К содержанию
РецензированоUZ2025

QURILISH LOYIHALARIDA SIFATNI SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Murodov Rustam Tohir oʻgʻli · Mahmudova Shaxzoda Shaymardon qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Qurilish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda obyektni foydalanishga topshirish bosqichlarida shakllanadi. Maqolada har bir bosqichda sifatni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, nazorat va boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va standartlarning roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sifatni shakllantirish jarayonida kompleks yondashuv, innovatsion usullar va me’yoriy hujjatlarga rioya etish yuqori sifatli, xavfsiz va barqaror qurilish obyektlarini yaratishning asosiy omilidir. Qurilish obyektlarini loyihalash jarayonida amalga oshirish uchun loyihalashtirish jarayonini boshqarish dolzarb muammo hisoblanadi. Maqolada qurilishda loyihalashtirishga jarayonli yondashuv asosida tahlil qilish uslubiyatini rivojlantirish masalalari bayon qilingan. Kalit so’zlar: investitsion-qurilish jarayoni, loyihalash, jarayonli yondashuv, bosqichlar, ta’sir kuchlari, natijalar. Qurilish sohasining rivojlanishi mamlakatimizda investitsion siyosatining muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi, shu sababli mazkur muammo O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qat’iy nazoratga olingan. 2025-yilning o’zida qurilishdagi islohotlar masalalari to’rtta Prezident ishtirokidagi videoselektorlarda muhokama markazida bo’lgan hamda Prezident Farmoni [1] va Vazirlar Mahkamasining qaroriga asos bo’lgan [2]. Mazkur yig’ilishlar va hujjatlarda qurilish sohasidagi muammolarni hal qilish bo’yicha vazirliklar va idoralar oldiga qator vazifalar belgilab berildi. Prezident qarorlaridan biri — “Qurilish sohasida boshqaruv tizimini raqamlashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”. Bu qaror 2025-yil boshlarida qabul qilindi va qurilish sohasidagi boshqaruv jarayonlarini tubdan yangilash, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda byurokratik to’siqlarni kamaytirishni asosiy maqsad qilib oldi. Qarorning qabul qilinishi davlat siyosatining muhim yo’nalishi — qurilish jarayonlarida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga qaratilganini ko’rsatadi [4]. Qarorda quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:  Yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va barcha qurilish obyektlarini shu tizimda qayd etish;  Loyiha-smeta hujjatlarini elektron tarzda ko’rib chiqish va tasdiqlash jarayonini joriy etish;  Qurilish jarayonlarini real vaqtda onlayn monitoring qilish;  Davlat buyurtmalari bo’yicha qurilishlarni elektron tender asosida tashkil etish; 9 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ  Qurilish sohasiga oid ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Yana bir Prezident qarori esa — “Qurilish sohasida sifat nazorati va loyihalash jarayonlarini takomillashtirish to’g’risida”. Bu qaror 2025-yilning ikkinchi yarmida qabul qilindi va u qurilish sohasidagi eng muhim muammolardan biri — sifat nazorati va loyihalashdagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan [5]. Bu ikki hujjatning qo’shma ta’siri natijasida:  qurilish sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy etildi;  boshqaruv tizimida hisobdorlik va tezkorlik oshdi;  loyiha va qurilish ishlarining sifatini nazorat qilishning aniq mezonlari yaratildi;  davlat va xususiy sektor hamkorligi yangi bosqichga ko’tarildi. Natijada, 2025-yildagi bu islohotlar qurilish sohasini nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki transparentlik, sifat va innovatsiya tamoyillari asosida qayta shakllantirdi [6]. Ko’rinib turibdiki, qurilish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari nafaqat amaliy harakatlar va dasturlar, balki nazariy-uslubiy mazmunga ega. Ko’rsatib o’tilgan har bir yo’nalish tarkibida turli fanlarga taalluqli tadqiqotlarni olib borish zarurati katta o’rin egallaydi. Muammoning yechimidan biri investitsion-qurilish jarayonini tashkil qilishning ilmiy- uslubiy jihatlarini rivojlantirish, mavjud qonuniyatlar va tendensiyalarni aniqlash va takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish bilan bog’liq. Ayniqsa, investitsion-qurilish jarayonining alohida bosqichlarini tadqiq qilish uslubiyatini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyihalashtirish bosqichi investitsion qurilish jarayonining eng muhim va murakkab bosqichlaridan biri bo’lganligi sababli, uni tadqiq qilish bir qancha ilmiy yondashuvlarni kompleks qo’llanisihini taqozo qiladi. Avvalambor, qurilish loyihasi mohiyatidan kelib chiqsak, uni murakkab va yirik tizim sifatida qaralishi lozim. Bunda tizim elementlari nafaqat ijrochi va resurslar, balki qurilish loyihasining tarkibiy qismlari ham muhim o’rin egallaydi. Tizimli yondashuvni qo’llash uslubiyati loyiha bosqichini elementlarini aniqlash hamda ular o’rtasidagi tashkiliy, texnik, texnologik va iqtisodiy aloqalarni o’rganishga asoslanadi. Olib borilgan izlanishlar jarayonida bizlar jarayonli yond

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
loyihalash, investitsion-qurilish jarayoni, natijalar., ta’sir kuchlari, bosqichlar, jarayonli yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники