К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEKISTONDA KURASH TURLARINING RIVOJLANISH DAVRLARI

Sharipov Timur

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Aytish joizki, musobaqalar oldidan uloqtirishlar, sakrashlar, kuchni namoyish qilishni o’z ichiga oluvchi mashqlar bajarilgan. Ular raqiblarning o’zaro bellashuvlari oldidan badan qizdirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Kurashchilar bir-birining teridan ishlangan belbog’idan yoki ustki kiyimining turli joyidan ushlab, kurashishni boshlaganlar. Raqibni erga tashlash usulini bajarishda oyoqlarning ishiga hamda chalish usuliga katta e’tibor berilgan. O’zbekiston hududida yashovchi xalqlarda bellashuv birinchi tashlashgacha davom etgan. Bu musobaqalar milliy musiqa ohanglari sadolari ostida o’tkazilgan va musobaqa g’olibi xalq o’rtasida katta hurmatga sazovor bo’lgan. Kurashchilar bellashuvlari g’alaba, oilaviy tantana yoki mavsumiy bayramlar munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlar bezagi bo’lgan. Kalit so`zlar: Kurashning oldingi nomi – buxoracha usuldagi kurash, belbog’li kurashning oldingi nomi – farg’onacha usuldagi kurash deb atalgan. O’zbek milliy kurash turlaridan kurash va belbog’li kurash qadimda dunyoga kelgan bo’lib, bu ko’p sonli tarixiy yodgorliklarda o’z aksini topgan. Kurashning oldingi nomi – buxoracha usuldagi kurash, belbog’li kurashning oldingi nomi – farg’onacha usuldagi kurash deb atalgan. Buxoracha usuldagi kurash 1998 yildan boshlab kurash deb atala boshladi. Farg’onacha usuldagi kurash 2001 yildan boshlab belbog’li kurash deb atala boshladi. Dunyoda unchalik ko’p bo’lmagan davlatlardagina milliy kurash turlari mavjuddir. Bizning yurtimizda birdaniga ikkita milliy kurash turi borligidan g’ururlanib, kelajak avlodlarimizga mazkur qadriyatimizni saqlab qolishimiz zarur. Baxslarni tinchlik yo’li bilan hal qilish, shuningdek dushmanni asirga olish usullarini o’z ichiga oladigan kurash usullarini tasvirlovchi qadimiy rasmlar hozirgi O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Aytish joizki, musobaqalar oldidan uloqtirishlar, sakrashlar, kuchni namoyish qilishni o’z ichiga oluvchi mashqlar bajarilgan. Ular raqiblarning o’zaro bellashuvlari oldidan badan qizdirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Kurashchilar bir-birining teridan ishlangan belbog’idan yoki ustki kiyimining turli joyidan ushlab, kurashishni boshlaganlar. Raqibni erga tashlash usulini bajarishda oyoqlarning ishiga hamda chalish usuliga katta e’tibor berilgan. O’zbekiston hududida yashovchi xalqlarda bellashuv birinchi tashlashgacha davom etgan. Bu musobaqalar milliy musiqa ohanglari sadolari ostida o’tkazilgan va musobaqa g’olibi xalq o’rtasida katta hurmatga sazovor bo’lgan. Kurashchilar bellashuvlari g’alaba, oilaviy tantana yoki mavsumiy bayramlar munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlar bezagi bo’lgan. Buyuk allomalarimiz, yozuvchi va olimlarimiz: Abu Ali Ibn Sino (980- 1037), Alisher Navoiy (1441- 1501) asarlarida kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko’rinib turibdiki, o’zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash mavjud bo’lgan. 2 3 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan ikkita kurash turi shakllangan: raqib belbog’ini oldindan ushlab olish va raqibni erkin ushlab olish. Kurashning birinchi turi “farg’onacha”, ikkinchisi - “buxorocha” usul deb nomlandi. Kurashning bu turlari hozirgi kunda ham Respublikamizda keng tarqalgan. Ushbu turlar buyicha Respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalar o’tkaziladi. 1998 yilda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashkil qilindi. 1999 yildan boshlab jahon chempionatlari o’tkazib kelinmoqda. A.Qurbonov, K.Murodov va T.Muxammadievlar birinchi jahon chempioni unvonini qo’lga kiritgan sportchilardir. Turkistonda qachondan boshlab pofessional polvonlar o’rtasida musobaqalar o’tkazila boshlangan? 1908 yildan boshlab Turkiston polvonlari o’rtasida professional musobaqalar o’tkazila boshlangan. Yurtimiz polvonlari birinchi bor 1933 yil IV sobiq ittifoq birinchiligida qatnashishdi. 1936 yil yoshlarni milliy kurashimizga qiziqishini hisobga olib Respublika sport qo’mitasi Toshkent shaxrida maxsus milliy kurash sektsiyasi tuzildi. 1937 yil Toshkent shaxrida birinchi bor respublikaning 30 ta shahridan 120 ta polvonlar yig’ilib kurash bo’yicha O’zbekiston birinchiligi o’tkazildi. 1938 yil “Sambo” kurashi joriy qilinligi sababli sambo kiyimida (kurtka) kurash tushishi unga moslashish juda tez kechadi. 1939 yil O’zbek kurashining Farg’onacha va Buxorocha turlari bo’yicha musobaqa qoidalari ishlab chiqildi. 1945 yildan boshlab kurash bo’yicha Respublika birinchiliklari o’tkaziladi. 1947 yildan boshlab kurash umum o’zbek Spartakiadasi dasturiga kiritilgan. 1949 yildan boshlab kurash qishloq Spartakiadasi dasturiga kiritilgan. 1991 yil xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Komil Yusurov qadimiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarni jamlab, dunyo andozalariga mos

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
belbog’li kurashning oldingi nomi – farg’onacha usuldagi kurash deb atalgan., Kurashning oldingi nomi – buxoracha usuldagi kurash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники