К содержанию
РецензированоUZ2025

QURILISH KORXONALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH · Saydirasulov Alisher Zokirovich · Shamshitdinova Nozima Jahongir qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida qurilish korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan. Tadqiqotda qurilish sohasida menejment tizimining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish, raqamli transformatsiya, inson resurslarini rivojlantirish hamda xarajatlarni optimallashtirish orqali korxona faoliyatining iqtisodiy natijalarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalariga ko‘ra, qurilish korxonalarida samarali boshqaruv tizimini shakllantirish raqobatbardoshlikni oshirish, foydalilik darajasini yuqorilatish va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim omili sifatida e’tirof etiladi. Kalit so‘zlar: iqtisodiy samaradorlik, boshqaruv tizimi, qurilish korxonasi, innovatsion menejment, raqamlashtirish, resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlik. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qurilish tarmogʻi yetakchi sohalardan biri bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda qurilish hajmlarining ortib borishi bilan bir qatorda, bu sohada samaradorlikni oshirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.[1] Zamonaviy qurilish korxonasi raqobatbardosh bo‘lishi uchun faqat ishlab chiqarish quvvatini oshirish emas, balki boshqaruv jarayonlarini strategik, innovatsion va texnologik yondashuv asosida tashkil etish zarur.[2] O‘zbekiston iqtisodiyotida qurilish sohasi yirik tarmoqlardan biri bo‘lib, mamlakatning infratuzilma rivoji, investitsion muhitni yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishda bevosita ahamiyat kasb etadi. Hozirda qurilish sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, biroq ayrim korxonalarda boshqaruv tizimi hali ham an’anaviy usullarga asoslanmoqda.[3] Bu esa resurslardan to‘liq foydalanmaslik, mehnat unumdorligining pastligi va iqtisodiy samaradorlikning yetarli darajada bo‘lmasligiga olib keladi. Shu sababli, hozirgi bosqichda qurilish korxonalarida boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biridir. Qurilish korxonasi faoliyatida iqtisodiy samaradorlik quyidagi omillar orqali namoyon bo‘ladi:  Ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish: Qurilish jarayonida mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish korxona natijadorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Resurslar balansi saqlanmasa, tannarx oshadi va foyda kamayadi; 4 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ  Loyihalash va rejalashtirish jarayonlarining samaradorligi: Qurilish korxonasining iqtisodiy muvaffaqiyati ko‘p jihatdan loyiha-smeta hujjatlarining aniqligi, xarajatlarni oldindan to‘g‘ri baholash va ish jarayonlarini optimallashtirish darajasiga bog‘liq;  Mehnat unumdorligi va inson kapitalining rivojlanganligi: Malakali mutaxassislar, ilg‘or mehnat usullari va mehnatni rag‘batlantirish tizimi korxona iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.xarajatlar va foyda nisbatini muvozanatlashtirish;  Loyiha boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash: Bugungi kunda qurilish sohasi jadal rivojlanayotgan sharoitda raqobatbardosh bo‘lish uchun korxonalardan tezkor qaror qabul qilish, aniq rejalashtirish va resurslarni samarali taqsimlash talab etiladi.  Ushbu maqsadga erishishda zamonaviy axborot texnologiyalarini loyiha boshqaruviga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari yordamida qurilish jarayonining barcha bosqichlari - loyihalash, moliyalashtirish, qurilish, monitoring va nazorat - yagona integratsiyalashgan tizim orqali boshqariladi. Bu esa vaqt, xarajat va sifat ko‘rsatkichlarini muvozanatlash imkonini beradi.[4] Mazkur omillarni boshqaruv tizimi orqali muvofiqlashtirish korxona rentabelligini oshirishga xizmat qiladi. Boshqaruv tizimidagi mavjud muammolar. O‘zbekistondagi ko‘plab qurilish korxonalarida quyidagi muammolar kuzatiladi:  Boshqaruvning markazlashgan va samarasiz shakli - O‘zbekiston qurilish tarmog‘idagi ko‘plab korxonalarda hali ham boshqaruvning markazlashgan, vertikal tizimga asoslangan shakli saqlanib qolgan. Bu holat korxonaning ichki moslashuvchanligini, tezkor qaror qabul qilish imkoniyatini cheklaydi va natijada iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi;[7]  Loyiha boshqaruvi madaniyatining yetarli darajada shakllanmaganligi - qurilish korxonalarida loyiha boshqaruvi madaniyati — bu korxona ichidagi loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholash jarayonlariga nisbatan xodimlarning bilim, ko‘nikma va professional yondashuvlari to‘plami hisoblanadi;[5]  Raqamli boshqaruv vositalarining sust joriy etilishi - zamonaviy qurilish korxonalari uchun raqam

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida qurilish korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida qurilish korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqobatbardoshlik., raqamlashtirish, iqtisodiy samaradorlik, qurilish korxonasi, resurslardan samarali foydalanish, innovatsion menejment, boshqaruv tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники