К содержанию
РецензированоUZ2025

KONSTITUTSIYA - ERKIN VA FARAVON HAYOT GAROVI

Nazarov Elbek Shermaxmatovich · Ibragimova Gulsanam Quvonch qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

O’zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasi nafaqat davlatning huquqiy asosi, balki demokratik,huquqiy va ijtimoiy davlat qurulishining yo’l belgisidir.Unda beldilangan tenglik, adolat, inson huquqlari prinsiiplari jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Maqolada Konstitutsiyaning ijtimoiy,siyosiy va iqtisodiy sohalarga ta’siri, uning xalqaro huquq normalari uyg’unligi va fuqorolarning huquqiy ongini oshirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, 2017-2023-yillarda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar yangicha huquqiy muhit yaratishga,fuqorolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilganligi haqida mulohazalar keltirilgan.Konstitutsiya-mamlakat taraqqiyoti,fuqorolarning erkin va faravon hayot kechirish uchun asosiy huquqiy kafolatdir. Kalti so’zlar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Demokratik tuzum,huquqiy davlat, fuqorolarning huquqlari, erkinlik va tenglik, konstitutsion islohotlar, siyosiy erkinliklar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-bu davlatning asosiy huquqiy hujjati bo’lib, unda mamlakat tuzilishi,davlat organlari vakolatlari, fuqorolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar muvofiqlik tamoyillari o’z aksini topgan.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan bo’lib, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning huquqiy,siyosiy va ijtimoiy poydevorini belgilab berdi. Bu hujjat nafaqat davlat tuzilishini va boshqaruv organlarining vakolatlarini, balki fuqorolarning asosiy huquq va erkinliklarini, shuningdek, demokratik qadriyatlar va umumbashariy tamoyillarni o’zida aks ettiradi. Konstitusiya davlat va jamiyat rivojining yo’nalishini belgilovchi yo’l xaritasi sifatida,uning har bir moddasi erkin va faravon hayotni ta’minlashga xizmat qiladi.Bugungi kunda, ayniqsa 2017-yildan boshlab amalga oshirilayotgan keng qamrovli konstitutsiyaviy islohotlar doirasida,Konstitutsiyaning ijtimoiy-siyosiy muhitni modernzatsiya qilishdagi roli yanada ortib bormoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy davlatning asosiy tamoyillarini o’zida mujassamlashtiradi. Huquqiy davlat,o’z navbatida,fuqorolarni himoya qilish va ularning erkinliklarini kafolatlashda muhim o’rin tutadi.Konstitutsiyaning 1-moddasi “O’zbekiston suveren, huquqiy, demokratik va ijtimoiy va dunyoviy davlatdir”,deb ta’kidlaydi.Bu ,nafaqat davlatning demokratik tuzilishini, balki davlat va jamiyat o’rtasidagi adolatli munosabatlarni ham belgilaydi. Konstitutsiya davlat organlarining faoliyatini tartibga solish,ular o’rtasida vakolatlarni taqsimlash va nazorat mexanizmlarini belgilash orqali huquqiy davlat qurilishini amalga oshiriladi. Masalan, 2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar doirasida Oliy Majlisning qonun chiqaruvchi vakolatlari kuchaytirildi,Vazirlar Mahkamasining hisobot berish majburiyati mustahkamlandi,bu esa davlat boshqaruvidagi muvozanat va qarama-qarshiliklarni yanada rivojlantirdi. 2 0 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Fuqorolarning huquq va erkinliklarining kafolati konstitutsiyaning II-bobida inson va fuqoroning asosiy huquq ,erkinlik va majburiyatlari keng ko’lamda belgilangan.O’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida “O’zbekiston Respublikasida har bir insonning hayoti ,erkinligi,sha’ni,qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlar oliy qadriyat hisoblanadi”,deb belgilangan.Bu inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha barcha davlat organlarining asosiy vazifasini belgilaydi.So’nggi islohotlar davomida ushbu huquqlarning amaliy mexanizmlari yanada takomillashtirildi. Demokratik jamiyatga intilish Konstitutsiya,shuningdek, demokratik jamiyatning rivojlanishiga mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Demokratik prinsiplar, yashirin saylovlar, fuqorolarni davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari Konstitutsiyada o’z aksini topgan. Mamlakatda demokratik islohotlar o’tkazish uchun zarur yuridik asoslarni yaratadi va fuqorolarni davlat boshqaruvida faol ishtirok etishga da’vat etadi.Erkin fikr va so’z erkinligi,siyosiy partiyalar va nashriyotlar faoliyatining kafolatlanishi,axborot erkinligi kabi elementlar, Konstitutsiyaning demokratik jamiyat barpo etishga harakat qilganligining yaqqol isbotidir. O’zbekiston Konstitutsiyasining 29-,30,67- moddalarida ushbu erkinliklar mustahkamlangan.Amaldagi islohotlar doirasida,”Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi yangi qonun (2022-yil)ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning huquqlarini yanada kengaytirdi, ularning faoliyati uchun qulay muhit yaratdi.2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar davomida 123-moddaga o’zgartirishlar kiritilib, fuqorolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) va siyosiy partiyalarning faoliyati yanada erkinlashdi va qo’llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, ”Axborot ochiqligi to’g’risida” gi qonun (2021-yil) davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga muvofiq tashkil etishni ta’minladi. Ijti

Доказательный фрагмент

«O’zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasi nafaqat davlatning huquqiy asosi, balki demokratik,huquqiy va ijtimoiy davlat qurulishining yo’l belgisidir.Unda beldilangan tenglik, adolat, inson huquqlari prinsiiplari jamiy…»

Образец извлечения

Демо-превью

O’zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasi nafaqat davlatning huquqiy asosi, balki demokratik,huquqiy va ijtimoiy davlat qurulishining yo’l belgisidir.Unda beldilangan tenglik, adolat, inson huquqlari prinsiiplari jamiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy davlat, erkinlik va tenglik, Demokratik tuzum, siyosiy erkinliklar., konstitutsion islohotlar, fuqorolarning huquqlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники