Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QURILISH KORXONALARIDA BOSHQARUVNING TASHKILIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI.
TAKOMILLASHTIRISH USULLARI. · Raximova Nilufar Abduazizovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Maqolada qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirishning usullari ya’ni nusxalash va ilg’or tajribali tuzilmalarni yaratishning sifat usullari va iqtisodiy-matematik va tashkiliy madellashtirish usullari yoritib berilgan. Usullarning amaliyotda qo’llanilishining afzalliklari ko’rsatilgan. Kalitli so’zlar: boshqaruv, tashkiliy tuzilma, qurilish korxonalari, takomillashtirish usullari. Kirish. Yangi O’zbekiston strategiyasini amalga oshirish davlat miqyosidagi choralar va yo’nalishlar bilan birga ko’plab ilmiy-uslubiy masalalar hal qilinishini talab qiladi. Ularda biri strategiyada belgilangan maqsadlarga erishishni takshkiliy jixatdan qo’llab quvvatlash, ya’ni subyektlar orasidagi tashkiliy munosabatlarni tartibga solishdir. Ushbu masala boshqaruv tizimlarning faoliyatini tashkil qilish, jumladan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish, muvofiqlashtirish va rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Menejment fanida tashkiliy tuzilmalarning mazmun-mohiyatini, tasniflanishi va rivojlantirish yo’llarini ochib berishga qaratilgan izlanishlar juda ko’p, ammo samarali tuzilmani yaratish muammosi bugungi kunda ham dolzarb bo’lib qolmoqda. Menejment tizimining takribiy qismi sifatida tashkiliy tuzilmalarning ta’rifi va mohiyati Ansoff I., Vixanskiy O.S., Meskon M.X.,Gerchikova I.N., Ivanova S.P., Paraxina V.N. kabi olimlarning asarlarida yortib berilgan. Hususan, qurilish korxonalarining tashkiliy tuzilmalarini tadqiq qilish va takomillashtirishga olimlardan Beloborodov R.S., Lыtkina Yu.A., Xalilov Sh.R., Muxametzyanov Z.R., Randolph Thomas,M, John M. Keating and Allen C. Bluedom J., Kaziyeva J.N., Maxmudov M.K., Zhelikhovskiy D. O., Beliakov S. I., Damilola Ekundayo, Carol Jewell, Oluwaseyi A. Awodele kabi olimlar shug’ulangan. Tahlil va natijalar. Qurilish sanoati korxonalalarida tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish, takomillashtirish va qayta qurishda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi: tuzilmalarni nusxalash, “maqsadlar daraxti”ga moslashtirish, sifat usullarini qo’llash, modellashtirish. Ushbu maqolada bizlar ushbu usullarning hususiyatlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. 1. Tayyor tuzilmalarni nusxalash usuli. Ushbu usul o’z navbatda ikkita ko’rinishda bo’lishi mumkin: namunaviy tuzilmalar usuli, ilg’or tajribalar usuli. Tashkiliy tuzilmalarni nusxalash, ya’ni tayyor tuzilma va sxemalardan foydalanish odatda boshqaruv tizimi oddiy, ko’p takrorlalandigan maqsadlar va vazifalarga mo’ljallangan hamda standartlashgan prosedura va qarorlarga moslashgan bo’ladi. Tashkiliy va iyerarxik munosabatlar aniq belgilangan bo’lib, korxonalarning hususiyatiga bog’lanmagan bo’ladi. Nusxalash usulida korxonalarda boshqaruv jarayoni bir xil bo’ladi degan taxmin asos qilib olinadi. Nusxalashda namunaviy tashkiliy tuzilmalarni qo’llashda korxonalarga ma’lum markaz orqali yoki boshqa nufuzli organi orqali eng maqbul deb hisoblangan boshqaruv organlari va 4 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tashkiliy munosabatlar tayyor xolatda taklif qilinadi. Buning eng muhim ijobiy tomoni – tuzilmaning qo’llash uchun tayyorligida. Mamlakatimizda o’rta ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, boshqa byudjet tashkilotlari, davlat boshqaruv organlarida namunaviy tuzilmalar boshqaruv xarajatlarini oldindan belgilash va moliyalashtirish uchun keng qo’llaniladi. Namunaviy tuzilmada boshqaruv tizimining maqsad va vazifalari, elementlar soni, har bir elementning xuquq va majburiyatlar balansini aks ettiruvchi yo’riqnomalar, iyerarxik munosabatlarni ifodalovchi Nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar oldindan tayyor bo’lib ijroga qabul qilinishi qoladi. Ushbu usulning eng yirik salbiy tomoni tashkiliy tuzilmani qo’llayotgan korxonaning o’ziga xosligi, strategiyasi va maqsadlarning hisobga olinmasligidir. Ushbu usulning qo’llanilishi odatda boshqaruvda uzviylikni va o’xshashlikni ta’mnlash sabab bo’lib ko’rsatiladi. Tashkiliy tuzilmalarning korxonadagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sirini hisobga olsak, mazkur usul korxonalarning transforasiyalashuvini tezlashtiradi, ilg’or boshqaruv g’oyalarni ommalashishishiga olib keladi. Ilg’or boshqaruv tajribasi bilan birga bunday tashkiliy tuzilmalarga bosh ofisning kamchiliklari ham kirib kelishini, sho’ba korxonada oldin bo’lgan o’ziga xos munosabatlar bilan uyg’unlashishi salbiy oqibatga olib kelishini ham hisobga olish lozim. 2. Korxona maqsadlariga moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalar usuli. Ushbu usul ham o’z navbatda bir necha ko’rinishda uchraydi: funksiyalar va vazifalarni tartibga solish, “maqsadlar daraxti”ga mos tuzilmani yaratish, elementlarning KPI (Key Performance Indikators) – samaradorlikning kalitli ko’rsatkichlarini tartiblashtirish. Birinchi ko’rinish negizida korxonaning barcha funsional vazifalarni qamrab olish maqsadi yotadi. Bunda korxonada mavjud va potensial boshqaruv vazifalari tuzilmada aks ettirilishi ko’zda tutiladi
Доказательный фрагмент
«Maqolada qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirishning usullari ya’ni nusxalash va ilg’or tajribali tuzilmalarni yaratishning sifat usullari va iqtisodiy-matematik va tashkiliy madellashti…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada qurilish sanoati korxonalarida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirishning usullari ya’ni nusxalash va ilg’or tajribali tuzilmalarni yaratishning sifat usullari va iqtisodiy-matematik va tashkiliy madellashti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tashkiliy tuzilma, qurilish korxonalari, boshqaruv, takomillashtirish usullari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025