Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH TAʼLIM JARAYONIDA "TARBIYA" FANINI OʻQITISHDA SOʻFI OLLOYOR IJODIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK AHAMIYATI
Shoyimova Nigora Normumin qizi · Xurramov R.S.
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается дидактическое значение использования произведений суфия Оллоёра в преподавании предмета «Образование» в начальной школе. Обосновывается роль произведений суфия Оллоёра, представителя классической литературы, в формировании духовно-нравственных представлений у учащихся начальной школы. В частности, анализируется эффективность воспитания таких качеств, как порядочность, честность, терпение, смирение, интеллект и духовная чистота через произведения-наставления, такие как «Саботул оджизин». 91 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Выражение советов суфия Оллоёра простым и выразительным языком доступно для восприятия младших школьников, подчёркивается, что на уроках образования возможно образное объяснение тем, использование интерактивных методов и активизация мыслительной деятельности учащихся. В статье также раскрываются дидактические аспекты процесса формирования у учащихся уважения к национальным ценностям, понимания духовного наследия, высоких нравственных качеств через воспитательное значение произведений поэта. Ключевые слова: Суфи Оллоёр, классическая литература, «Саботул оджизин», воспитание, начальное образование, дидактический подход, нравственное воспитание, духовно-нравственные ценности, советы, образовательный процесс, художественное наследие, личностное развитие, деятельность учащихся, педагогическое значение и т. д. Boshlangʻich taʼlim jarayoni o‘quvchilar shaxsining ma’naviy-axloqiy shakllanishi uchun poydevor vazifasini bajaradi. Bu bosqichda o‘qitiladigan “Tarbiya” fani nafaqat axloqiy bilimlarni, balki xulqiy mezonlarni shakllantirish, yaxshi odatlarga yo‘naltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish vazifasini ham bajaradi. Mazkur jarayonda mumtoz adabiyot namunalaridan, xususan, So‘fi Olloyor ijodidan foydalanish o‘quvchilarda tarbiyaviy tushunchalarni chuqurroq anglash, ularni hayotiy mazmun bilan bog‘lash va yoshlar qalbida ezgu fazilatlarni shakllantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida yashab oʻtgan, Soʻfi Olloyor arab, fors va oʻzbek tillarida nodir kitoblar yozib qoldirgan, dinimiz va adabiyotimiz tarixidan munosib oʻrin egallagan ulkan ijodkordir. Soʻfi Olloyor nafaqat shoir yoki tariqat shayxi, balki, u zot yirik faqih, shariat ilmlarining bilimdoni va targʻibotchisidir. Barcha asarlari odamlarga haqiqiy islomni tushuntirish, dinu diyonatga boshlash, odob-axloqni oʻrgatish va sof tasavvuf yoʻlini tutishga qaratilgandir. Soʻfi Olloyorning kitoblari ichida eng salmoqlisi "Maslakul-muttaqin" ekanligi ulamolarimiz tomonidan tan olingan. Chunki, unda yuzdan ortiq fatvo kitoblaridan foydalanilgan. Koʻp masalalarning fatvo va taqvo jihati koʻrsatib berilgan. Shuning uchun ham kitobda "Fatvo va taqvo bayon" etilganligi ta'kidlangan. Kitobning bir qancha musulmon davlatlarida chop boʻlganligi va bu asarga maxsus lugʻatlar, hatto arabcha sharhlar bitilganligi ham yuqoridagi fikrlarimizga dalildir. Soʻfi Olloyor fiqhiy masalalarni bayon qilish jarayonida oyat va hadislardan dalil keltiradi. Toʻrt mazhab imomlarining qarashlaridagi farqlarga ham toʻxtaladi. Har bir masalaning hanafiy mazhabidagi fatvosiga toʻxtalar ekan, taqvo hamda odob jihatlarini ham eslatib oʻtadi. Sir emas, bugungi kunda koʻpchilik ibodatning xos odobi va maxsus duolarini yaxshi bilishmaydi. Mazkur kitob ana shu jihatlari bilan ham ahamiyatlidir. Soʻfi Olloyorning oʻziga xos bayon uslublaridan biri, u zot qaysi bir masalaga murojaat qilmasin, albatta, insonni oxirat hisob-kitobidan ogohlantirib turadi. Halol yashashga, axloqni tuzatishga, ilmga amal qilishga, bid'at-xurofotdan yiroq boʻlishga, xavfu rajo orasida yashashga da'vat etadi. Bir soʻz bilan aytganda oyat va hadis ma'nolarini she'rga solib kitobxonga nasihat qiladi. Oʻzbek adabiyotining zabardast siymolaridan biri, zullisonayn shoir, faqih naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi Soʻfi Olloyorning tugʻilgan yili haqida turli fikrlar bildirilgan. Ilmiy tadqiqotlar va tazkiralarda qayd etilishicha, Soʻfi Olloyor taxminan 1630-1650 yillar orasida Samarqanddagi Kattaqoʻrgʻon bekligiga qarashli Minglar qishlogʻida Allohquli (Temiryor) xonadonida tugʻilgan. Umrining oxirida Surxondaryo viloyatining Denov qishlogʻida yashagan boʻlib, taxminan 1721 yilda vafot etgan va oʻsha erda dafn etilgan. 92 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Demak Soʻfi Olloyor XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida yashab, ijod etgan. Shuningdek u kishining aynan shu davrlarda yashab oʻtgan otashnafas, majzub shoir Boborahim Mashrab (1650-1711) bilan muloqot qilganligi ham manbalarda keltirilgan1. Manbalarda ta'kidlanishicha, Soʻfi Olloyor "Maslakul-muttaqin", "Murodul-orifin", "Sabotul-ojizin", "Maxzanul-muti'iyn" kabi asarlar yozgan. Ba'zi olimlar "Najotut-tolibin" va "Favzun-najot" kitoblarini ham Soʻfi Olloyorga nisbat beradilar. Oktyabr inqilobiga qadar bu asarlar forsiy va turkiy tilda soʻzlashuvchi har bir moʻ'min va musul
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается дидактическое значение использования произведений суфия Оллоёра в преподавании предмета «Образование» в начальной школе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается дидактическое значение использования произведений суфия Оллоёра в преподавании предмета «Образование» в начальной школе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sufi Olloyor, classical literature, "Sabotul ojizin", upbringing, primary, axloqiy tarbiya, дидактический подход, деятельность учащихся, педагогическое значение и т. д., pand-nasihat, didaktik yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, нравственное воспитание, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, воспитание, ta’lim jarayoni, советы, Суфи Оллоёр, художественное наследие, mumtoz adabiyot, badiiy meros, духовно-нравственные ценности, So‘fi Olloyor, “Sabotul ojizin”, tarbiya, o‘quvchi faoliyati, pedagogik ahamiyat va boshqalar., shaxs kamoloti, классическая литература, начальное образование, образовательный процесс, личностное развитие, «Саботул оджизин»
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026