Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QURILISH SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI
F.Q. Komilov
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Construction is one of the leading sectors of our country's economy. Especially in recent years, in the context of the intensive investment policy pursued by the head of our state, there is a need to study the dynamics of construction work. This article is aimed at revealing the state and development patterns of the construction industry based on the analysis of statistical data for 2015-2024. Keywords: Investment, construction work, forms of ownership. Kirish. Qurilish sohasida mahsulotning yuqori sifat darajasiga ko’tarish muhim nazariy va amaliy muammo hisoblanadi. Ushbu muammoning dolzarbligi O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida yanada oshib bormoqda. Bugungi kunda xalqaro raqobatbardoshlikning asosiy bo’g’ini bo’lmish sifat menejmenti tizimining joriy qilinishi ham ushbu maqsadga yetaklovchi yo’llardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, qurilish tashkilotlarida sifat menejmentini joriy qilish ularning salohiyatini oshirish va imkoniyatlarini baholashni taqozo qiladi. Oxirgi yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qurilish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 apreldagi “Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-66-son Farmonida qurilish sohasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha vazifalar belgilab berilgan [1]. Adabiyotlar tahlili. Qurilish sohasining rivojlanish va takomillashtirish masalalari bilan xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. [4,5,6,7]. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida ma’lumotlarni guruhlash, tizimli tahlil, axborot mantiqiy tahlil, qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanildi. 5 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Asosiy qism. Qurilish tashkilotlarining tashqi muhitiga pudratchi bozorda faoliyat va xatti- harakatlarning tabiatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan omillar majmuasi tushuniladi. Sifat menejmenti tizimlarining faoliyatida katta rol o’ynaydigan tashkiliy-huquqiy muhit mamlakatda ijtimoiy munosabatlarning amaldagi xususiyatiga mos keladigan qurilish majmuasi faoliyatining me’yoriy va qonunchilik va huquqiy muhitidir. Tarmoqni jadal rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotni davlat boshqaruviga yondashuvlarning o’zgarishi atrof-muhit omillarining o’zgaruvchanligiga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda, tadqiqotlarimiz mamlakatimiz rahbarining eng muhim qarorlari, shuningdek, davlatning qonunchilik-me’yoriy bazasidagi o’zgarishlar asosida amalga oshirildi. So’nggi yillarda qurilish tarmog’ini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida, bizning fikrimizcha, mamlakatimiz qurilish sohasini rivojlantirishga qaratilgan ikkita muhim hujjat qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan oshirish va qurilishda nazorat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4586-son qarori bo’lib, mazkur qarordan ko’zlangan maqsad qurilish sifatini oshirish, shuningdek, qurilish mahsulotlari sifati sohasida davlat siyosatini takomillashtirishdan iborat [3]. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi “O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF- 5963-son Farmoni [2]. Ushbu hujjatning asosiy xususiyati texnik jihatdan tartibga solish sohasida xorijiy ilg’or normativ hujjatlarni keng joriy etish hisoblanadi. Ushbu farmonda ko’p jihatdan eskirgan milliy qurilish me’yorlari va qoidalarini moslashtirish, ularni qurilishdagi zamonaviy tendensiyalar va mamlakat taraqqiyotining hozirgi bosqichi talablariga moslashtirish muammosini hal qiladi. Shu bilan birga qurilish sifatini tartibga solish sohasida to’laqonli me’yoriy bazasini yaratish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Xuddi shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 apreldagi “Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PF-66-son Farmonining qabul qilinishi qurilish sohasiga bir qator vazifalar belgilab berdi. Ushbu farmonning maqsadi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini kuchaytirish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, issiqlik taʼminotidan foydalanish, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatish hamda ulardan foydalanish yuzasidan taʼsirchan davlat nazoratini taʼminlashdan iborat. Yuqoridagi hujjatlarning qabul qilinishi keyingi yillarda mamlakatimizda qurilish
Доказательный фрагмент
«Construction is one of the leading sectors of our country's economy.»
Образец извлечения
Демо-превьюConstruction is one of the leading sectors of our country's economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Investment, construction work, forms of ownership, Инвестиции, mulkchilik shakllari., Investisiya, forms of ownership., строительные работы, qurilish ishlari, формы собственности.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025