Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FITRATNING “SARF” ASARIDA GRAMMATIK SHAKLLAR
G‘ofurjonova Mohlaroy
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются взгляды джадидского учёного Абдурауфа Фитрата на грамматические формы, изложенные в его труде «Сарф». Ключевые слова: “Сарф”, Фитрат, джадид, прилагательное. Abdurauf Fitrat. Bu shaxs haqida oʻzbek vikipediasidan quyidagicha maʼlumot topishimiz mumkin: “Oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926). Jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori”.1 “Abdurauf Fitrat hozirgi oʻzbek tilshunosligi fani asoschilaridan biri desak, adashmagan boʻlamiz. A. Fitratning oʻzbek tilshunosligi tarixida eng katta xizmatlaridan yana biri uning oʻzbek tili milliy grammatikasiga asos solganidir. 20-yillarda oʻzbek tiliga doir asarlar juda ozchilikni tashkil qilar edi. Oʻsha vaqtda maktablarda ona tili sifatida usmonli turk tili oʻrgatila boshlagan va tilimiz grammatikasi ham oʻsha til grammatikasi taʼsirida qolgan edi. Ana shunday sharoitda A. Fitrat tilimizning oʻz tabiatidan kelib chiqqan holda milliy grammatika yaratdi. Hozirgi oʻzbek tilshunosligi fani asrimizning 20-yillarida vujudga kelgan boʻlib, unga Fitrat va uning zamondoshlari Elbek, Munavvar qori, Qayum Ramazon, Gʻozi Olim, Sh. Zunnuyilar tamal toshini qoʻygan edilar. Ular tomonidan yozib qoldirilgan noyob asarlar hozirgi tilshunosligimizning sarchashmalaridir. Tilning rivojlanish yoʻllari haqidagi olimning fikrlari bugungi fan uchun ham alohida ahamiyatga ega. U uchta narsaga alohida toʻxtaladi: yangi soʻz yasash, boshqa tillardan soʻz qabul qilish, eskirgan soʻz (arxaizm) lardan oʻrinli foydalanish. Fitratning oʻzbek tilining tovush qurilishi – unli va undoshlar tizimi, oʻzbek tili, umumiy turkiy tillardagi fonetik qonuniyatlar toʻgʻrisidagi ilmiy-nazariy qarashlari hanuzgacha oʻz qiymatini yoʻqotmagan. Fitratning tilshunoslik merosi til tarixi fani uchun ham qimmatli materiallar beradi. “Eng eski turk adabiyoti namunalari”, “Arab alifbosining tarixi”, “Muqaddimat ul-adab” kabi asarlarida tarixiy grammatikaga, yozuv tarixiga oid fikrlar va vaqt oʻtishi bilan tilda yuz beradigan tovush oʻzgarishlari haqida muhim maʼlumotlar uchraydi.” 2 Berilgan maʼlumotlardan ham koʻrinib turibdiki, Fitratni zamonasining qomusiy olimi deb atashimiz mumkin, birinchi oʻzbek professori unvoni berilgani ham bejiz emasdir. Fitratning oʻzbek tili va adabiyotiga doir qilib ketgan bir qator ilmiy izlanishlarisiz sohani tasavvur etish qiyin. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdurauf_Fitrat 2 Abdurauf Fitrat va oʻzbek tilshunosligi. – Toshkent: Universitet nashriyoti, 1997. 1 5 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha tadqiqotmi, ilmiy ishmi, boring ana, maqola yozmoqchi boʻlgan har qanday inson, albatta, mana shu shaxsiyat bilan, uning ismi bilan yuzma-yuz keladi. Faoliyati davomida Abdurauf Fitrat tilga doir “Tilimiz – I”, “Tilimiz – II”, “Tilimizning adabiyligi”, “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrusida bir tajriba. Birinchi kitob: Sarf”, “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrusida bir tajriba. Ikinchi kitob: Nahv” kabi maqola, darsliklari chop etilgan va hozirga qadar ilmiy manba boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Biz ham jadidning oʻz ishimizga oid “Sarf” nomli risolasini tanlab olib, uni hozirgi til meʼyorlari nuqtayi nazaridan oʻzaro qiyoslashga ahd qildik. Qiyosdan avval bir narsani esga olish muhim, ikki narsa solishtirilar ekan, asosiy maqsad birining toʻgʻri, ikkinchisining esa notoʻgʻriligini isbotlash emas, balki davr talabi bilan oʻrtada oʻtgan vaqtda tilda qanday oʻzgarishlar boʻlganini oʻrganish hisoblanadi. Fitrat soʻzlarning tub-yasamaligi haqida bir bob ochib, shunday deydi: “Soʻzlarning tubligi, yasamaligi Tillarning boyimoqlarini, kengaymaklarini qulaylashtirgan “soʻz yasash” yoʻli (arabcha aytkanda, ishtiqoq yoʻli) dir. Bir ma’noni onglatg‘uchi birgina “tub” soʻzni olib, unga turli qoʻshimchalar qoʻshmoq bilan u ma’no tegrasidagi oʻn-oʻn besh ma’noni onglata olmoq “soʻz yasash” yoʻli bilan boʻladir. Biz tilimizdagi soʻz yasash yoʻlining kengligini koʻzda tutib kelajakda bu shevaning ilmiy, adabiy, eng boy, eng keng bir til boʻlishiga ishonamiz. Yozmoq soʻzining oʻzagi “yoz”dir. Shu oʻzakka turli qoʻshimchalar qoʻshib yozish, yozma, yozdim, yozajaq, yozgʻuchi, yozmoqchi, yozgan, yozgʻich kabi soʻzlar yasamoq “soʻz yasash” (ya’ni ishtiqoq) dir. Bunda yoz soʻzig‘a “tub soʻz”, boshqalarigʻa “yasama soʻz” deymiz. Demak, soʻz bir oʻzakka qoʻshimcha qoʻshib yasalgan boʻlsa, “yasama soʻz” boʻladir, yasalmag‘an, oʻzining tub holida qolgan esa “tub soʻz” boʻladir. Yuqorida soʻzning turlarini bilgan edik. Mana shu soʻz turidan: Fe’llar butunlay yasama. Otlarning ozi yasama, koʻbi tub. Sifatlarning koʻbi yasama, ozi tub soʻzdir. Koʻmakchi soʻzning hamasi tub soʻz sanaladir. Yasama soʻzlar turli oʻzakdan yasaladir; birinchi oʻzak buyruq soʻzidir. Buyruq bir kishiga
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются взгляды джадидского учёного Абдурауфа Фитрата на грамматические формы, изложенные в его труде «Сарф».»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются взгляды джадидского учёного Абдурауфа Фитрата на грамматические формы, изложенные в его труде «Сарф». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Sarf”, Fitrat, Jadid movement, adjective, sifat., jadid
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025