Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO‘ZNING FUNKSIONAL KASALLIKLARINI VIZUAL MASHQLAR YORDAMIDA KAMAYTIRISH VA OLDINI OLISHNING ILMIY ASOSLARI
Kozimjonova Gulsevar Nozimjon qizi · Gʻaniyev Oxunjon Qambarali oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada ko‘zning funksional kasalliklarini – miopiya, gipermetropiya, akkomodatsion spazm va kompyuter ko‘rish sindromini maxsus vizual mashqlar yordamida kamaytirish va oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot AQSH optometriya markazlari, xususan American Optometric Association, National Eye Institute va Vision Therapy Institute tomonidan olib borilgan klinik tajribalar hamda statistik ma’lumotlarga asoslanadi. Ko‘z mushaklarining fiziologik xususiyatlari, ularning charchashi va akkomodatsion buzilishlar shakllanish mexanizmi yoritiladi. Maqolada Bates usuli, fokusni almashtirish, sakkizlik chizish, ko‘z aylanmalari singari mashqlar kompleksi yoritilib, ularning mushak elastikligi va qon aylanishiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muntazam bajarilgan mashqlar ko‘rish keskinligini tiklash, kompyuter ko‘rish sindromi belgilarini kamaytirish va miopiya rivojlanish sur’atini sekinlashtirishi mumkin. Kalit so‘zlar: ko‘z mashqlari, bates usuli, vision threapy, ko‘z gigyenasi, fokuslash usuli. Annotation. This scientific article examines the possibilities of reducing and preventing functional visual disorders—such as myopia, hyperopia, accommodative spasm, and Computer Vision Syndrome—through specialized eye exercises. The study is based on clinical findings and statistical data obtained from leading American optometry institutions, including the American Optometric Association, the National Eye Institute, and the Vision Therapy Institute. It also analyzes the physiological characteristics of extraocular muscles, the mechanisms of visual fatigue, and factors leading to accommodative dysfunction. The paper provides a detailed explanation of widely used visual training techniques, such as the Bates Method, distance–near focusing exercises, eye rotations, and "figure-eight" tracking. Their effects on muscular relaxation, focusing ability, blood circulation and visual performance are scientifically discussed. Research results demonstrate that regular training can improve visual acuity, reduce symptoms of digital eye strain, and slow the progression of myopia in children and adults. Keywords: eye exercises, Bates method, vision therapy, eye hygiene, focusing technique. Kirish: So‘nggi yillarda ko‘rish a’zosi kasalliklarining ortishi global sog‘liq muammolaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Raqamli texnologiyalar keng qo‘llanilishi, ekologik omillar va turmush tarzining o‘zgarishi ko‘zga tushayotgan yuklamani sezilarli darajada oshirmoqda. Amerika Optometriya Assotsiatsiyasi (AOA, 2022) ma’lumotlariga ko‘ra, aholining katta qismi kompyuter ko‘rish sindromi, miopiya yoki akkomodatsion charchoqdan shikoyat qiladi. Ko‘z kasalliklarining shakllanishiga bir qator omillar sabab bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiradi: telefon, planshet va kompyuterdan uzoq vaqt foydalanish, bunda ekranga tikilgan holda fokus o‘zgarmasligi natijasida mushak spazmi paydo bo‘ladi, ko‘p vaqt sun’iy yoritilgan 82 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 muhitda ishlash yoki yorug‘likning noto‘g‘ri tushishi, nurlanish va elektromagnit to‘lqinlarning uzoq muddatli ta’siri anemiya, gipovitaminoz, gormon buzilishlari kabi umumiy organizm kasalliklari, ularning oqibatida ko‘z retinasida qon aylanishi va to‘qimalarning oziqlanishi yomonlashadi stress, uyqusizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish, bu ko‘z mushaklarining tiklanish jarayonini sekinlashtiradi. Anemiya-(kamqonlik)organizmda gemoglobin miqdorining pasayishi natijasida toqimalarga yetarli kislorod yekazilmasligi bilan xarakterlanadi. Retina va ko‘z nervi juda yuqori kislorod talab qiladi,shuning uchun anemiya ko‘rish tizimiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Asosiy ta‘sirlar: retina va ko’z nervida kislorod yetishmovchligi tufayli ko‘rishning xiralashuvi, tez charchash va ba’zan vaqtinchalik ko‘rish yo‘qolishi, temir tanqisligi, bolalarda refraksiya o‘zgarishiga olib keladi. B12 vitamini yetishmovchligi optik asab distrofiyasiga olib kelib ranglarni ajratish qobilyatini sustlashdiradi. Bundan tashqari, bolalar va o‘smirlarda telefon va kompyuterdan tartibsiz foydalanish miopiyaning erta rivojlanishiga olib kelmoqda. AQSH Milliy Ko‘rish Instituti (NEI) ma’lumotlariga ko‘ra, raqamli qurilmalardan kuniga 4–6 soat foydalanadigan yoshlarning katta qismida ko‘rish pasayishi kuzatilmoqda. Shu sababli, ko‘z kasalliklarini faqat tibbiy muolajalar bilan emas, balki vizual mashqlar va mushaklarni dam oldirish orqali kamaytirish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. Asosiy qism: 1. Ko‘z mashqlari va vizual terapiyaning ilmiy asoslari Ko‘z mushaklari inson organizmidagi eng nozik harakatlanuvchi muskullar bo‘lib, ular fokuslash, obyektlarni kuzatish, masofa almashtirish va yorug‘lik ta’siriga moslashishda ishtirok etadi. Mushaklarning ortiqcha zo‘riqishi, uzoq muddat bir nuqtaga tikilish, kompyuter ekraniga qadalib ishlash va yoritilishning noto‘g‘ri bo‘lishi mushaklarning charchashi va spazmiga sabab bo‘ladi. Vizual terapiya
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada ko‘zning funksional kasalliklarini – miopiya, gipermetropiya, akkomodatsion spazm va kompyuter ko‘rish sindromini maxsus vizual mashqlar yordamida kamaytirish va oldini olish masalalari tahlil qil…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada ko‘zning funksional kasalliklarini – miopiya, gipermetropiya, akkomodatsion spazm va kompyuter ko‘rish sindromini maxsus vizual mashqlar yordamida kamaytirish va oldini olish masalalari tahlil qil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- eye exercises, Bates method, vision therapy, eye hygiene, focusing technique, ko‘z gigyenasi, vision threapy, ko‘z mashqlari, bates usuli, focusing technique., fokuslash usuli.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014