К содержанию
РецензированоUZ2025

INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA QURILISHNI BOSHQARISHNI RAQAMLASHTIRISH VA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Abduvaliyev Bekzod Muxiddin o‘g’li

Современная наука и исследования · 4 · 112–134 · 2025

Аннотация

Maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida qurilish sohasini boshqarishda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Qurilish jarayonlarida raqamli yechimlar, axborot modellashtirish (BIM), sun’iy intellekt (AI) va “yashil” texnologiyalarning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda qurilish sohasini raqamlashtirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: innovatsion iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, qurilishni boshqarish, sun’iy intellekt, BIM texnologiyasi, raqamli boshqaruv, avtomatizatsiya, “yashil” qurilish, innovatsiya, samaradorlik. Kirish. Jahonda global raqamli transformatsiya jarayonlari kuchayib borayotgan bir paytda, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, jumladan, qurilish sohasida ham raqamli texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati beqiyos darajada oshmoqda. Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishi uchun qurilish sohasini raqamlashtirish strategik ahamiyatga ega, chunki mazkur tarmoq milliy iqtisodiyotning “lokomotivi” hisoblanadi – u mehnat bozorida millionlab ish o‘rinlarini yaratadi, infratuzilmani rivojlantiradi va investitsiya oqimlarini faol jalb etadi. Hozirgi kunda qurilish jarayonlarining katta qismi hali ham an’anaviy usullar bilan boshqariladi: qog‘oz hujjatlar aylanmasi, ma’lumotlar bazalarining fragmentlanganligi, inson omili ta’sirining yuqoriligi va vaqtni ko‘p sarflanishi loyihalar samaradorligini cheklab qo‘yadi. Bu esa qurilish jarayonlarida resurslarni samarasiz sarflanishiga, loyihalar muddatining cho‘zilishiga va xarajatlarning ortishiga olib keladi. Bunday sharoitda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (AI) qurilishni boshqarishda sifat jihatidan yangi bosqichni belgilaydi. Masalan, BIM (Building Information Modeling) texnologiyasi qurilish loyihalarining barcha bosqichlarini – loyihalash, smeta, qurilish va ekspluatatsiyani – yagona raqamli muhitda integratsiyalaydi. Shu tariqa qaror qabul qilish tezlashadi, xatolar soni kamayadi va shaffoflik oshadi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt qurilish sohasida prognozlashtirish, xavflarni baholash, resurs taqsimotini avtomatlashtirish hamda qurilish obyektlarida xavfsizlikni ta’minlashda faol qo‘llaniladi. Masalan, sun’iy intellekt yordamida qurilish jarayonidagi ma’lumotlar tahlil qilinib, ehtimoliy xatarlar oldindan aniqlanadi, loyiha jadvallari optimallashtiriladi. O‘zbekiston uchun mazkur yo‘nalishning dolzarbligi yanada yuqori. Chunki so‘nggi yillarda mamlakatda keng ko‘lamli infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda: yo‘llar, uy-joylar, sanoat obyektlari, turizm va logistika infratuzilmalari qurilayotgani qurilish sohasini iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveriga aylantirmoqda. Shu bilan birga, qurilishda resurs tejamkor va “yashil” texnologiyalardan foydalanish ham ustuvor vazifa etib belgilangan. 1 5 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bunday sharoitda qurilishni boshqarishda raqamli yechimlar – BIM, IoT (narsalar interneti), Big Data va AI texnologiyalaridan foydalanish sohaning samaradorligini oshirish, investitsiya jozibadorligini kuchaytirish va inson omilini kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, raqamli boshqaruv tizimlari shaffoflikni ta’minlab, korrupsiya xatarlarini kamaytiradi, qurilish jarayonlarini monitoring qilishni yengillashtiradi. Shu nuqtai nazardan ushbu mavzu nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarbdir. U mamlakatda qabul qilingan “2022–2026 yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi”, “Qurilish sohasini raqamlashtirish dasturi”, hamda Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbuslariga mos ravishda amalga oshirilayotgan islohotlarni ilmiy jihatdan asoslab berish imkonini yaratadi. Foydalanilgan adaiyotlar tahlili. Ilmiy maqolada foydalanilgan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qurilish sohasini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish masalasi jahon amaliyotida ham, O‘zbekiston sharoitida ham juda dolzarb hisoblanadi. Manbalar turli yo‘nalishlardagi – meyoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda amaliy tavsiyalardan iborat bo‘lib, ular birgalikda tadqiqotning ilmiy ishonchliligi va amaliy qiymatini ta’minlaydi. Maqolada foydalanilgan muhim meyoriy manba bu – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF - 6079-son Farmoni (2020 yil 5 oktabr) [1]. Unda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, shu jumladan qurilish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslari belgilab berilgan. Bu farmon milliy qurilish tizimini raqamlashtirishning huquqiy poydevori sifatida maqolada muhim o‘rin tutgan. “Qurilish sohasini raqamlashtirish konsepsiyasi” (2023 yil, Toshkent) [2] muhim ahamiyat kasb etadi. Unda mamlakat miqyosida qurilish faoliyatini raqamlashtirish bo‘yic

Доказательный фрагмент

«Maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida qurilish sohasini boshqarishda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida qurilish sohasini boshqarishda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion iqtisodiyot, “yashil” qurilish, samaradorlik., raqamli transformatsiya, innovatsiya, raqamli boshqaruv, avtomatizatsiya, BIM texnologiyasi, sun’iy intellekt, qurilishni boshqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники