Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QURILISH ISHLAB CHIQARISHDA LOYIHALARNI TASNIF QILISH BELGILARI
Sh.A. Pulatov · I.A. Usmanov · X.T. Buriyev
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The effectiveness of investment and construction projects largely depends on the organization of their contracting and construction stage. An important aspect of this stage is that from an organizational and legal point of view, the construction of buildings acts as a separate project for construction organizations. In this regard, we have taken the study of projects at construction sites as the object of our research. This article describes the concept of construction projects, their classification and analysis. Keywords. Construction, project management, types of projects. Kirish. “Loyihalarni boshqarish” atamiasi 20-asrning 50-shi yillarida boshqaruv amaliyotiga kiritilgan bo’lib, murakkab tashkiliy-iqtisodiy va texnik masalalarni vaqt cheklangan holatlarda hal qilish vositasi bo’lib xizmat qilgan. Ushbu amaliyotning yuqori samara berishi ko’plab nazariyotchi va amaliyotchi olimlarning diqqatini tortgan va pirovard natijada 20-asrning oxirlariga kelib menejmentning alohida yondashuviga aylangan. Bugungi kunda loyihaviy boshqaruv konsepsiyasi iqtisodiy va davlat boshqaruvida keng qo’llanilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joiy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5120-son farmoni ham ushbu yondashuvning ahamiyatini tasdiqlaydi. Shu bilan birga iqtisodiyotning real sohalari va tarmoqlarida loyiha boshqaruvining ommalashuvi qator muammolarga duch kelmoqda. Bunday muammolar qurilish sohasida, xususan qurilish korxonalari faoliyatida ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 2 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Adabiyotlar tahlili. Loyiha boshqaruvining nazariy-uslubiy asoslari ko’plab o’quv adabiyotlarida yoritilgan bo’lib bugungi kunda universitetlarda majburiy fan sifatida o’qitilib kelinmoqda [2,3,4,5]. Qurilish sohasida loyihaviy boshqaruv mazmuni va xususiyatlari alohida tadqiqotlar mavzusi sifatida olimlar tomonidan o’rganilgan [6,7]. Shu bilan birga menejment fanining oxirgi yillardagi transformasiyasi loyiha boshqaruv muammosini yanada dolzarb bo’lishiga asos bo’lmoqda. Qurilishda loyihalarni boshqarish bo’yicha dissertasiyalar va ilmiy maqolalarning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, qurilish loyihalarining samaradorligini boshqarishga bo’lgan qarashlar bir-biridan katta farq qilmoqda. Mualliflar tomonidan olib borgan izlanishlarida mavzuga tegishli adabiyotlarning tahlilini bajarganlar [8]. Metodologiya. Loyiha boshqaruvining ilmiy-amaliy mazmuni va xususiyatlarini o’rganish avvalo loyiha boshqaruvining menejment fanini rivojlanishidagi o’rni va alohida yondashuv sifatida qarashlarga asoslanadi. Menejmentning mustaqil yo’nalishi nuqtai nazaridan loyiha boshqaruvi tamoyillar, usullar, vositalar va boshqalar bilan o’ziga xos uslubiyatiga ega. Mazkur maqolani tayyorlashda ushbu usullarga tayangan holda tantiqiy tahlil, guruhlash, adabiyotlarni o’rganish, tahlil va sintez usullaridan foydalanilgan. Asosiy kism. Loyihaviy boshqaruv uslubiyatida har qanday loyihaga individual yondashish va uning samaradorligini baholash ko’rsatkichlarini belgilash mazkur yondashuvning muhim qismi hisoblanadi. Qurilish loyihalarini tahlil qilganimizda bizlar bir qancha chegara shartlari mavjudligi bilan to’qnashdik. Mazkur chegara shartlari quyidagilardan iborat: 1. Investision-qurilish loyihalari obyektlari hajm va dizayn bo’yicha turlicha bo’lib, ularning hisoblangan smeta narxlari bir-biriga mos kelmasligi aniqlandi. Hattoki me’moriy yechimlari bir xil bo’lgan obyektlarda ham investision-qurilish jarayonlari turlicha bo’lgan. 2. Hajm parametrlari o’xshash bo’lgan qurilish obyektlarida ham investisiyalarni o’zlashtirish va qurilish ishlarini tashkil qilishda ko’plab farqlar vujudga kelmoqda. Ushbu holatni bizlar qurilish ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan atamalardan bo’lmish “ishlar fronti” tushunchasi orqali izohlashimiz lozim bo’ladi. Ma’lumki investision loyihalarda ko’zda tutilgan qurilish ishlari hajmi qanchalik ko’p bo’lmasin, ularning bir vaqtning o’zida bajarish imkoni cheklangan bo’ladi. Demak, ishlar fronti deganda bizlar bajarish imkoni mavjud bo’lgan qurilish ishlari hamda o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan investisiyalar hajmini tushunishimiz lozim bo’ladi. Masalan, besh qavatli binoni tiklashga mo’ljallangan smeta qiymati X deb oladigan bo’lsak, ishlar fronti binoning qavatlariga mos ravishda taqsimlanadi, ya’ni X/5 ga teng bo’linadi. Chunki bir qavatni to’liq tugallamasdan keyingi qavatga o’tish imkoni bo’lmaydi. Ishlar fronti bo’yicha obyektning xususiyati loyihani muddatini belgilashda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Ishlar fronti obyektning smeta qiymatiga nisbatan qanchalik kichik (tor) bo’lsa loyihaning muddati shunchalik uzayadi. 3. Bugungi kunda respublikamizda investisiyalarning texnologik tarkibidagi mavjud tendensiyalar obyektni rekonstruksiya qilish, turar-joylarni renovasiya qilish ko’p hollarda kapital ta’mirla
Доказательный фрагмент
«The effectiveness of investment and construction projects largely depends on the organization of their contracting and construction stage.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe effectiveness of investment and construction projects largely depends on the organization of their contracting and construction stage. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Construction, project management, types of projects, Qurilish, loyiha turlari., виды проектов., loyihaviy boshqaruv, types of projects., Строительство, управление проектами
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025