Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQOBAT SHAROITIDA QURILISH SANOATI KORXONALARINI BOSHQARISH MUAMMOLARI VA ULARNING ECHIMI
Buriyev Xakim Toshimovich · Usmanov Ilxom Achilovich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article examines the issues of managing the competitiveness of construction industry enterprises, focusing on ways to achieve competitiveness management through quality. Evaluation functions in competitiveness management and an integrated quality management system for regional construction enterprises are proposed. The article also develops a methodology for local quality management systems in construction enterprises. Keywords: competitiveness, construction industry, quality management, management, evaluation. Kirish. Jahonda global raqobat kuchlarining tezkor oʻzgarishi, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarning keskinlashuvi xalqaro raqobatbardoshlik masalalariga boʻlgan e’tiborni yanada oshirmoqda. Ayniqsa, qurilish sanoati bozorida talabning koʻpayishi muammoning keskinlashuviga sabab boʻlmoqda. 2021 yilda jaxon qurilish bozorining xajmi 11521,4 mlrd. AQSh dollariga teng boʻlsa, 2028 yilga borib unig xajmi 17248 mlrd. AQSh dollariga yetishi prognoz qilinmoqda [1]. Raqobatbardoshlik muammosining yechimlaridan biri qurilish sanoati tarmogʻining raqobatda ustunlik omillarini ragʻbatlantirish, jumladan sifat menejmenti tizimlarini takomillashtirishdan iborat. “Raqobatbardoshlik” kategoriyasining mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda, “sifat” va “narx” kategoriyalarining ahamiyatining oshib borishi ularga boʻlgan e’tiborni koʻrsatib beradi. 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Jahonda hozirgi kunda raqobatbardoshlik samaradorlikni oshirishning vositasi boʻlib, qurilish sanoati tarmogʻi sifatini oshirish, tarmoq korxonalarida sifatni boshqarish prinsiplari va mexanizmlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga qurilish sanoati korxonalarida nuqsonlarni oldini olish, sifat xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Bu borada xorij mamlakatlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, raqobat muhitini tartibga solish, davlat va korxona raqobatbardoshligini oshirish, qurilish majmuasida sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirish ustuvor yoʻnalish boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimiz investision-qurilish sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 mlrd. dollar investisiya kiritildi [2]. 2030 yilgacha boʻlgan davrda “Asosiy kapitalga kiritiladigan investisiyalar hajmining yillik oʻrtacha 7 foiz atrofida oʻsishini ta’minlash” vazifasini bajarish sohada izchil islohotlar olib borilishini talab qiladi [3]. Bunda raqobatning huquqiy ta’minlanishini hisobga olgan holda 2025 yilda Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻiga doir me’yoriy va texnik hujjatlarning 50 foizi xalqaro normalarga muvofiqlashtiriladi [4]. Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Qurilish sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish hamda sifatni boshqarish muammolari A.Shreyber, M.Porter, A.Striklend, K.Makkonnell, V.Asaul, M.Babarin, V.Buzыrev, N.Verstina, A.Peregudov, A.Vavilov, V.Makarov [7,10,12] kabi xorijiy olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. Ularda investision-qurilish jarayonida qurilish mahsuloti sifatini shakllantirish, nuqsonsiz ishlab chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sifat menejmenti tamoyillarini joriy qilish orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish yoʻllari aniqlashtirilgan. Oʻzbekistonda qurilish sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish hamda sifatni boshqarish masalalari: Gulomov, M.Ikramov, G.Allayeva, A.Djabriyev, M.Ziyayev, R.Nurimbetov, I.Usmanov [5,6,8,10,11 ] va boshqa iqtisodchi olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. Muallifning ishlanmalari ham aynan qurilish sohasidagi sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirishga bagʻishlangan. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida ma’lumotlarni guruhlash, tizimli, axborot mantiqiy va iqtisodiy-matematik modellashtirish, tahlil va sintez, qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanildi. Asosiy qism. Raqobatning mazmun-mohiyati subyektlarda raqobatda ustunlikning ma’lum belgisi boʻlmish raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriyasiga asos soladi. Ayniqsa, M.Porter va Y.Shumpeterlarning izlanishlari raqobatbardoshlik mazmunini aniq ifodalash hamda nazariy jihatdan asoslanishiga muhim ahamiyat kasb etdi. Ularning raqobatda ustunlik va raqobatbardoshlikning obyektiv bozor hodisalari sifatida izohlashlari zamonaviy bozor mexanizmlarining nazariy asoslarini shakllantirishga yordam berdi. Ushbu atamalarning farqi shundaki, raqobatda ustunlik ma’lum obyektning boshqasidan aniq belgilar asosida yuqori turishini ifodalasa, raqobatbardoshlik ushbu obyektning boshqa potensial obyektlarga nisbatan ustunlikka ega boʻlish imkoniyatlarini anglatadi. Bizning ta’rifimiz boʻyicha raqobatbardoshlik bu - qurilish sanoati korxonasining ma’lum bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatish hamda koʻzlangan maqsadlarga erishish boʻyicha mavjud ichki va tash
Доказательный фрагмент
«This article examines the issues of managing the competitiveness of construction industry enterprises, focusing on ways to achieve competitiveness management through quality.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the issues of managing the competitiveness of construction industry enterprises, focusing on ways to achieve competitiveness management through quality. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- competitiveness, construction industry, quality management, management, строительная отрасль, evaluation., оценка, конкурентоспособность, менеджмент, boshqarish, raqobatbardoshlik, управление качеством, baholash, qurilish sanoati, sifat menejmenti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025