К содержанию
РецензированоRU2026

СОСТОЯНИЕ ПРИМЕНЕНИЯ ЭДЮКОЛОГИЧЕСКИХ МОДЕЛЕЙ В ОРГАНИЗАЦИЯХ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ

QO‘LLASH HOLATI · Usmanova Gulxumor Saidakbarovna · ОРГАНИЗАЦИЯХ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the implementation of educological models in the higher education system of Uzbekistan, the factors influencing their effectiveness, their current state, and prospects for development. The theoretical foundations of educology, the role of models in designing the educational process, and their significance in the modernization of pedagogical practice are discussed. Analysis, comparative analysis, and diagnostic monitoring data were used as research methods. Keywords: educology, educological model, higher education, pedagogical technology, quality of education, competence-based approach. Kirish: Zamonaviy oliy ta’lim tizimi global raqobat sharoitida ta’lim jarayonini ilmiy asoslangan yondashuvlar orqali takomillashtirishni talab qiladi. Edukologiya fani aynan shu ehtiyojdan kelib chiqqan bo‘lib, ta’lim jarayonini tizimli o‘rganish, modellashtirish, samaradorligini baholash hamda pedagogik jarayonni ilmiy asoslashga xizmat qiladi. Oliy ta’limda edukologik modellarni qo‘llash jarayonlarining chuqur tahlili, avvalo, ta’lim sifati monitoringini yuritish va kompetensiyaviy yondashuvni amalda to‘liq joriy etish imkonini beradi. Edukologik modellar mohiyati va tamoyillari. Edukologik model — bu pedagogik jarayonning tarkibiy qismlarini tizimli shaklda aks ettiruvchi, uning mazmuni, shakl va 916 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 metodlarini oldindan loyihalovchi ilmiy-nazariy konstruksiya hisoblanadi. Edukologik modellar quyidagilarga asoslanadi: 1. Tizimli yondashuv – ta’lim jarayonini yagona yaxlit tizim sifatida o‘rganish; 2. Kompetensiyaviy yondashuv – talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliy faoliyatga moslashtirish; 3. Innovatsion yondashuv – raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim metodlarini integratsiya qilish; 4. Refleksiv yondashuv – ta’lim jarayonining doimiy monitoringi va takomillashtirilishi. Edukologik modellar ichida eng ko‘p qo‘llaniladiganlari:  Didaktik model (maqsad–mazmun–metod–vosita–natija)  Pedagogik texnologiya modeli  Blum taksonomiyasi asosidagi o‘quv maqsadlari modeli  ADDIE ta’lim moduli modeli  Konstruktivistik o‘qitish modeli Oliy ta’limda edukologik modellar qo‘llanishining amaldagi holati. So‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida edukologik modellarni joriy etish borasida quyidagi tendensiyalar kuzatilmoqda: 1. Kompetensiyalarga asoslangan o‘quv rejalari. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini loyihalashda kompetensiyaviy yondashuv yetakchi metodologik tamoyil sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlariga modul tizimining joriy etilishi ushbu yondashuvni amaliyotga izchil tatbiq etish imkonini berdi. Modul asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari o‘qitish natijalarini umumkasbiy, ixtisoslik va shaxsga oid kompetensiyalar majmuasi sifatida belgilashni talab etadi. Bu esa ta’lim mazmunining aniq, o‘lchab bo‘ladigan va monitoringga qulay bo‘lgan ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishini ta’minlaydi. Kompetensiya modeli asosida shakllantirilayotgan o‘quv natijalari talabalarning nafaqat nazariy bilimlarni egallashi, balki ularni amaliy vaziyatlarda qo‘llay olish, muammolarni hal etish, mustaqil qaror qabul qilish va kasbiy faoliyatga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayon ta’lim mazmunini aniq maqsadlarga yo‘naltirib, o‘quv rejalari va dasturlarda “bilim – ko‘nikma – malaka – kompetensiya” kabi ketma-ketlikni ta’minlaydi. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi o‘quv jarayonining samaradorligini oshiruvchi bir qator mexanizmlarni shakllantiradi: 1. Mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlik: o‘quv rejalari kasbiy standartlarga moslashtiriladi, malaka talablari esa real ish beruvchilar ehtiyojlari asosida belgilab boriladi. 2. Ta’lim natijalarini baholashning shaffofligi: kompetensiyalarni o‘lchash uchun mezon va indikatorlar ishlab chiqiladi, bu esa baholash jarayonini aniq va obyektiv qiladi. 3. O‘quv jarayonining integrativ xarakteri: nazariya-amaliyot uyg‘unligi kuchayadi, fanlararo bog‘liqlik ta’minlanadi, mustaqil ta’lim ulushi ortadi. 4. Talabaning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish: modul tizimi o‘quv yuklamasini moslashtirish va individuallashtirilgan o‘qitish imkonini kengaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlari talabalarda tanqidiy fikrlash, axborot bilan ishlash, jamoada hamkorlik qilish va innovatsion yechimlar yaratish kabi universal kompetensiyalarning shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, bitiruvchilarning kasbiy moslashuv darajasi oshib, ta’lim sifati yaxshilanadi. 917 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 2. Raqamli pedagogik modellar joriy etilishi. Ko‘plab OTMlarda LMS tizimlari (Moodle, Canvas, Kredo, Google Classroom) orqali ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi:  o‘qitish jarayonini modellashtirish,  baholash mexanizmlarini avtomatlashtirish,  talabalarning o‘zlashtirish jarayonini monitoring qi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the implementation of educological models in the higher education system of Uzbekistan, the factors influencing their effectiveness, their current state, and prospects for development.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the implementation of educological models in the higher education system of Uzbekistan, the factors influencing their effectiveness, their current state, and prospects for development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
educology, educological model, higher education, pedagogical technology, competence-based approach., pedagogik texnologiya, эдюкология, edukologik model, качество образования, ta’lim sifati, компетентностный подход., oliy ta’lim, высшее образование, kompetensiya yondashuvi., edukologiya, эдюкологическая модель, quality of education, педагогическая технология
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники