Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ГАРМОНИЯ ИСТОРИЧЕСКОЙ ДЕЙСТВИТЕЛЬНОСТИ И ЛИРИЧЕСКИХ ОБРАЗОВ В ПОЭЗИИ ОГАХИЙ.
Bobojonova Dilnoza Halimjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article explores the works of the prominent 19th-century Uzbek poet, historian, and translator Muhammad Rizo Erniyozbek ogli Ogahiy (1809–1874). The author provides an in-depth analysis of the harmony between historical reality and lyrical imagery in Ogahiy’s poetry. The paper examines the poet’s life and creative legacy, including his historical works (“Riyoz ud-davla,” “Jome’ ul-voqeioti sultoni,” “Gulshani davlat,” “Shohidi iqbol,” etc.) and his lyrical collection Ta’viz ul-oshikin, which reflects the historical and spiritual essence of his era. The study shows that through Ogahiy’s works, the political, social, and cultural life of 19th-century Khorezm is vividly depicted. Keywords: Muhammad Rizo Ogahiy, Khiva Khanate, historical reality, lyrical imagery, Ta’viz ul-oshikin, love theme, translation, historical works, 19th-century literature. Kirish.Mustaqillik tufayli fanda o‘tmish adabiy merosga, jumladan, buyuk shoir, tarjimon, tarixchi Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) asarlariga yangicha munosabat davri boshlandi. Buyuk mutafakkirlar meros qoldirgan bebaho ijod namunalarini chuqur o‘rganish, ularni millatimiz ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida targ‘ib qilish istiqboli yorqin kelajagimizning mustahkam zaminidir. Asosiy qism. Ogahiy (taxallusi; to‘liq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘i-1874.14.12) — shoir, tarixchi, tarjimon. 198 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mirob oilasida tug‘ilgan. Xiva madrasalarida tahsil ko‘rgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan o‘rgangan. Muhammad Rahimxon yoshlik yillarida, ayniqsa, she’riyatga qiziqdi, arab, fors tillarini chuqur o‘rgandi. 1863 yili Feruzning otasi Sayyid Muhammadxon vafot etadi, 19 yoshli Muhammad Rahim Xiva xonligi taxtiga ko‘tariladi. Feruzning saltanat sohibi bo‘lishi toj-taxt uchun kurashlar, xunrezliklar bilan amalga oshmadi. Balki saroy axdlarining, “shuaro va fuzalo xayli’’ning xohish-irodasi bilan amalga oshdi. Bu holni Muhammad Yusufbek Bayoniy “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida katta mamnuniyat bilan tasvirlaydi. Yosh saltanat sohibini qutlash, bu voqeaga bag‘ishlab ta’rix hamda qasida bitish Muhammad Rizo Ogahiy zimmasiga tushdi. Chunki o‘sha davrda saroydagi eng martabali inson Ogahiy edi. Uning 92 baytdan iborat ushbu “Mav’izatnoma”si Bayoniyning mazkur asarida keltirilgan. Unda shoir yosh xonga davlatni adolat bilan boshqarish haqida pand-nasihatlar qadadi, buning uchun u tarixda o‘tgan hukmdorlar faoliyatini taxt vorisi ko‘zi o‘ngida jonlantiradi, ularning olib borgan ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishga da’vat etadi. Ogahiy davlatni adolat bilan boshqarishda zarur bo‘lgan fazilatlar bilan birga saltanatni parokandalikka olib boruvchi illatlar haqida ham ogohlantiradi. Ogahiy o‘z mav’izasida yosh xonni pand-nasihatlariga izchil amal qilishga da’vat etadi: Bu so‘zlarnikim, men bayon ayladim, Necha bayt birla ayon ayladim. Bularga qayu shahki qilsa amal, Oning mulkiga yetmas aslo xalal. Hukumat binosi bo‘lur ustuvor, Oning xonadonida tutg‘ay qaror. Shaho, olam ichra bugun shohsen, Burundin bu so‘zlarga ogohsen. Umidim budurkim, amal qilg‘asen, Amal aylamakda jadal qilg‘asen. Darhaqiqat, Ogahiyning ushbu “Mav’izatnoma”si Feruz uchun bir umr dasturulamal vazifasini o‘tadi. [3;45] Ogahiy XIX asrning birinchi yarmidan vafotiga qadar (1874) beshta mukammal tarixiy asar yozdi. Xususan, Olloquli Muhammad Bahodirxon hukmronlik qilgan davrga (1825-1843) atab “Riyoz ud-davla”, Abulg‘ozi Rahimquli Bahodirxon hukmronligining dastlabki yillariga (1843-1846) oid “Zubdat ut-tavorix”, Muhammadaminxon tarixiga doir “Jome ul-voqeoti sultoniy”, Sayyid Muhammadxon hukmronlik zamonini aks ettiruvchi (1856-1865) “Gulshani davlat”, Muhammad Rahimxon soniy taxt egallagan davrga (1865-1910) atab “Shohidi iqbol”ni yaratdi.[6;91] Xorazm tarixiga oid birlamchi manbalar Ogahiyning “Shohidul-iqbol”, asar bo‘lib hisoblanadi.[3;45] 1829 yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825-1842) Ogahiyni Munisning o‘rniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan e’tiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shug‘ullangan. Qizg‘in ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashg‘ul bir paytda otdan yiqilib, oyog‘i “shakarlang” (shol) bo‘lib qolgan (1845). 1857 yildan miroblik vazifasidan iste’fo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, g‘amgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan. Ogahiy xalq orasida ko‘proq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti “Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”, 1872) bizgacha to‘la yetib kelgan. 199 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Devon an’anaviy tartibda tuzilgan, 470 g‘azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarje’band, 7 qit’a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavi
Доказательный фрагмент
«This article explores the works of the prominent 19th-century Uzbek poet, historian, and translator Muhammad Rizo Erniyozbek ogli Ogahiy (1809–1874).»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the works of the prominent 19th-century Uzbek poet, historian, and translator Muhammad Rizo Erniyozbek ogli Ogahiy (1809–1874). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muhammad Rizo Ogahiy, Khiva Khanate, historical reality, lyrical imagery, tarixiy voqelik, lirik obraz, Ta’viz ul-oshikin, tarixiy asar, translation, XIX asr adabiyoti., ishq mavzusi, “Ta’viz ul-oshiqin”, 19th-century literature., Xiva xonligi, love theme, historical works, tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024