Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KONSTITUTSIYA VA YOSHLAR: KELAJAKKA ISHONCH HUJJATI
Mirxamidova Farangiz Muzaffar qizi · Bektemirova Beknozaxon Baxtiyorjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
B данной статье широко освещается роль Конституции Республики Узбекистан в жизни молодежи, а также созданные для них правовые гарантии, возможности в сфере образования, труда, социальной защиты и личностного развития. Рассматриваются приоритетные направления молодежной политики в развитии Нового Узбекистана, анализируются усиленные нормы обновленной редакции Конституции и их влияние на реальную жизнь с научно-теоретической и аналитической точек зрения. Кроме того, обобщены вопросы активности молодежи в развитии общества, гражданского долга, ответственности и формирования правового сознания. Ключевые слова: Конституция, молодежь, правовая гарантия, образование, свобода, ответственность, Новый Узбекистан, демократия, гражданский долг, развитие. Konstitutsiya har bir davlat hayotida eng yuqori kuchga ega bo’lgan hujjat sifatida e’tirof etiladi. U nafaqat jamiyatning boshqaruv tamoyillarini belgilaydi, balki har bir insonning huquq va erkinliklarini himoya qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi esa bugungi kunda yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochayotgan muhim huquqiy manbaa sifatida qadrlanadi. 957 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Mamlakatning asosiy qonuni bo’lgan ushbu hujjat yoshlar uchun nafaqat huquqiy himoya, balki kelajakka bo’lgan ishonch, o’zini namoyon qilish, jamiyat rivojida faol ishtirok etish uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Mashhur huquqshunos olim S.Otayev o’zining “O’zbekiston Konstitutsiyaviy huquqi” nomli asarida ta’kidlagandek, asosiy qonun har qanday demokratik jamiyatning asosiy tayanchi bo’lib, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini tartibga soluvchi mukammal mexanizm vazifasini bajaradi. Olimning fikricha, yoshlar huquqini mustahkamklash masalasi Konstitutsiyada alohida e’tibor bilan yoritilgani ushbu qatlamning kelajakdagi o’rni va salohiyatiga bo’lgan chuqur ishonchni ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan bo’lib, 2025-yilda uning 33 yilligi nishonlanmoqda. Bu sana nafaqat tarixiy voqea, balki yoshlar uchun ham muhim ramziy ahamiyatga ega. 33 yil davomida Konstitutsiya avlodlar taqdirini belgilab kelayotgan, ularni huquqiy jihatdan himoya qilayotgan va imkoniyatlar sari yetaklayotgan asosiy hujjat sifatida o’z ahamiyatini yanada mustahkamladi. Bugungi kunda O’zbekistonda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaatlari va yoshlar salohiyatiga bo’lgan hurmat yotadi. Yurtimizda “Inson qadrini ulug’lash” g’oyasi asosiy o’ringa qo’yilgan bo’lib, uning amaliy ifodasi Konstitutsiyaning yangi tahririda yaqqol o’z aksini topdi. Mazkur o’zgarishlar yoshlar huquqlarini yanada mustahkamlashga, ularni zamonaviy ta’lim, erkin fikrlash, mehnat bozoriga chiqish va ijodiy rivojlanish jarayonida qo’llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Konstitutsiya yoshlar uchun eng muhim kafolatlardan birini – sifatli ta’lim olish huquqini mustahkamlaydi. Huquqshunos Z.Islomov “Konstitutsiya – taraqqiyot kafolati” kitobida ta’kidlagandek, har bir modda amaliy hayotga moslashgan, inson qadrini ulug’lovchi aniq me’yorlardan tashkil topgan bo’lib, aynan shu jihat uni vaqt sinovidan o’tkazuvchi kuchga aylantiradi. Uning yozishicha, ta’lim va yoshlar siyosati bo’yicha belgilangan normalar jamiyatning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi va bu nafaqat bugungi kun uchun, balki kelajak uchun ham mustahkam asos yaratadi. Bilim olish huquqi yoshlar hayotidagi eng asosiy ustunlardan biri bo’lib, nafaqat ularning intellektual rivojlanishini, balki kelajak kasb tanlash imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning konstitutsiyaviy asosga ega bo’lishi esa bu yo’nalishda izchil, barqaror va davomli rivojlanishni ta’minlaydi. Bugungi kunda yoshlar uchun maktab-ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo’lgan tizimda sifat va qulayliklar sezilarli darajada kengayib bormoqda. Zamonaviy kasblar, IT yo’nalishlari, chet tillarini chuqur o’rganish imkoniyatlari kengaygani ham aynan Konstitutsiyada belgilangan normalarning hayotiy ifodasidir. Bundan tashqari, Konstitutsiya yoshlarning mehnat qilish huquqini, ularga munosib mehnat sharoitlari yaratishni ham kafolatlaydi. Yurtimizda yoshlar tomonidan tadbirkorlik, startap loyihalar, innovatsion g’oyalar bilan shug’ullanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Ularni qo’llab-quvvatlash uchun turli imtiyozlar, grantlar, kreditlar ajratilishi- Asosiy qonun ruhidan kelib chiqadigan ustuvor yo’nalishlardir. Biz yoshlar bugun o’z biznesimizni boshlashimiz, innovatsion yangiliklar yaratishimiz, davlat boshqaruvida faol ishtirok etishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, “Yangi O’zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni” nomli ilmiy to’plamda qayd etilishicha, Konstitutsiyada yoshlar manfaatlarini himoya qiluvchi o’nlab me’yorlar mavjud bo’lib, ularning barchasi huquqiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. 958 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Mazkur to’
Доказательный фрагмент
«B данной статье широко освещается роль Конституции Республики Узбекистан в жизни молодежи, а также созданные для них правовые гарантии, возможности в сфере образования, труда, социальной защиты и личностного развития.»
Образец извлечения
Демо-превьюB данной статье широко освещается роль Конституции Республики Узбекистан в жизни молодежи, а также созданные для них правовые гарантии, возможности в сфере образования, труда, социальной защиты и личностного развития. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Constitution, youth, legal guarantee, education, freedom, responsibility, New, development., huquqiy kafolat, развитие., правовая гарантия, Конституция, Konstitutsiya, ответственность, образование, demokratiya, civic duty, yoshlar, свобода, New Uzbekistan, erkinlik, Новый Узбекистан, гражданский долг, молодежь, ta’lim, Yangi O’zbekiston, fuqarolik burchi, демократия, democracy, taraqqiyot., mas’uliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025