Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIY DUNYONING IKKI BUYUK MASLAKDOSHI: BEHBUDIY VA GASPRINSKIY
Sodiqova Nargiza Nasri qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article is devoted to the results of the mutual analysis of these ideas and the common ground that developed between Ismail Gasprinsky and Mahmudkhodja Behbudiy, two great representatives of the Jadid movement of the 20th century. The article also presents examples from Behbudiy's memoirs during his trip to Istanbul, which serve to further clarify the relationship between Gasprinsky and Behbudkhodja. Keywords: Jadidism, New Method School, "Oyina" magazine, "Tarjiman" newspaper, textbook, geography. Turkistonda milliy uygʻonish harakatining jadallashishi va uning asosiy bo’g’ini hisoblangan – yangi usul maktablarini ochish gʻoyasining ommalashuvida Ismoil Gasprinskiyning o’rni beqiyosdir. Mustamlakachilik muhitida Rossiya hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlarni mudroq holatdan uygʻotishni, ularni ma'rifat vositasida milliy taraqqiyot yo’liga boshlashni oʻziga maqsad qilib olgan Gasprinskiy hamda uning “Tarjimon” gazetasi bilan yaqindan oshno bo’lish Behbudiyning Turkiston jadidlariga peshqadam sifatida shakllanishiga salmoqli ta’sir ko’rsatdi. “Tarjimon” va Gasprinskiy faoliyati Behbudiy e’tiroficha, Turkistonda juda katta ta’sirga ega bo’lgan. Behbudiy Turkistondagi barcha muallimlar “Tarjimon” yordamida turkiy tilni o’rganganliklarini hamda “Tarjimon” vositasida zamonaviy adabiyot bilan tanishish imkoniga ega bo’lganliklarini ta’kidlaydi. Behbudiy Gasprinskiy bilan bir necha marotaba ko’rishgan. Ularning Istanbul shahrdagi uchrashuvi haqidagi tafsilotlar Behbudiyning “Oyina” jurnalida (1914 yil, 49-son) e’lon qilingan. ...1914 yil 20 iyun. Asr vaqti. Behbudiy margʻilonlik mudarris hamrohi bilan birga Istanbul shahridagi Gulxona bogʻining salqin xiyobonida suhbatlashib borardi. Oldinda ketayotgan ikki kishi haddan ziyod sokin odim tashlab borayotgani uchun Behbudiy bir qoʻlini koʻksiga qoʻyib, ularga salom berayotgan kishidek hamrohi bilan tez yurib, ulardan oʻzib ketadi. Begona kishilardan biri boshiga barra qoraqoʻl telpak kiygan tatar, ikkinchisi esa faslik turk edi. Behbudiy bu ikki kishidan biri Gasprinskiy, ikkinchisi esa Hamdulloh Subhibek emasmikan, degan xayolga boradi. Behbudiy hali oʻn qadam ham yurmagan edi, orqadan: “Ay, xoja!” degan tanish ovoz eshitiladi. 205 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bu ovozni eshitishi bilan Behbudiyning yuragi gurs-gurs urib, oʻsha zahoti orqaga oʻgiriladi. Uning qarshisida bogʻchasaroylik buyuk ma'rifatparvar turardi. Hamdulloh Subhibek Behbudiyni orqasidan tanib qolib, Gasprinskiyga u haqda soʻzlab ulgurgan edi. Baland bo’yli, xushqomat lekin turkistonliklarda kam uchraydigan ko’k ko’zlarida g’ayrat chaqnab turuvchi Behbudiy o’sh apaytda 39 yoshda edi. Doʻstlar bir-birlariga quchoq ochib koʻrishadilar. Soʻngra Gasprinskiy Behbudiyning boshidan-oyogʻiga qadar nazar tashlab, xitob qiladi: - Ne uchun bu qadar keksaymoq?! Behbudiy bu kutilmagan savolga munosib javob qaytaradi: - Ne uchun bu qadar origʻlamoq?! Doʻstlar beixtiyor kulib yuboradilar. Behbudiy shu kunning ertasiga Shom va Misrga safarga ketajagini aytgach, Gasprinskiy: “Unday boʻlsa, suhbat etaylik”, - deb hamrohiga javob beradi. Behbudiy ham mudarris bilan xayrlashadi. Doʻstlar bogʻdan chiqib, aravada Shohin Posho mehmonxonasiga yetib keladilar. Taom buyurgan boʻlishlariga qaramay, har ikkala munavvar taomni unutib, suhbat dengiziga gʻarq boʻladilar. Gasprinskiy har uch-toʻrt daqiqada engil yoʻtalib turganiga qaramay, “Rusiyadan, Turkistondan, umum olami islomdan, dunyodan soʻylaydi”, “musulmonlarni kundan-kun taraqqiy etishini soʻylab”, xursand boʻladi. Soʻngra: - Endi siz soʻylang, azizim Mahmudxoʻja, - deb soʻz navbatini Behbudiyga beradi. Behbudiy “Samarqand, Buxoro, Toshkand, Xiva, Fargʻona, xulosa, har biridan soʻylaydi”. - Ollohga shukur, - deydi Gasprinskiy doʻstining soʻzlarini tinglab boʻlgach, - turkistonlik qardoshlar bolalarini hukumat maktablariga oʻqishga bera boshlabdilar. Bugun ikki gazeta va bir jurnalingiz bor. Maktablaringiz ham bir oz taraqqiy etmoqda. Hukumat maktablariga koʻproq bola beringiz. Rus madaniyatidan qochmangiz. Oh, bilmayman, Buxoro na boʻlur?.. - Afandim, - javob beradi Behbudiy, - Buxoroni hukumatimiz, ya'ni Rusiya tarbiya qilmaguncha undan biror narsani umid qilib boʻlmas. - Ha, toʻgʻri, oxir-oqibat shunday boʻlmogʻi lozim, - deydi Gasprinskiy oʻksinib. Soʻz boshqa mavzuga koʻchadi. Behbudiy bir necha marotaba: “Siz hazratlari endi istirohat qilingiz”, deb ketishga ruxsat soʻraydi. Lekin Gasprinskiy samarqandlik doʻstining ketishini istamay: “Siz bu erda boʻlsangiz, men istirohat qilgandek boʻlaman. Agar ketadigan boʻlsangiz, xat yozishga oʻtiraman», - deydi. Gasprinskiy oʻsha yilning fevral oyida Rossiya Davlat Dumasi musulmon fraksiyasining a'zolari bilan uchrashish uchun Peterburgga borganida shamollab qolib, rasmiy majlislarda ishtirok etolmagan ekan. Shuning uchun u agar Istanbulning havosi yoqsa, bu erda bir muncha vaqt turmoqchi, soʻngra, Olloh xohlasa, Kohiraga borib, ba'zi bir ishlar bilan shugʻullanmoqchi ekan. - Safardan
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the results of the mutual analysis of these ideas and the common ground that developed between Ismail Gasprinsky and Mahmudkhodja Behbudiy, two great representatives of the Jadid movement of…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the results of the mutual analysis of these ideas and the common ground that developed between Ismail Gasprinsky and Mahmudkhodja Behbudiy, two great representatives of the Jadid movement of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadidism, New Method School, "Oyina" magazine, "Tarjiman" newspaper, “Oyina” jurnali, “Tarjimon” gazetasi, jadidchilik, joʻgʻrofiya., darslik, yangi usul maktabi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024