Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KURSANTLARNI JISMONIY VA HARBIY–AMALIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
S.U. Abduazimov
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining harbiy- amaliy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: mashg‘ulot, jismoniy tayyorgarlik, trenirovka, jismoniy sifatlar, gimnastika, qo‘l va pichoq jangi, yagona to‘siqlar yo‘lagi, harbiy-amaliy suzish, sport va harakatli o‘yinlar. Dunyoda soʻngi yillarda harbiy siyosiy vaziyatlarning keskin oʻzgarib borayotganligi har bir harbiy xizmatchining yuqori vatanparvarlik, maxsus bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishni talab qilmoqda. Bu esa kursantlarning harbiy-amaliy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish boʻyicha vosita va usullarni jangovar mashg‘ulot jarayonlariga kiritish orqali strategik rejalarni ishlab chiqish talabini qoʻymoqda. Xususan, jismoniy tayyorgarlik – jangovar tayyorgarlikning asosi sifatida jangovar vazifalarni bajarishda jismonan tayyor boʻlishga qaratilmoqda. Qurolli kuchlar tizimida professional jismoniy tarbiya jismoniy tayyorgarlik tizimining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, harbiy xizmatchilarning muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatiga obyektiv tayyorlanishiga hissa qoʻshmoqda. Bundan kelib chiqadiki, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini mutaxassis sifatida shakllantirish, shuningdek, ularning jismoniy va harbiy tayyorgarligini oshirish samaradorligi dolzarbdir. Tadqiqotning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: ilmiy – uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish orqali kursantlarining jismoniy tayyorgarligi holatini oʻrganish asosida jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi mashg‘ulotlar klasterini ishlab chiqish; kursantlarining jismoniy tayyorgarligini aniqlash asosida maxsus jismoniy, jangovar va harbiy – amaliy tayyorgarliklarini oshiruvchi kunlik va haftalik mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish; harbiy oliy ta’lim muassaslari kursantlarning psixologik holatini aniqlash asosida jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi maxsus mashqlar majmuasini takomillashtirish; Tadqiqotning obyekti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining jismoniy tayyorgarlik oʻquv mashg‘ulotlar jarayoni olingan. Tadqiqotning predmetini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tuzilishi va mazmuni tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda ilmiy uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, sohaga oid meyoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatishlar, pedagogik testlash, pedagogik tadqiqot, matematik-statistika usullaridan foydalanilgan. 2 8 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kursantlarini antropometrik ko‘rsatkichlari (tana uzunligi, tana og‘irligi, ko‘krak qafasining aylanasi tinch holatda, ko‘krak qafasining aylanasi nafas olganda, qo‘l uzunligi, oyoq uzunligi, bilak aylanasi, son aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi) tekshiruvdan o‘tkazildi. Kursantlar “Polor H10” qurilmasida Bioimpedansometriya metodi yordamida kursantlarning (organizmning yog‘ miqdori, organizmda suvning miqdori, mushak massasi, organizmda metobolizm, tana tuzilishi tipi, biologik yoshi, suyak massasi zichligi indeksi, organizmning ichki yog‘i) funksional tayyorgarliklari sinovdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, kursantlarining qo‘l, panja va bel kuchini qay darajada rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida dinomometr orqali kuch sifati nazoratdan o‘tkazildi. Tadqiqotga jalb qilingan kursantlarning ko‘rsatgan natijalari quyidagi jadvalda ifoda etildi (1-jadval). 1-jadval Kursantlarining qo‘l, panja va bel kuchi ko‘rsatkichlari № Nazorat turlari Ko‘rsatkichlari 1. O‘rtacha yoshi 19 2. O‘ng qo‘l panja kuchi 50,15 3. Chap qo‘l panja kuchi 49,31 4. Bel kuchi 109,87 Tadqiqot davomida olingan natijalar quyidagicha ifodalandi. Unga ko‘ra, kursantlarning o‘rtacha yoshi o‘rtacha 19 yoshni tashkil etdi. O‘ng qo‘l panja kuchi o‘rtacha 50.15 kgni tashkil etgan bo‘lsa, chap qo‘l panja kuchi esa 49, 31 kg.ni tashkil qildi. Bel kuchi ko‘rsatkichi o‘rtacha 109.87 kg.ni tashkil etdi. Ushbu kursantlarda 5 marta 5 daqiqali yugurish va velotrenajor mashqlari ustida tekshiruv o‘tkazildi. Ushbu mashqlarni bajarishga ketgan umumiy vaqt 40 daqiqa 10 soniya davom etdi. Mashg‘ulot davomida YuQS maksimal 175 zar/daq. va o‘rtacha 132 zar/daq.ni tashkil etdi. Ushbu mashg‘ulot uchun 349 kkal va 25 % yog‘ sarfladi. Mashqlarni YuQS 140 zar/daq.dan yuqori bajarish vaqti, ya’ni anayerob zonada 17:14 daq. mashq bajargan bo‘lsa, 22:55 daqiqa aerob zonada mashq bajardi. Ushbu kursantlarda 5 marta 5 daqiqalik yugurish va velotrenajor mashqlari ustida tekshiruv o‘tkazildi. Bunda birinchi 5 daqiqalik veloterenajorda mashqidan so‘ng, o‘rtacha YuQS 156 zar|daq. kuzatildi va tiklanish vaqti 2 daq.ni tashkil etdi. Keyingi 5 daq.li yugurishda 17
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining harbiy- amaliy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining harbiy- amaliy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yagona to‘siqlar yo‘lagi, sport va harakatli o‘yinlar., harbiy-amaliy suzish, trenirovka, qo‘l va pichoq jangi, jismoniy tayyorgarlik, mashg‘ulot, jismoniy sifatlar, gimnastika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024