatini boshlagan, yoki MVP (minimum valuable product) holatidagilar uchun “No-code” xizmatlaridan foydalanish ayni muddao hisoblanadi. Quyida “No-code” xizmatini taklif etuvchi bir nechta saytlarning tahlilini ko’rib chiqamiz: 1. Shopify.com sayti. Shopify-dan foydalanishning asosiy afzalliklaridan biri bu ularning xavfsizlik choralari va davomiy takomillashib borishidadir. Shopify saytining e’tiborga molik afzalliklaridan yana biri bu yangi foydalanuvchilar uchun sodda interfeysga ega ekanligi hisoblanadi. Analitika, ijtimoiy tarmoq integratsiyasi, mahsulotlarni qo'shish va buyurtmalarni qayta ishlash bir muncha oson. 1-rasm. Shopify-ning yillik obuna xizmatidan foydalanilganda 1 oyga to’g’ri keladigan obuna narxlari ko’rsatilgan. 2. Softr.io sayti. Softr.io - bu hech qanday kodlash bilimisiz ajoyib va funktsional veb- saytlarni yaratishga imkon beruvchi keng qamrovli kodsiz veb-ishlab chiqish platformasi. Softr.io ishonchli xostingni taqdim qiladi va veb-saytingiz tez va xavfsiz bo'lishini ta'minlaydi. Afzalliklariga - O'zining qulay interfeysi, shablonlari, integratsiyalari, tahliliy boshqaruv paneli va ishonchli xostingga ega ekanligi kiradi. 2 https://trends.rbc.ru/trends/education/61dfee139a794706d0cc4383 1 6 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada biz raqamli iqtisodiyotni asosiy bo’lagi hisoblangan elektron tijoratni tashkil etish, hamda tashkiliy jarayonda foydalaniladigan dasturlar va xizmatlarni tahlilini ko’rib chiqamiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada biz raqamli iqtisodiyotni asosiy bo’lagi hisoblangan elektron tijoratni tashkil etish, hamda tashkiliy jarayonda foydalaniladigan dasturlar va xizmatlarni tahlilini ko’rib chiqamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektron tijorat, marketpleys, Web-Sayt., onlayn do’kon, No-Code, ijtimoiy tarmoqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026