Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK JARAYONIDAGI HARAKATLAR XARAKTERISTIKASINI SIPATLARI
Djanxodjaev Nurlan
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Pedagogik nuqtai nazardan har bir aniq jismoniy mashqni bajarishda bu xarakteristikalardan har birining ahamiyati har xil bo’ladi. O’qitishning turli bosqichlarida ulardan ba’zi birlari asosiy rol o’ynasa, boshqalari vaqtincha ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’ladi. Biroq, barcha xarakteristikalarning harakatlarda birgalikda, bab- baravar namoyon bo’lishi jismoniy mashqning texnik jihatdan juda to’g’ri bajarilishini ta’minlaydi. Gavdaning holati va gavda qismlarining harakat traektoriyasi (yo’li) jismoniy mashqlar texnikasining fazoviy xarakteristikasiga taalluqlidir. Ko’pgina jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida gavda va uning qismlari bir-biriga nisbatan holatini o’zgartiribgina qolmaydi, balki muskullarning statik taranglashishi hisobiga erkin suratda harakatsiz holatni saqlab qoladi. Kalit so’zlari: Pedagogik nuqtai nazar, harakatning tuzilishi, jismoniy tarbiya nazariyasi, fazoviy-vaqt xarakteristikalari. Insonning harakatlari murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Harakat aktining bir butunligi bu akt tashkil topadigan harakatlarning o’zaro bog’liqligida va o’zaro ta’sir etishida namoyon bo’ladi; harakat detallaridan birining o’zgarishi natijasida fazada, boshqa bir qator detallarning vaqt jihatidan o’zgarishi ro’y beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida harakatlarning tuzilishi haqida gapiriladi. Harakatning tuzilishi – uning yagona bir butunlik sifatidagi barcha tarkibiy qismlarining o’zaro qonuniy bog’lanishidir. Insonning barcha harakatlari fazoda va ma’lum bir vaqtda sodir bo’ladi, shuning uchun harakatlarning fazoviy, vaqt va fazoviy-vaqt xarakteristikalarini o’z ichiga olgan kinematik tuzilishi haqida gapirish mumkin. Harakatning kinematik tuzilishi dinamik tuzilish bilan, ya’ni mazkur harakatga sabab bo’lgan tashqi va ichki kuchlarning o’zaro aloqasi bilan belgilanadi. Bir butun murakkab harakatda harakat tuzilishining yana bir muhim tomoni – ritmik tomoni, harakatning vaqt va kuch munosabatlarini majmuali holda aks ettiruvchi tomonlari ajratib ko’rsatiladi. Harakatning kinematik va dinamik tuzilishi o’zaro bog’langan, ulardan birining o’zgarishi qonuniy ravishda ikkinchisining o’zgarishiga olib keladi. Pedagogik nuqtai nazardan har bir aniq jismoniy mashqni bajarishda bu xarakteristikalardan har birining ahamiyati har xil bo’ladi. O’qitishning turli bosqichlarida ulardan ba’zi birlari asosiy rol o’ynasa, boshqalari vaqtincha ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’ladi. Biroq, barcha xarakteristikalarning harakatlarda birgalikda, bab-baravar namoyon bo’lishi jismoniy mashqning texnik jihatdan juda to’g’ri bajarilishini ta’minlaydi. Gavdaning holati va gavda qismlarining harakat traektoriyasi (yo’li) jismoniy mashqlar texnikasining fazoviy xarakteristikasiga taalluqlidir. 23 Ko’pgina jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida gavda va uning qismlari bir-biriga nisbatan holatini o’zgartiribgina qolmaydi, balki muskullarning statik taranglashishi hisobiga erkin suratda harakatsiz holatni saqlab qoladi. Ko’pchilik jismoniy mashqlarning foydaliligi ko’p hollarda faqat dastlabki holatga bog’liq bo’lmaydi, balki harakat jarayonidagi butun gavda holati yoki uning ayrim qismlari holatining muayyan, ancha foydaliroq vaziyatda bo’lishiga ham bog’liq. 2 6 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Masalan, suzuvchining gorizontal holati, konkichi va velosipedchining bukchayib olishi tashqi muhit qarshiligini kamaytiradi va bu bilan gavdaning tezroq oldinga harakat qilishiga imkon beradi. Chang’ida tramplindan sakrashda gavdaning ko’proq yotiq bo’lishi gavdaning pastga tushishidagi havoning qarshiligini oshiradi, ayni vaqtda gavdaning oldinga siljishida havoning qarshiligini kamaytiradi va bu bilan sakrash masofasini uzaytiradi. Harakat jarayonida gavda holatini o’zgartirish bilan dinamik tayanch reakstiyalar yo’nalishini o’zgartirish va shu tufayli gavdaga mazkur yo’nalish shartlari uchun qulay bo’lgan tezlanish berish mumkin. Bularga qisqa va uzoq masofalarga yugurishda, turgan joydan va yugurib kelib uzunlikka sakrashdagi depsinish fazalarida gavda holatlarining turli xilda bo’lishi misol bo’la oladi. Jismoniy mashqlarning ba’zi turlarida umumiy holat va gavdaning ayrim qismlari holatiga maxsus talablar quyiladi. Bu talablar jismoniy mashqlarning faqat biomexanik jihatdan maqsadga muvofiqligi bilan emas, balki harakatlarning chiroyli bajarilishi nuqtai nazaridan ham kelib chiqadi. Masalan, konkida figurali uchishda, suvga sakrash va gimnastikada mashqlarning faqat koordinastion murakkabligi emas, balki gavda holatining aniqligi, harakatlarning dadil va erkinligi, nafisligi va boshqa shu kabi tashqi ko’rinishlar ham hisobga olinib baholanadi. Har qanday harakatda gavdaning harakatlanayotgan qismi traektoriyasini ajrata bilish kerak. Traektoriyaning o’zida uch narsani: traektoriyaning shakli, yo’nalishi va harakat amplitudasini ko’rsatib o’tish mumkin. Traektoriyasining shakliga ko’ra harakatlarn
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Pedagogik nuqtai nazardan har bir aniq jismoniy mashqni bajarishda bu xarakteristikalardan har birining ahamiyati har xil bo’ladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Pedagogik nuqtai nazardan har bir aniq jismoniy mashqni bajarishda bu xarakteristikalardan har birining ahamiyati har xil bo’ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fazoviy-vaqt xarakteristikalari., harakatning tuzilishi, jismoniy tarbiya nazariyasi, Pedagogik nuqtai nazar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025